Dollarning rasmiy kursi 11,98 so‘mga pasaydi va jami 10 635,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov Turkmanistonda Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning kirishini soddalashtirish va savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, O‘zbekiston — Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Sentyabrdan boshlab Germaniya keksa yoshdagilar va xavf osti guruhida bo‘lganlarga koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasini taklif qila boshlaydi. Bundan oldin qaysi vaksina bilan emlanilganidan qati nazar, Pfizer/BioNTech yoki Moderna vaksinalari qo‘llaniladi.
Viloyat hokimliklarida aholi murojaatlarini hal qilish uchun «Tezkor shtablar» tashkil etiladi. Ularning faoliyatiga hokimlar rahbarlik qiladi. «Har bir hokimning kabineti „xalq qabulxonasi“ bo‘ladi», — degan edi Shavkat Mirziyoyev 23 iyul kuni ushbu masalalarga oid videoselektorda.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan prezidentlik saylovlarida Narzulla Oblomurodov nomzod sifatida qatnashadi. Partiya prezidentlik saylovlarida ilk bora ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida korrupsiya, narkotik moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo hujjatlar imzolandi.
Quva tumani IIB 11 yoshli bolaning amakisi tomonidan jinsiy tajovuzga uchragani to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda. Farg‘ona viloyat prokuraturasi ishni nazoratiga oldi.
Prezident videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot uchun murojaatlarni qabul qilish muddati 10 avgustgacha uzaytirilganini ma’lum qildi. Shu bois, uchrashuv kelgusi hafta o‘tkazilishi aytildi. «Kim tizimdagi muammoni biladi? Boshidan o‘tkazgan biladi», — dedi u. Mutasaddilarga hech bir murojaatni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq berildi.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining final bosqichiga yo‘l oldi. Unga finalda AQSh vakili Richard Torres raqiblik qiladi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 923 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 8 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, seshanba kuni 542 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
O‘zbekiston ko‘magi bilan Turkiston shahriga kiraverishda 5 ming kishiga mo‘ljallangan masjid qurilmoqda. Uning umumiy maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil qilib, qurilish ishlari keyingi yil yakunlanishi rejalashtirilgan.
Prezident videoselektorda xizmat ko‘rsatish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,3 foizga oshganini ma’lum qildi. «Eng kamida 35−40 foiz bo‘ladi deb o‘ylagandim», — dedi u. Navoiy, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Qoraqalpog‘istonda soha rivoji o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan past darajada ekanligi tanqid qilindi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 12-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Seshanba kungi videoselektorda prezident O‘zbekistondagi sharoiti eng og‘ir mahallalarni rivojlantirishga 100 mln dollar ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. «Qarorga bugunoq qo‘l qo‘yib berishga tayyorman», — dedi u. Qolaversa, yil yakunigacha jamoat transporti yetib bormagan 1113 ta mahallani ham qamrab olish zarurligi aytildi.
Kobulning «Tolibon» bilan sulh tuzishga tayyorligi, Iroqqa chet eldan 17 mingdan ortiq qadimiy buyumning qaytarilgani, KXDRning oziq-ovqat tanqisligi tufayli armiya zaxirasidan foydalanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Eldor Shomurodovning “Roma"ga o‘tishi, prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi, Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi qo‘lga kiritgan navbatdagi oltin medal — “Gazeta.uz"ning 3 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Farg‘ona viloyatida 11 yoshli bola ikki yil davomida o‘z amakisining jinsiy tajovuziga uchragani aytilmoqda. Hodisa to‘g‘risida bloger Aqida Xanum ma’lum qildi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, yunon-rum kurashi, boks hamda og‘ir atletika bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston bitta oltin medalga ega bo‘ldi.
Xalq banki muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani uchun tijoriy kreditlar berishni to‘xtatdi. 1 iyul holatida ularning ulushi iyundagi 6 foiz o‘rniga 15 foiz yoki 3,2 trln so‘mga yetdi.
Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Askar Akayev DMXQdagi so‘roqdan keyin «Kumtor» oltin koni to‘g‘risidagi ish bo‘yicha tergov bilan hamkorlik qilish uchun mamlakatga kelganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting