Parlamentlar ilm-fan va innovatsiyalarga budjet xarajatlarining o‘sishiga ko‘maklashishi kerak — O‘zbekiston Senati raisi
16 oktabr 2024, 17:43

Parlamentlar ilm-fan va innovatsiyalarga budjet xarajatlarining o‘sishiga ko‘maklashishi kerak — O‘zbekiston Senati raisi

Oliy ta’limni jadal kengaytirish va STEM-ta’limni rivojlantirish — O‘zbekistonning ulkan inson kapitalidan samarali foydalanish zaruriyati, dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoq Assambleyasi doirasidagi debatlarda.

Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyatida migrantlarga iqtisodiyot tarmoqlarida ishlash taqiqlanadi
16 oktabr 2024, 17:08

Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyatida migrantlarga iqtisodiyot tarmoqlarida ishlash taqiqlanadi

Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyati gubernatorlari ayrim sohalarda mehnat migrantlarini patent bilan ishga jalb qilishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Bunga o‘rmon xo‘jaligi, dori vositalari ishlab chiqarish, taksi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo va boshqa sohalar kiradi. O‘zgarishlar 2025-yildan kuchga kiradi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” binosi 100,4 mlrd so‘mga sotildi
16 oktabr 2024, 16:47

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” binosi 100,4 mlrd so‘mga sotildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining besh qavatli binosi 100,4 mlrd so‘mga sotildi. Auksiondagi yagona taklif fasad-parda va eshik tizimlarini yetkazib beruvchi kompaniya tomonidan taqdim etildi.

“Xorijdagi o‘zbekistonliklar 1500−2000 dollardan kam maosh olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, adolatli tizim bo‘ladi” — prezident
16 oktabr 2024, 16:28

“Xorijdagi o‘zbekistonliklar 1500−2000 dollardan kam maosh olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, adolatli tizim bo‘ladi” — prezident

Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklar haqida gapirdi. “Agar ular 1500−2000 dollar olsa, bu nur ustiga a’lo nur, biz ularga ko‘makchi bo‘lamiz. Lekin undan kam oylik olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, o‘ylaymanki, adolatli tizim bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan avtohalokatda 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
16 oktabr 2024, 16:15

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan avtohalokatda 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida avtomobillar to‘qnashuvi oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, yana to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi.

AQSh Isroildan G‘azodagi gumanitar vaziyatni yaxshilashni talab qildi
16 oktabr 2024, 15:50

AQSh Isroildan G‘azodagi gumanitar vaziyatni yaxshilashni talab qildi

AQSh Isroil hukumati 30 kun ichida G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rmasa, Isroilni harbiy qo‘llab-quvvatlashni cheklashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
16 oktabr 2024, 15:02

Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Andijonning Ulug‘nor tumanida Spark haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida Damas bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Mashinalar yonib ketdi, hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Toshkent metropoliteni xodimlari uchun ko‘p qavatli uylar qurilmoqda
16 oktabr 2024, 14:43

Toshkent metropoliteni xodimlari uchun ko‘p qavatli uylar qurilmoqda

Poytaxtning Yashnobod tumanida metropoliten xodimlariga ijtimoiy uylar qurilmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, bunyod etilayotgan to‘rtta 7 qavatli uylarda 416 ta xonadon bo‘ladi. “Uysiz xodimlar, ya’ni asosan, tizimda ko‘p yildan beri ishlab kelayotgan va yosh oilalarga beriladi”, — dedi metropoliten rasmiysi.

Rossiya armiyasiga yollanadigan O‘zbekiston fuqarolari jinoiy javobgarlikka tortiladi
16 oktabr 2024, 13:21

Rossiya armiyasiga yollanadigan O‘zbekiston fuqarolari jinoiy javobgarlikka tortiladi

O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi.

Prezident Toshkent viloyatida “sanoat uchburchagi” ishga tushirilishini ma’lum qildi
16 oktabr 2024, 13:18

Prezident Toshkent viloyatida “sanoat uchburchagi” ishga tushirilishini ma’lum qildi

Angren, Olmaliq, Ohangaron, Piskent va Ohangaron tumanlarida “sanoat uchburchagi” dasturi amalga oshiriladi, dedi O‘zbekiston prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, tumanlar o‘rtasida kooperatsiya va klaster asosida ishlab chiqarish transport xarajatlari va mahsulot tannarxini qisqartirish imkonini beradi.

Raqamli startaplar dasturi ishtirokchilariga 300 mln so‘mgacha qarz ajratiladi
16 oktabr 2024, 12:37

Raqamli startaplar dasturi ishtirokchilariga 300 mln so‘mgacha qarz ajratiladi

Prezident qarori bilan raqamli startaplar dasturi ishtirokchilariga venchur jamg‘arma tomonidan garov ta’minotisiz, asosiy stavkadan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 300 million so‘mgacha miqdorda startap loyihalarga qarz mablag‘larini ajratish belgilandi.

“Biz natija uchun o‘ynaymiz, chiroyli futbol uchun emas” — Otabek Shukurov
16 oktabr 2024, 11:40

“Biz natija uchun o‘ynaymiz, chiroyli futbol uchun emas” — Otabek Shukurov

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov Eron va BAAga qarshi o‘yinlardan so‘ng bo‘lgan tanqidlarga munosabat bildirdi. “Biz faqat natija uchun o‘ynaymiz, chiroyli futbol uchun emas. Chiroyli futbol o‘ynaganmiz, [o‘shanda] men o‘zim ikki marta Jahon chempionati yo‘llanmasini yutqizganman”, — dedi Shukurov.

Toshkentda 1 mln dollarlik sintetik giyohvand vositalar tayyorlangan laboratoriya fosh etildi
16 oktabr 2024, 10:44

Toshkentda 1 mln dollarlik sintetik giyohvand vositalar tayyorlangan laboratoriya fosh etildi

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro bir nechta manzillarda sintetik giyohvand vositalar tayyorlash bilan shug‘ullangani aniqlandi. Tezkor tadbir davomida laboratoriyalardan qariyb 15 kg miqdordagi narkotik vositalar musodara qilindi.

O‘zbekistonda kichik AESlar qurilishi mumkin bo‘lgan 14 ta maydon baholandi — “O‘zatom” rahbari
16 oktabr 2024, 10:08

O‘zbekistonda kichik AESlar qurilishi mumkin bo‘lgan 14 ta maydon baholandi — “O‘zatom” rahbari

“O‘zatom” agentligi direktorining ma’lum qilishicha, atom stansiyalarini qurish uchun 14 ta potensial maydoncha dastlabki tarzda baholab chiqilgan. “Respublikaning turli hududlarida kichik reaktorlarni yanada rivojlantirish uchun ushbu maydonlarni batafsil o‘rganish rejalashtirilgan”, — dedi u.

Uzum Fintex assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlaydi
16 oktabr 2024, 09:00

Uzum Fintex assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlaydi

Uzum milliy raqamli ekotizimi va Fintex assotsiatsiyasi ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va e-tijorat sohasida tadbirkorlikning iqtisodiy rivojlanishini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma faoliyatni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi tayinlandi
16 oktabr 2024, 08:56

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi bo‘ldi.

Toshkentda Nikolay II davriga oid 100 ta oltin tangani sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
16 oktabr 2024, 00:40

Toshkentda Nikolay II davriga oid 100 ta oltin tangani sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX Toshkentda XIX va XX asrlarga oid 100 ta “Nikolay” oltin tangalarini 67 ming dollarga sotishga uringanlarni qo‘lga oldi. Ushbu tangalar madaniy boylik hisoblanadi va tarixiy ahamiyatga ega. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Oktabrda xorijda qarovsiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
15 oktabr 2024, 23:27

Oktabrda xorijda qarovsiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

IHMA oktabr oyi davomida xorijda ota-onasi qarovisiz qolgan 11 nafar bolani O‘zbekistonga qaytardi. Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olib kelinmoqda. Tez orada yana bir guruh bolalar keltiriladi.

Navoiyda 100 mln dollarlik alyuminiy bankalar zavodi quriladi
15 oktabr 2024, 22:05 1

Navoiyda 100 mln dollarlik alyuminiy bankalar zavodi quriladi

Navoiy viloyatida ichimliklar uchun alyuminiy bankalar ishlab chiqaradigan O‘zbekistondagi birinchi zavod quriladi, bu uchun 100 mln dollar investitsiya jalb qilinadi. Korxona 2025-yilning kuzida ishga tushishi kutilmoqda.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston minimal hisobda BAAdan ustun keldi
15 oktabr 2024, 21:32

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston minimal hisobda BAAdan ustun keldi

O‘zbekistonlik futbolchilar JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichida o‘z uyida BAAni minimal hisobda mag‘lub etdi. Raqib ikkinchi bo‘limni bir kishi kam holda o‘tkazdi, yagona gol esa penaltidan kiritildi. Foto, video.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting