Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarida «Olov bolalari» tashkilotining gumon qilinayotgani, Litva-Belarus chegara hududining noqonuniy muhojirlar bilan to‘lib ketgani, Eron sobiq prezidentining xalqdan kechirim so‘ragani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyevning koronavirusga qarshi vaksina olganligi, YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lgani, lekin buyruq asosida uni qo‘yib yuborishi, davlat rahbarining haftalik ish grafiki — “Gazeta.uz"ning 2 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Andijonda viloyat hokimi qabuliga kira olmagan 17 kishidan iborat guruh hokimiyat yaqinidagi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi qarori bilan ularning 11 nafari 15 sutkagacha muddatga qamaldi, qolganlar jarimaga tortildi.
Samarqandda PSR-testi natijasini soxtalashtirib sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning ukasi «holatni rasmiylashtirmaslik va ishni ijobiy tomonga hal qilib berish» uchun IIB xodimiga 5 ming dollar bermoqchi bo‘lganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xalq ta’limi vazirligi va AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan English Speaking Nation yozgi treninglar dasturi doirasida respublikaning turli hududlarida 420 dan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari intensiv mashg‘ulotlarda qatnashib, pedagogik va psixologik bilimlarini takomillashtirishadi.
DXX va prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Farg‘onaning Beshariq tumanida 35 sotix, Oltiariqda 20 sotix, Bog‘dodda 4,75 gektar yerni, Namanganning Chortoq tumanida 8 gektar va Surxondaryoning Bandixon tumanida 2 gektar maydonni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sentyabrdan yana 12 ta davlat aktivi, jumladan «Toshkent» va Hyatt Regency Tashkent mehmonxonalari, Premier Hall kinozali, Matbuot uyi, «Chotqol» dam olish zonasi, ikkita kichik sanoat zonasi va boshqalarni savdoga chiqarish rejalashtirilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 11,57 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 654,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.
«Kumtor» loyihasini amalga oshirishdagi korrupsiya faktlarini tergov qilish doirasida qidiruvga berilgan Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Askar Akayev Bishkekka olib kelindi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘ninchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika hamda yunon-rum kurashi bellashuvlarda qatnashishdi. Ammo musobaqaning navbatdagi kuni ham O‘zbekiston uchun medallarsiz yakunlandi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining tadbirkorlar bilan kutilayotgan uchrashuvi nima sababdan qoldirilganiga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar 10 mingga yaqin murojaat kelib tushgan va ularning 40 foizi hal etilgan. Murojaatlar dinamikasidan kelib chiqib, uchrashuv kuni qoldirilgan va takliflarni qabul qilish 5 avgustgacha davom etadi. Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov esa uchrashuvda ishbilarmonlarning qaysi qatlami ishtirok etishini ma’lum qildi.
Surhondaryoda voyaga yetmagan bolani do‘pposlayotgan besh nafar yigitni ogohlantirgan IIB xodimlari kaltaklandi. Ichki ishlar organlari xodimlarga qarshilik ko‘rsatgani va yengil tan jarohati yetkazgani uchun ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkent viloyatida qoidabuzar Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lga YPX xodimiga ratsiya orqali chiqib, haydovchini qo‘yib yuborish buyurgan komandirga intizomiy jazo qo‘llanildi. “O'ZTEMIRYO'LMASHTAʼMIR” korxonasiga tegishli mashina haydovchisi esa xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimaga tortildi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘zbek-rus-tojik hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. 1 avgust kuni harbiylar uzoq masofali marsh asosida Tojikistondagi Harb-Maydon poligoniga yetib borishdi.
O‘zbekiston prezidenti shu hafta Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Turkmanistonga boradi. Uchrashuv kun tartibidan savdo-cotiq, transport logistikasi, energetika va madaniy sohalar muhokamasi joy olgan. Qolaversa, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari uchrashuvi o‘tkazilishi ham rejada bor.
Avgustning dastlabki haftasida quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Mamlakat bo‘yicha 2−4 avgustda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi saqlanib turmoqda.
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan fuqaro Narkologiya dispanserida vafot etdi. Marhumning yaqinlari IIB xodimlari uni urib, kuch ishlatganligini gumon qilmoqda. Holat yuzasidan Qarshi tuman prokuratorasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar boshqarmalariga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Azizxon Umarxonov Olmazor tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan, deya ta’kidladi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Ammo u davlat rahbari qaysi vaksina bilan emlanmaganini aytmadi.
Toshkent viloyatida YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lganida, unga ratsiya orqali haydovchini qo‘yib yuborish bo‘yicha buyruq beriladi. «Qo‘yvor bo‘ldi, ko‘p gapirmasdan. Yaxshi yetib oling deb tushuntirvor», — deydi ratsiya orqali murojaat qilayotgan shaxs qaysi mashina ekanligini aniqlashtirgandan so‘ng. Mazkur jarayon Toshkent telekanali efirida uzatilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting