Qozog‘iston O‘zbekistonda talab kuchayib ketgani sababli sigirlarni mamlakatdan olib chiqishni chekladi va chorva eksportini to‘liq taqiqlashni ko‘rib chiqmoqda.
Toshkent prokuraturasi Kun.uz muxbirini jinoyat sodir etishda ayblagan Olmazor hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi.
1 oktyabrdan boshlab xalqaro kartalardagi mablag‘larni bankomatlar orqali faqat so‘mda yechib olish mumkin. Markaziy bank buni xalqaro amaliyot bilan bog‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayanni qabul qildi.
O‘zbekistonning tashqi qarzi yil boshidan 20 foizga yoki 3,4 mlrd dollarga oshdi.
IIV tomonidan yangi tashkil qilingan Bo‘zatov tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlov amalga oshirildi.
Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida hukumat qarori.
Prezident 1 oktyabrdan QQS stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 2020 yilda yuridik shaxslar foyda solig‘iga 15 foizlik bazaviy stavka o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
«Humo arena» sport kompleksida o‘tkazilgan para-dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
«Issiq non» to‘liq metrajli badiiy filmi Oskar mukofotiga O‘zbekiston nomidan ilgari suriladigan bo‘ldi.
“O‘zenergoinjiniring” va Fransiyaning Assystem kompaniyasi elektr tarmoqlari va energetika obyektlarini loyihalashtirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi.
DXX Qozog‘istondan ko‘p miqdordagi bioqo‘shimchalar, «Sonnat» dori vositalari va muddati o‘tgan onkologik preparatlarning olib kirilishiga chek qo‘ydi.
Toshkentdan Qozog‘istonning Xorgos va Petropavlsk shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga a’zo davlatlar 2020 yilda O‘zbekistondagi qator anjumanlarda yoshlarning radikallashuvi muammolarini muhokama qiladi.
Martdan boshlab kecha-kunduz ishlaydigan hojatxonalari bo‘lmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi. Ular egalariga savdo va ovqatlanish shoxobchalarini ochish tavsiya qilindi.
Xitoyning Liaoning Leader kompaniyasi Buxoro viloyatida 1,8 mlrd dollarlik shamol elektr stansiyasini qurishga kirishdi.
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ikki soat ichida 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan brakonerlar qo‘lga olindi.
Daniya qirolligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlayotgan Abdulla Azizov Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Avtoishonchnoma, migrantlar uchun mikroqarzlar, trade-in, oshirilgan aksiz solig‘i — 1 oktyabrdan kuchga kiradigan muhim o‘zgarishlar.
«Forish» poligonida Mudofaa vazirligi razvedka bo‘linmalarining «Razvedka reydi» musobaqasi yakuniy bosqichi boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting