Qonunchilik palatasi binosining tashqi ko‘rinishi rekonstruksiya qilish va binoni joriy ta’mirlash uchun 16,54 mlrd so‘m ajratish reja qilingan. Pudratchi sifatida «Trest-12» (aksionerlari orasida qurilish vazirining o‘g‘li va rafiqasi borligi haqida yozgan edik) ishtirok etmoqda. Hukumat buyrug‘i bilan loyihani tendersiz amalga oshirish va parallel ravishda loyihalashtirishga ruxsat berilgan.
Bekobod tumanida 301 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablg‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. ATB «Agrobank» Bekobod filiali va ikkita mas’uliyati cheklangan jamiyatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qarshi shahar hokimligi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ijobiy xulosasini olmasdan turib, 47 tup ko‘p yillik daraxtni kesib tashladi. Tabiatga yetkazilgan zarar 253,5 mln so‘m deb baholanmoqda.
Xitoy va Janubiy Koreya Yaponiyaning radioaktiv suvni okeanga oqizish to‘g‘risidagi qarorini tanqid qilgani, Navalniyning unga Qur’on kitobi berilmagani sababli sudga murojaat qilgani, JSSTning COVID xavfi tufayli bozorlarda hayvonlar savdosini cheklashga chaqirgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Madaniyat vazirligi «Turkiston» san’at saroyi binosiga ko‘chiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev OTMlar rektorlarining faoliyatini tanqid ostiga oldi. «Birortasi o‘z hududida mahallagacha tushib, yoshlar tarbiyasi, uyushmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tashabbus bildirmagan», — dedi u. Prezident to‘rtta oliygoh rektorini ishdan olinishini ma’lum qildi. Shuningdek, oliygohlar yon-atrofidagi kamida mahallalar uchun «ma’naviyat markazi» bo‘lishi kerakligi aytildi.
Prezident boshchiligida o‘tayotgan videoselektorda 1 maydan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilishi ta’kidlandi. Buning uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi. «Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev hokimlarning yoshlar bo‘yicha har 15 kun, 1 oyda nima tashabbus ko‘rsatganiga qarab faoliyatiga baho berilishi, shunga qarab ishda qolish-qolmasligi hal etilishini ta’kidladi. «27 yil yoshlarni o‘qitmadik, dardiga quloq tutmadik. Yoshlar bizdan 20 baravar ilgarilab ketdi», — dedi davlat rahbari.
Jizzax shahrida chiqindi yig‘ish maxsus transport vositasida o‘rnatilgan gaz ballon portlab ketdi. Oqibatda 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati oldi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Seshanba kungi videoselektorda yoshlar bilan ishlay olmagani uchun bir viloyat hokimi o‘rinbosari va ikkita tuman hokimi, bir qancha prokuror, ichki ishlar bo‘limi boshliqlari va soliq idoralari rahbarlari ishdan olindi. «Ishdan ketganlar maoshini davlatga qaytarib berishi kerak. Pulni bolalar uyiga olib borish lozim», — dedi prezident. Qolaversa, «1+1» dasturi orqali 1 mln yoshlar qamrab olinmasa Adham Ikramov va Dilmurod Qosimov ham ishdan bo‘shatilishi aytildi.
Namangandagi bolalar bog‘chasida issiq suvdan kuyib, vafot etgan bola voqeasidan so‘ng, MTM direktori, hamshira, qo‘riqchi va guruhda ishlagan barcha xodimlar o‘z vazifasidan ozod etildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan jazo tayinlanishi tarafdori bo‘lmoqda.
Uzcard va HUMO to‘lov tizimlarining terminallari yil oxirigacha har ikki turdagi kartalarni ham qabul qilishni boshlaydi.
Dollarning rasmiy kursi 17 so‘mga qimmatladi va jami 10 492 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz qimmatladi.
Prezident videoselektor yig‘ilishida viloyatlar hokimlari yoshlar bilan ishlashni paxta, g‘alla ekishdek deb o‘ylayotganini ta’kidladi. Ayni shu sabab yil davomida ikkinchi marotaba yoshlar masalasida yig‘ilish o‘tkazilayotgani qayd etildi. Davlat rahbari yoshlar bilan ishlashni munosib tashkil qilmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Chori Begimqulov ishdan olinishini ma’lum qildi.
Toshkent shahridagi Mustaqillik va Parkent ko‘chalarini tutashtiruvchi (eski Pushkin chorrahasi) yo‘l nihoyat avtomobillar harakati uchun ochildi. Ushbu yo‘l deyarli 6 yil oldin yopilgan edi. Yo‘lni ochish to‘g‘risidagi rejalar yanvar oyida e’lon qilingan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 10−12 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Tojikistonning mahalliy OAVlari xabar berdi.
O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab qurishni rejalashtirmoqda, dedi AOKA direktori Asadjon Xodjayev. Uning aytishicha, hududdagi tiklanishi lozim bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxati belgilanmoqda, ularni rekonstruksiya qilishga o‘zbekistonlik quruvchilar jalb qilinadi.
Hukumat qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha mart-sentyabr oylarida jami limit 29 mlrd 236 mln 500 ming kub etib belgilanmoqda. Bundan tashqari, suv tanqisligining salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha maxsus ishchi guruh ham shakllantirildi.
2021−2023 yillarda Toshkentda 10,7 mlrd dollarlik 1390 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish, 98 mingga yaqin ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 27016 ta ish o‘rnini ochish mo‘ljallangan.
Bosh prokuratura turkshunos olim Andrey Kubatinga DXX tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazilmaganligini ma’lum qildi. Xibsxonaga joylashtirish va chiqib ketayotgan vaqtida uning badanida jismoniy jarohatlar kuzatilmagani, sog‘lig‘i bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmagani va ruhiy holati mutaxassislar tomonidan ijobiy baholangani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting