O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda BMTTD raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish loyihasini ishga tushirdi. Uning umumiy qiymati — 2,1 mln dollar.
Qarshi shahrida changli bo‘ron hodisasi kuzatilmoqda. Avvalroq, O‘zgidromet respublikaning ayrim viloyatlari hamda cho‘l hududlarida chang ko‘tarilishi haqida ogohlantirgandi. SSV changli havo kuzatilganda fuqarolar nimalarga e’tibor berishi kerakligi borasida o‘z tavsiyalarini e’lon qildi.
Tursunali Kuziyev Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u agentlik direktori vazifasini bajaruvchisi edi.
O‘zbekistonda Twitter faoliyati cheklanganiga qaramasdan, davlat organlari va rasmiy shaxslar, jumladan Senat rahbari Tanzila Narbayeva hamda prezident matbuot xizmati mazkur ijtimoiy tarmoqda postlar e’lon qilishda davom etmoqda. Senator Farhod Boqiyev Senat rahbari kim uchun tvitlar yozayotganini tushuntirishga harakat qildi.
UzAuto Motors kompaniyasi 5−17-dekabr kunlari ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillari orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati tufayli qaytarib olinishini e’lon qildi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlar forumi doirasida totalizatorlar haqidagi savolga javob berar ekan, uning tarbiyaga juda qattiq ta’sir qilayotganini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, «aholi har xil yo‘llarga kirib qolishining oldini olish davlatning majburiyati». «Bu industriya bizga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak», — dedi u.
So‘nggi yillarda Chordara suv omboridan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga chuchuk suv quyilayotgani yo‘q. Suv sathining pasayishi va tarkibining sho‘rlanishi natijasida qirg‘oqlari ayrim joylarda 15−50 m ga chekinib, 15−20 sm gacha tuz qatlami hosil bo‘ldi, suvning sho‘rlanish darajasi keskin oshdi. Senatorlar va Ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosarlari Orol dengizining kuni boshiga tushishi mumkin bo‘lgan ekotizim muammolari haqida gapirdi.
Parijda qurollangan erkakning ikki ayolni garovga olgani, Qirg‘iziston sobiq prezident Akayevga nisbatan jinoiy ta’qibni to‘xtatgani, Filippinda to‘fon qurbonlari soni 200 kishiga yetgani, Niderlandiyada omikron tufayli lokdaun e’lon qilingani, Turk lirasining tarixiy antirekordini yangilagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Respublika ta’lim markazi mutaxassislari yangi milliy o‘quv dasturi uchun darsliklar tayyorlash jarayoni qanday ketayotgani haqida so‘zlab berishdi. Cambridge`ning AKT bo‘yicha darsliklari mahalliylashtirildi, Fransiya va Germaniyaning fransuz va nemis tillari darsliklarini mahalliylashtirish reja qilingan. Milliy mualliflarning yangi darsliklarida tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda, biroq, mualliflar maktabi hali shakllanmagan.
Yangi yil munosabati bilan 5 kun dam oladigan o‘zbekistonliklar, ijtimoiy tarmoqlar haqida fikr bildirgan Jahongir Ortiqxo‘jayev va Ruslanbek Davletov, 4 ta avtomobilga ariza qabul qilishni fevralgacha to‘xtatgan UzAuto Motors, ko‘chalarini suv bosgan Namangan, hokimga savol bermaslik haqida ogohlantirilgan jizzaxlik deputatlar, PayPal tizimi joriy etilishiga umid bildirgan Sherzod Shermatov va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 20 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekistonning eng baland sanalgan bosh Yangi yil archasi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘rnatildi. Ushbu bog‘ga tashrif buyuruvchilar uchun 20 dekabrdan 10 yanvargacha «Do‘stlik metrosi — Yangi O‘zbekiston bog‘i» yo‘nalishida maxsus bepul avtobuslar ishga tushirildi.
Uzbekistan Airways kompaniyasi talabalarga 28 dekabrdan 10 yanvargacha ichki aviaqatnovlar uchun 50% chegirma taqdim etadi.
Prezident farmoni bilan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi. Unga ko‘ra, ish haftasidan qat’iy nazar barcha xodimlar Yangi yil bayrami munosabati bilan 5 kun dam oladi.
«PENOPLEKS» kompaniyasi O‘zbekistonda issiqlik izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarish maydonining quvvatini oshirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda 20 dekabr kuni Namangan ko‘chalari, xususan «Lola» bozori va NamDU oldini suv bosgani aks etgan videolar tarqaldi.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning fikricha, O‘zbekistonda TikTok faoliyatini tarmoqda «keraksiz kontentni» ko‘rganlarning o‘zi cheklagan. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov esa axborot almashinuvi erkinligi tarafdori ekanligini ma’lum qildi. «Hozirgi asrda axborotni hech qachon cheklab, siz uni ustiga o‘tirib, jilovlay olmaysiz» — dedi u.
AKT vaziri Sherzod Shermatov «Toshkent yoshlar forumi — 2021» doirasida O‘zbekistonda PayPal elektron to‘lov tizimining faoliyat yuritmasligi masalasida berilgan savolga javob berar ekan, bu borada o‘zgarishlar bo‘lishiga umid bildirdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 7,05 so‘mga ko‘tarilib, 10 828,37 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
Moliya vazirligi «Malika» bozori 125 mlrd so‘mga sotilgani haqida xabarlarni rad etdi. Tarqatilgan ma’lumotlarda sotilgan va sotilishi rejalashtirilgan obyektlar bitta jadvalda ketib qolgani, ammo «Malika» savdo majmuasi hali sotilmagani ma’lum qilindi.
Xalq ta’limi vazirligi maktablarda yangi yil bayramini nishonlashni cheklash to‘g‘risidagi o‘zining avvalgi xabarini rad etib chiqdi. Vazirlikning yangi bayonotiga muvofiq, maktab o‘quvchilarining ota-onalaridan pul yig‘ishning oldini olish maqsadida restoran va kafelarda yangi yil bayramini o‘tkazish tavsiya etilmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting