Qozog‘iston cavdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov O‘zbekistonga safari davomida ikkita shartnoma imzolashga erishdi. Xususan, Qozog‘iston kompaniyasi o‘zbek gilosini keyinchalik Dubay savdo tarmoqlarida sotish uchun xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Kecha O‘zbekistonda 487 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 647 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Yevropa chempionatining nimchorak final uchrashuvlari yakuniga yetdi va chorak final juftliklari nomi aniq bo‘ldi. Chorak final o‘yinlari 2 va 3 iyul kunlari o‘tkaziladi. Mazkur bosqichdagi qarama-qarshiliklar orasida Belgiya — Italiya, Ukraina — Angliya bahslari o‘rin olgan.
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bir necha taksi haydovchilari qoidabuzarliklarni suratga olgan 2 nafar fuqaroni kaltaklashdi. Taksichilar ularning suratga olgan telefonini tortib olishgan va Spark avtomashinasiga moddiy zarar yetkazgan.
Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilishi kutilmoqda. Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov bunga huquqni muhofaza qiluvchilarning qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish soni oshib borayotganligini sabab qilib ko‘rsatdi. Deputat Doniyor G‘aniyev bunday holatlar ichki ishlar organlari xodimlarining sog‘lig‘iga zarar bo‘layotganligini ta’kidladi.
O‘zbekistonga xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi 1 mln dozasi olib kelindi.
Qashqadaryo viloyatida 28 iyundan restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 22:00 gacha ruxsat beriladi. Shuningdek, karantin bo‘yicha boshqa bir qator tartib va cheklovlarga qo‘shimchalar kiritildi.
Estoniya prezidentining BMTda ayollar va bolalar huquqlari jahon himoyachisi bo‘lgani, Pokistonda TikTok’ning bloklangani, Belarusning «Sharqiy sheriklik» tashabbusidagi ishtirokini to‘xtatayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Mudofaa vaziri barcha kuch tuzilmalarining jangovar shayligini sinovdan o‘tkazishi, Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali suhbati, Jahongir Otajonovning haqoratomuz video chiqishlariga Toshkent IIBBning munosabati, UzReport TV Beeline`ni sudda yutishi — “Gazeta.uz"ning 29 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi 1 iyunda 4,7 foiz yoki 14 trln so‘mga yetdi, o‘tgan yil boshida bu ko‘rsatkich 2,1 foizni tashkil etgan edi. NPL O‘zMB, «Agrobank», «O‘zsanoatqurilishbank», Xalq banki, «Qishloq qurilish bank» va boshqalarda o‘sdi.
Dollarning rasmiy kursi 18,47 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 605,30 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
Poytaxt YHXBga ORA IQ rusumli elektromobillar foydalanishga topshirildi. Tajribaning maqsadi ushbu transport vositasining ichki ishlar idoralarida ishlatiladigan avtoulovlarga nisbatan ustunligi yoki kamchiliklarni o‘rganishdan iborat, deya qayd etdi boshqarma.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Davlat apparati hajmini qisqartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu ijro etuvchi hokimiyat va boshqaruvning davlat organlari tuzilmasining optimallashtirilishi, takrorlanadigan va keraksiz funksiyalarning yo‘q qilinishi, shuningdek, davlat apparatini saqlash uchun byudjet mablag‘larining tejalishiga olib keladi.
UzReport TV mualliflik va turdosh huquqlar buzilganligi da’vosi bo‘yicha Beeline`ni sudda yutdi. Sudning qaroriga ko‘ra, javobgarga Beeline TV mobil ilovasidan UzReport TV hamda Futbol TV telekanallarini olib tashlash, kelgusida ushbu telekanallarni UzReport TV axborot agentligi bilan shartnoma tuzmasdan namoyish etmaslik majburiyatlari yuklandi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5,6% ga va 2020 yilda 6% ga o‘sishini prognoz qilmoqda.
Idoraviy normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartishlar kiritildi. Endilikda hujjatlar loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari yuzasidan korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha cheklist to‘ldiriladi, bir nechta idoralar faoliyatiga taalluqli NHH loyihasi esa ular o‘rtasida yagona elektron tizim orqali kelishiladi.
Kiber tahdidlarning transchegaraviy xususiyati mintaqaviy va xalqaro darajada hamkorlik qilishni talab etadi, deya ta’kidladi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti rahbari Eldor Aripov MDH davlatlarining axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha forumida.
Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda. Jarima miqdori BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha oshiriladi. Shuningdek, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazo chorasi kiritilmoqda va ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi.
O‘zbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozada O‘zbekistonga olib kelindi.
«Ipak Yo‘li» bankining mijozlari uchun MyID servisi orqali masofali identifikatsiyadan o‘tish imkoniyati paydo bo‘ldi. Identifikatsiya uchun hujjatlar kerak bo‘lmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting