Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi orqali avtotransport vositalari harakati 10 iyuldan sinov rejimida boshlanadi. Litsenziyali taksilar, sayyohlar avtobusi va chet ellik delegatsiyalar transportlarining kirishiga ruxsat beriladi.
Toshkentning Mirobod tumanida o‘zini Oliy ta’lim vazirligi xodimi deb tanishtirib, abituriyentni 10 ming dollar evaziga Toshkent pediatriya institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan ayol ushlandi.
Yosh oilalarga ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun 2 mingta kvota ajratilib, byudjetdan 60 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar forumida. Ularning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi. Shuningdek, «Daftarlar»ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Qashqadaryoning Kitob tumanida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi velosiped haydayotgan bobo va uning nabirasini urib yubordi. Oqibatda jabrlanuvchilarning ikkisi ham olgan jarohatlari sabab kasalxonada vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga attestat berishda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan biror kasb yoki hunarni egallash majburiy etib belgilanishini ma’lum qildi. Shuningdek, kengash va idora rahbarlarigiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasini tasdiqlanishi belgilanmoqda. Xalqaro nufuzli reytinglarda minggtalikka kirgan oliygohni tugatgan yosh mutaxassislarga qo‘shimcha haq to‘lanadi. 2021 yilning yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston va bir qator viloyatlarda yoshlar texnoparklari foydalanishga topshiriladi.
Kecha O‘zbekistonda 476 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 633 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 2960 ta YTH qayd etildi. Buning oqibatida 2365 kishi jarohatlangan, 770 kishi esa vafot etgan.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi agrobiznes sohasidagi korxonalar uchun biznes g‘oyalar tanlovini o‘tkazmoqda. Unda ayollar va yoshlar boshqaruvidagi yoki ularni ish bilan ta’minlovchi korxonalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda qatnashish uchun ariza topshirish sanasi 16 iyulga qadar.
Toshkent uchun BMT Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi ko‘magida elektrobuslar sotib olish rejalashtirilmoqda. Pilot loyiha shaharda «yashil transport yo‘lagini» joriy etishni nazarda tutadi. Olti yillik loyihaning donorlari 3,9 mln dollar ajratdilar.
Toshkentdagi bozorlar, supermarketlar, mahallalar va boshqa gavjum obyektlar hududida 46 ta koronavirusga qarshi emlash punktlari ochildi. «Gazeta.uz» muxbiri ulardan birida vaksina oldi. Koronavirusga qarshi qanday qilib emlanish kerakligi, buning uchun nimalar zarurligi va ekspertlar fikriga tayangan holda o‘zbek-xitoy vaksinasining samaradorligi haqida.
Prezident xorijdagi o‘zbek yoshlarini qaytarish uchun yangi tizim yaratilishini qayd etdi. «Yuksak bilim va malakaga ega yoshlarimizni Vatanimizga kelib ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz», — dedi u. Ular rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida ko‘riladi, uy-joy va munosib maosh bilan ta’minlanadi.
YeOIIda ish qidirishning yagona tizimi joriy etilishi, JSST Xitoyni bezgakdan holi mamlakat deb e’lon qilgani, Kanadada rekord darajadagi issiqlik qayd etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti yoshlar bilan uchrashuvda yangi o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti 14 foizda 7 yilga berilishini ma’lum qildi. Shuningdek, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning farzandlariga OTMda o‘qishning birinchi yili uchun kontrakt byudjetdan to‘lab berilishi aytildi.
Prezident O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida faol yoshlar yuqori va quyi palata a’zolariga biriktirilishi, mahalliy kengashlarda ham yoshlar parlamenti tashkil etilishini ma’lum qildi. «Ushbu tizim asosida siyosiy yetuk va faol yosh yigit-qizlar parlament va mahalliy kengashlar faoliyatiga yanada kengroq jalb etamiz», — dedi u.
Deputatlar yangi qonun loyihasi haqida fikri, Navoiyda qoidabuzarliklarni suratga olgan fuqarolar taksichilar tomonidan kaltaklanishi, Jizzax shahrida Hindiston universiteti tashkil etilishi, Volgogradda 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan “Gazel” ag‘darilishi — “Gazeta.uz"ning 30 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Dollarning rasmiy kursi 14,30 so‘mga pasaydi va jami 10 591,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Namangan viloyatining Pop tumanida Nexia rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Rossiya prezidenti koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini qabul qilgan. Putin vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlanganida kechqurun isitmasi 37,2 darajaga ko‘tarilib, kunduzi 36,6 darajani tashkil qilganini aytgan.
Toshkentda noinstitutsionllashtirishni tezlashtirish bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari yangi internat muassasalarining ochilishiga yo‘l qo‘ymaslikni va mavjud muassasalarni ijtimoiy xizmatlar markazlariga aylantirishni taklif qilishdi.
Rossiyaning Volgograd viloyatida 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan «Gazel» zovurga ag‘darilib ketdi. 13 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting