Dollarning rasmiy kursi 11,00 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 683,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Chusovitinaning sport mahorati maktabini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Prezident topshirig‘i bilan Olimpiya chempionlarining murabbiylari — 40 ming AQSh dollaridan, bronza medal sohiblarining murabbiylarini 20 ming AQSh dollaridan mukofotlanadi. Shuningdek, Olimpiadada ishtirok etgan har bir sportchi 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Prezident topshirig‘i bilan boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘lgan Bahodir Jalolovning sport mahorat maktabi tashkil qilinadi.
11 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan «Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi qonun rasmiy statistik raqamlarni tayyorlash uslublari hamda barcha uchun ochiq statistik ma’lumotlar to‘g‘risidagi qoidalarni belgilab beradi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 sentyabr kuni Shvetsiya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Dam olish kunlari respublika hududiga salqin kirib kelishi davom etadi. Havo harorati +28…+31 daraja, kechasi va erta tongda esa harorat +13…+18 darajada bo‘ladi.
«Tolibon» harakati vakillari Afg‘onistonning ikkinchi yirik shahri Qandahorni va eng yirik provinsiyalaridan biri Hirotni egalladi.
14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan O‘zbekistonga 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinadi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida hokim qarori bilan bog‘ yaratish uchun ijaraga berilgan 16 gektar yer maydonini 5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkentdagi “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Natijada avtokran haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilarining zaharlanishi holati yuzasidan munosabat bildirdi. Deputat Jinoyat kodeksiga bolalar bog‘chasi, maktab va oliygohlarda «vazifasiga xiyonat qilayotganlar, bolalarning xaqqi va vaqtini o‘g‘rilayotganlarga» nisbatan choralar belgilanishini taklif qildi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 948 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 8 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 521 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 25 nafar tarbiyalanuvchilar zaharlandi. Ulardan 6 nafari og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida, 1 nafar tarbiyalanuvchi o‘pkaning sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan va 19 nafar tarbiyalanuvchilarning holati o‘rtacha og‘ir deb baholangan. Bolalar klinik ko‘rinishlariga ko‘ra botulizm tashxisiga gumon qilinmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Navoiydagi gaz quyish shoxobchasida yuk avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Natijada to‘rt kishi jarohatlandi.
Jizzax viloyatida tuman hokimligining mansabdor shaxslari 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirish yoki rastrata orqali talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida «Buyuk ipak yo‘li» metro bekatiga tutash yerosti o‘tish yo‘lagi shiftining bir qismi qulab tushdi. FVV hodisa sababini ma’lum qildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets tayinlanishi mumkin. U bilan og‘zaki kelishuvga erishildi.
Italiyada 528 ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgani, Yevropa Ittifoqining oziq-ovqat mahsulotlaridagi kanserogenlar me’yorini o‘zgartirayotgani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
“To‘palang” suv omboridan 361 kilometrlik suv quvurlari yotqizilishi, to‘rtta viloyatda bittadan tumanda yangi hokim tayinlanishi, Toshkent markazidagi radar o‘rnatish joyi 3,5 mlrd so‘mga sotilishi — “Gazeta.uz"ning 12 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting