O‘zbekiston bugungi kunda misdan 2,5 mlrd dollar daromad ko‘rmoqda. Kelgusi 5 yilda mis ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonnagacha yetkazish orqali, bu ko‘rsatkichni turdosh tarmoqlar bilan birga 7−8 milliard dollarga yetkazish mumkin, deyildi prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda. Buning uchun mis sanoati klasterlarini tashkil etish va boshqa choralarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Jahongir Otajonovning davlat organlari xizmatchilariga nisbatan haqoratomuz video chiqishlarida tuhmat va haqorat qilish alomatlari mavjud bo‘lgani sababli, holatga tegishli tartibda huquqiy baho beriladi. Ma’lum qilinishicha, Jahongir Otajonov o‘z chiqishlari orqali yaqinlarining huquqbuzarliklarini yashirish, o‘zining maishiy muammolariga omma e’tiborini tortishga uringan.
Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali suhbati bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi Turkmanistonda bo‘lib o‘tishini hamda Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhoqama qildilar.
Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rahbarligida aviatsiya, artilleriya va batalon taktik guruhlarining jangovar shayligi tekshirildi. Vazir SU-25 qiruvchi samolyotida chegarani buzib o‘tgan shartli dushmanga aviazarba berilishini bevosita kuzatdi.
Abdulaziz Kamilov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer bilan muzokaralar o‘tkazdi. Vazir USAID rahbarini iyul oyining o‘rtalarida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” konferensiyasiga taklif qildi.
Kecha O‘zbekistonda 498 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 636 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Navoiy viloyatida Cobalt Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi.
26−27 iyun kunlari 47 nafar Afg‘oniston harbiylari va mahalliy qurolli guruh vakillari O‘zbekiston davlat chegarasini buzib kirgan. Barcha Afg‘oniston fuqarolari o‘z vataniga qaytarilgan. «O‘zbekiston hududiga bu kabi noqonuniy o‘tishga urinishlar qat’iy ravishda bartaraf etiladi», — deya bayonot berdi TIV.
Bir guruh Afg‘oniston harbiylarining Tojikiston chegarasidan o‘tgani, Shvetsiya bosh vazirining iste’fosi, Hindistonning 50 ming nafar harbiyni Xitoy bilan chegara hududiga safarbar qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayni qabul qildi. Tomonlar Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishiga tayyorgarliklar masalalarini muhokama qilishdi.
1 iyuldan O‘zbekistonda bo‘ladigan o‘zgarishlar, PPX xodimining o‘ziga o‘q uzishi, prezidentning ish haftasi grafiki, avgust oyida O‘zbekistonga olib kelinadigan vaksina — «Gazeta.uz»ning 28 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Afg‘oniston fuqarolari va harbiylari O‘zbekiston chegarasini yana bir necha marta buzib o‘tgani, oxirgi shunday harakat shanba kuni bo‘lganini ma’lum qildi. Surishtiruv va tergov harakatlaridan so‘ng ular o‘z yurtiga qaytarilgan. «O‘zbekiston chegarasi daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak», — dedi Asadov.
UzAuto Motors yanvar-may oylarida Qozog‘istonda 11,7 ming dona avtomobil sotib, savdo hajmi bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Moskvada migrantlarni koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi. Hozirda ular «Sputnik Layt» bilan emlanmoqda va vaksina uchun to‘lov ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Jahon banki O‘zbekistonga elektroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 380 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.
Senatorlar «Bank siri to‘g‘risida» va «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga Markaziy bank ma’lumotlar bazalaridagi hisobvaraqalar haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsat berildi.
Dollarning rasmiy kursi 10,83 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 586,83 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Davlat moliyaviy nazorati departamenti Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda 2017−2020 yillarda jami 87,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.
Avgust oyida COVAX dasturi doirasidagi vaksinalardan biri O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda. U AstraZeneca (CovieShield emas), Pfizer, Moderna yoki JSST tasdiqlagan boshqa vaksina bo‘lishi mumkin.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +38…+41 darajagacha ko‘tariladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting