Afg‘oniston shimolidagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Qunduz shahri «Tolibon» harakati vakillari tomonidan egallandi. Shahardagi janglar oqibatida halok bo‘lganlar orasida tinch aholi qurbonlari, ayollar va bolalar borligi aytilmoqda. Juma kuni harakat vakillari Zaranj va Shibarganni egallashgan.
Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinovaga tuhmat qilish uchun tarqatilgan videoda rasmiy nikohdagi er-xotin, chet el fuqarolari bo‘lganligi ma’lum qilindi. Ularning harakatida qonun buzilish holatlari aniqlanmagan. Videolavhani yasab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali jurnalistning obro‘sini to‘kishga qilingan harakat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Haftaning katta qismida respublika hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Payshanba kuni O‘zbekistonga salqin havo kitib keladi. Havo harorati kunduz kunlari +30…+35 darajagacha pasayadi.
«Biz juda tez amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga ko‘nikib qoldik. Ularning mohiyatini anglashga ulgurmayapmiz. Mislsiz islohotlar aynan shunday bo‘lishi kerakdek va shu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek qabul qilyapmiz» — dedi Abdulla Aripov O‘zLiDeP siyosiy kengashining navbatdagi majlisida. Barcha islohotlar zamirida Shavkat Mirziyoyevning qat’iyati mujassam, deya ta’kidladi u.
O‘zbekiston prezidentining haftalik ish jadvalidan neft va gaz sohalari bo‘yicha yig‘ilish hamda Toshkent viloyatida ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishga oid taqdimot o‘rin olgan.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 856 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 439 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Senat rahbari, ombudsman, Saida Mirziyoyeva, Komil Allamjonov, davlat organlari, deputatlar va jamoatchilik Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinovani qo‘llab-quvvatlab chiqdi. Noma’lum shaxslar uning sha’ni va qadr-qimmatini toptaydigan montaj qilingan videoni e’lon qildi. Toshkent IIBB tergovga qadar tekshiruvni boshladi.
10 avgustdan boshlab xodimlari koronavirusga qarshi vaksinaning kamida 2 ta dozasini olgan umumiy ovqatlanish obyektlari 20:00 dan keyin va yopiq binolarda ishlashlari mumkin bo‘ladi. Kafe va restoranlarga vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati bo‘lgan mijozlarni kiritish tavsiya etiladi.
Zomin milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga FVVning 55 nafar yong‘in-qutqaruvchilari jalb etildi. Hodisa natijasida 10 sotix maydonning zarar ko‘rgani ma’lum qilindi.
Toshkent issiqlik ta’minoti tizimini Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga topshirish rejalashtirilmoqda. Hukumat loyiha natijasida 30 yil davomida gaz, elektr energiyasi va suvdan trillionlab so‘m iqtisod qilinishi, issiqlik yo‘qolishining 44 foizdan 20 foizga qadar pasayishi va kreditor qarzdorlikning kamayishini kutmoqda. Shu bilan birga, tariflar ikki barobar ko‘proqqa oshadi.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finalida o‘z raqibini yengib, oltin medali sohibi bo‘ldi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun musobaqadagi uchinchi oltin medali bo‘ldi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 897 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 475 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kunida bokschi Bahodir Jalolov «oltin» uchun jangda AQSh vakili Richard Torresga qarshi ringga ko‘tariladi. U bilan 2019 yilgi jahon chempionati chorak finalida ham uchrashgan.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAV va blogerlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda amaldagi prezidentning vazifasi va saylovoldi targ‘iboti aralashib ketmasligi nazorat qilinishi aytildi. «Albatta, nomzodni saylovoldi targ‘iboti va o‘zining faoliyatini adashtirmasligimiz kerak. Lekin nazorat qilinadi», — dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Komissiya a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘ja esa Shavkat Mirziyoyevning tashrif va uchrashuvlari tagida piar emas, balki islohotlar yotganini ta’kidladi.
Prezident yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Bolalar-o‘smirlar sport maktablari va har bir olimpiya zaxiralari kollejida tegishli bo‘limlar, Milliy gvardiya huzurida Chavandozlar maktabi va Qorabayir otlari mahorat maktabi tashkil etiladi.
O‘zLiDeP partiyasi oktyabr oyidagi prezidentlik sayloviga amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatmoqchi ekanligini e’lon qildi.
Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Varisova oktyabr oyidagi prezidentlik saylovlarida «Xalq» demokratik partiyasining nomzodi sifatida qatnashishi kutilmoqda.
Teftellar, yunoncha musaka, vegitariancha pasta, turkcha ratatuy — Zira.uz kechki ovqat uchun mazali va noodatiy taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 15-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 9 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd ustav kapitalidagi 57,118% ulushini Turkiyaning Coca-Cola İçyecyek A.Ş. kompaniyalar guruhiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting