Energetika vazirligi “Markaziy Osiyo — Xitoy” gaz quvurining O‘zbekistondagi uchastkasida gaz sizib chiqqani haqidagi xabarni rad etdi. Avvalroq OAV Turkmaniston gazida oltingugurt borligi sababli quvurlar teshilgani va gaz sizib chiqqanini yozgan edi.
Maktablarda chalingan so‘nggi qo‘ng‘iroq, bitiruvchilarga murojaat, Samarqandga poyezdda borgan Singapur prezidenti, alkogol-tamakini sotish bo‘yicha qonun haqida, janjalda akasini pichoqlab o‘ldirgan yosh yigit, O‘zbekistonga “sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Yangi qonun bilan chekish taqiqlangan jamoat joylari ro‘yxati aniqlashtirildi. Jumladan, ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklari va liftlari, yer osti o‘tish joylari, o‘yin maydonchalari va boshqalar. Bolalar va homilador ayollar bo‘lgan avtomobillarda chekishni taqiqlovchi band qonunning oxirgi tahriridan olib tashlandi.
Toshkentlik fuqaro kvartirasi balkoniga Ukraina bayrog‘ini ilib qo‘ygan edi. U yo‘qligida huquq-tartibot idoralari xodimlari kran bilan 8-qavatga ko‘tarilib, bayroqni olib tashlashdi. “Gazeta.uz” xonadon egasi bilan suhbatlashdi. U uy-joy daxlsizligi buzilgani yuzasidan IIBga murojaat qilmoqchi.
“Yil brendi-2022” VI mukofoti taqdirlash marosimida ekspertlar ovoz berish natijalariga ko‘ra, Indenim kompaniyasi “Moda” yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston hukumati va Air Products o‘rtasida Qashqadaryo viloyatidagi Uzbekistan GTL zavodi tarkibida sanoat gazini qayta ishlash zavodini rivojlantirish bo‘yicha 1 milliard dollarlik sarmoyaviy bitim imzolandi.
Florida gubernatori Ron Desantis 2024-yilda AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi. U Respublikachilar partiyasi nomzodligi uchun sobiq prezident Donald Tramp bilan kurashadi.
Prezident alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini cheklash to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni imzoladi. Qonun bilan ushbu mahsulotlarni 21 yoshgacha bo‘lganlarga sotish taqiqlandi. Maktablardan do‘konlargacha bo‘lgan masofa 100 metrgacha qisqartirildi. Elektron sigaretlarni tartibga solish boshlanadi.
Mirobod tumanida 21 yoshli yigit janjal sababli akasining ko‘krak qafasiga pichoq urib, uni o‘ldirdi. Voqea joyidan yashiringan gumonlanuvchi ushlangan va tergov olib borilmoqda.
MB 3 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi. Ular orasida tadbirkor Xurshid To‘rayevning TAPP Payment kompaniyasi ham bor, u bilan “Aloqabank” va Raqamli rivojlanish vazirligining ofis binolarini sotib olish bo‘yicha kelishuv avvalroq bekor qilingandi.
Asialuxe Travel turoperatori Turkiya kurortlarida yaxshi dam olish formulasi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, har qanday did va budjet uchun Antaliya mehmonxonalarining qisqacha ro‘yxatini tuzdi.
Mazkur tadbir munosabati bilan abituriyentlar Koventri universiteti dasturlarining ustunliklari bilan tanishish maqsadida UDEA kampusiga tashrif buyurishlari mumkin.
Qarshi shahrida 21 yoshli yigit 2004 va 2006-yillarda tug‘ilgan qizlar bilan umumiy ro‘zg‘or asosida er-xotin bo‘lib yashab kelgani uchun 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
SSV rahbari Amrillo Inoyatov JSST rahbari Tedros Gebreyesusga “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishonini topshirdi. Ular Jenevada o‘tayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi sessiyasi doirasida uchrashdi.
Toshkentdagi chiqindi moy mahsulotini qayta ishlash zavodida tunda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan. Qurbonlar yo‘q.
Coca-Cola chellenji faol ishtirokchilari bo‘lgan Inha va O‘zMU talabalari brend faoliyatiga munosabatlari va kompaniyalar eko loyihani qo‘llab-quvvatlashi qanchalik muhimligi haqida fikr bildirishdi.
Singapur prezidenti Halima Yoqub Afrisoyob poyezdida Samarqandga yetib bordi. Unga O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova hamrohlik qilmoqda.
Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda 25-may kuni vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Davlatobod tumanida haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmagani oqibatida Nexia-2 mashinasi 2 piyodani urib ketdi. Og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan bemorlarning biri vafot etdi.
Tijorat banklari 25-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 425 — 11 475 so‘m.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting