Chorshanba kuni O‘zbekistonda 925 nafar kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlanib, 8 nafar bemor vafot etdi. 493 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Markaziy bank 2021 yilning birinchi yarmida ipoteka bozoridagi vaziyat yuzasidan izoh berdi. Unga ko‘ra, oxirgi yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha qoldiqlar 25,2 foizga — 30,8 trln so‘mga qadar oshdi, muammoli ipoteka kreditlari qoldiqlari ham 4 barobardan ko‘proqqa o‘sib, 480 mlrd so‘mga yetdi. Har oltinchi kvartira ipoteka asosida sotib olinmoqda. Ikkilamchi bozorda ipoteka kreditlari keskin ko‘paydi.
1,7 million surxondaryolikni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun «To‘palang» suv omboridan magistral quvur yotqizish loyihasi amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 138 mln dollarga baholanmoqda, quvurlar uzunligi — 361 km.
“Chelsi” klubi Yevrop Superkubogida “Vilyarreal” jamoasiga qarshi bahsda penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi va chempion bo‘ldi (foto).
Germaniyada temir yo‘llaridagi ish tashlash tufayli qatnovlarning 75 foizi bekor qilingani, Jazoirda o‘rmon yong‘inlari oqibatida 40 dan ortiq kishining halok bo‘lgani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Adliya vazirligi bir qator huquqbuzarliklar bo‘yicha jarimalar miqdorini kamaytirishni taklif etishi, xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 49 ta davlatda statsionar va ko‘chma saylov punktlari tashkil etilishi, 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun yagona bolalar nafaqasi joriy etilishi — “Gazeta.uz"ning 11 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Olti oy yakunlari bo‘yicha UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmi 24 foizga kamayganiga qaramasdan, sof daromadini qariyb 70 foizga — 902,6 mlrd so‘mga (84,6 mln dollar) oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash ishlari qayta yo‘lga qo‘yildi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 6-sinfdan a’lo bahoga o‘qigan bitiruvchilarga OTMga kirish imtihonida qo‘shimcha ball berish bo‘yicha taklifga izoh berdi. «Bolaning taqdiri nimaga faqat bir kun bilan hal bo‘lib ketishi kerak?», — dedi vazir. U ushbu tizimni joriy qilishda korrupsiyaning oldini olish uchun elektron kundalik yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.
Xorijda vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida prezident qarori bilan «Vatandoshlar» jamoat fondi tashkil etildi. Uning faoliyatini boshlash uchun 5 mlrd so‘m ajratiladi. Fondni Vasiylik kengashi boshqaradi, unga esa O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev raislik qiladi.
«UZB» yoki «AAA» seriyali davlat avtomobil raqamlari ochiq savdoda ekanligi ma’lum qilindi. YHXBB matbuot xizmatining ta’kidlashicha, hozirda «AAA» seriyali avtomobil raqamlari auksionda qolmagan. Ushbu seriyada qolgan 30 dan ortiq raqamlarni faqat buyurtma asosida olish mumkinligi aytildi.
Prezident farmoni bilan 1 sentyabrdan amaldagi 14 yoshgacha bolalar uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o‘rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi. Ushbu nafaqa yoshi 18 yoshgacha oshiriladi, to‘lov muddati 12 oygacha uzaytiriladi. Qolaversa, Minimal iste’mol xarajat miqdorlaridan kambag‘allik mezoni sifatida foydalaniladi.
Chet elda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarning prezident saylovida qatnashishi uchun 49 ta davlatda 54 ta statsionar va 316 ta ko‘chma saylov punkti tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi va BMTdagi vakolatxonasida yagona saylov uchastkasi bo‘ladi. Hozirgacha xorijdagi saylovchilarning birlamchi ro‘yxati ham shakllantirildi.
Dollarning rasmiy kursi 9,03 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 660,03 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
Prezident Toshkent viloyatidagi sharoit va imkoniyatlar hisobga olinsa, aslida hududda ishsizlik masalasi bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi va mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda ishsizlar soni 134 ming nafarni tashkil etmoqda. «So‘nggi yillarda Toshkent bo‘yicha to‘plagan tajribalarimizni Toshkent viloyatida ham joriy etishimiz kerak», — dedi davlat rahbari.
Milliy gvardiya prezident qarori bilan o‘ziga biriktirilgan Mehribonlik uylaridagi bolalarni ota-onalariga qaytarish, vasiy tayinlash va farzandlikka olishga ko‘maklashadi. O‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarning muammolarini o‘rganish va hal etish uchun «Mehr daftari» tizimi joriy qilinadi.
Agar siz IT sohasiga qiziquvchi, 18−28 yoshlar oralig‘idagi iqtidorli yoshlardan biri bo‘lsangiz, demak PDP Academy`dan “Unicorn” ta’lim granti aynan siz uchun. Ushbu grant IT-kompaniyalarga ishga joylashishingiz uchun 100% kafolat beradi.
Chorshanba kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 3 balli zilzila sezildi.
Mo‘ynoq tumanidagi “Orol” stadionida tumanning “Mo‘ynoq siti” va “Jayxun” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kelishmovchilik kelib chiqqan va bosh hakam qaroridan norozi bo‘lgan ayrim tomoshabinlar maydonga chiqib ketgan. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
O‘zbekistonda Jurabek Laboratories kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ma’qullandi. Rossiyadan keyingi haftada xom-ashyo kelganidan so‘ng, preparat ishlab chiqariladi va tekshiruv uchun yana markazga yuboriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting