Qonunchilik palatasi deputatlari Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilib, Senatga yubordi.
2024-yilda O‘zbekistonda 9364 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, shundan 3045 tasi (32,5%) yuk mashinalari va yo‘lovchi tashuvchi transportlar ishtirokida sodir bo‘ldi. YTHlarning deyarli yarmi Damas ishtirokida bo‘lgan. 351 ta YTHda haydovchilar rulda uxlab qolgan, oqibatda 189 kishi halok bo‘lgan.
O‘zbekistonda deputatlar fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Konsepsiyada diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilangan.
Donald Trampning nutqlarini qayd etib ulgurilmayotgani uchun Oq uy qo‘shimcha stenografistlarni yollashni reja qilmoqda. Tramp, xususan, lavozimining birinchi haftasida omma oldida salkam 8 soat gapirdi va 81,2 mingta so‘z ishlatdi.
2024-yilning kuzida Andijondagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i hududida ishbilarmonlik markazi, ko‘p qavatli turar joy majmualari qurilishi ma’lum bo‘lgandi. Bu esa jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Viloyat hokimligiga ko‘ra, bog‘ faqat rekonstruksiya qilinadi va zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi.
2025-yilda O‘zbekistonda 250 mingta obyektni, jumladan, 150 mingta uyni quyosh panellari bilan jihozlash reja qilinmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura. Topshiriqni bajarish uchun joylarda hokimlik, “O‘zenergoinspeksiya”, banklar va boshqa idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon rasmiylari ID kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda. Bu ikki mamlakat fuqarolariga “zagran” pasportsiz chegarani kesib o‘tish imkonini beradi.
Tomorqa va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha alohida kengash tuzilib, uning huzurida UzAgroStar xoldingi va meva-sabzavot yetishtiruvchi kompaniyalar tashkil etiladi. Foydalanilmagan yerlar uchun soliq stavkasi oshiriladi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi sovuq saqlanib turadi, kunduzi harorat +5…+8 daraja, janubda esa +10…+12 darajagacha iliydi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkum fuqarolarni bir-biriga topshiradi. Qonunchilik palatasi bu haqdagi qonunni qabul qildi. Hozirda O‘zbekistonda 45 nafar qirg‘izistonlik, Qirg‘izistonda 96 nafar o‘zbekistonlik mahkum o‘z jazosini o‘tamoqda.
Oltiariq tumanida bayonnoma tuzilgan BYD Song avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi. 17 yoshli Damas haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib ketib u bilan to‘qnashdi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi.
E️ndi oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi. Ehtiyoj 4 yillik davrga ishlanib, tendensiyalar asosida platformaga tuzatishlar kiritiladi. Unda rasmiy band aholi soni, bo‘sh ish o‘rinlari va bitiruvchilar haqida ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Guantanamo harbiy-dengiz bazasini mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan “alohida muhim xorijlik jinoyatchilar”ni saqlashga tayyorlashni buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, markaz 30 ming nafargacha migrantni qabul qila oladi.
Deputatlar Mehnat kodeksiga ish joyida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini taqiqlash va oldini olish, bu harakatlardan jabrlanganlarga qo‘shimcha ta’tillar berish, shuningdek, farzandli bo‘lgan erkaklarga haq to‘lanadigan ta’til ajratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni birinchi o‘qishda qabul qildi.
Vashingtonda yo‘lovchi samolyoti va harbiy vertolyot to‘qnashuvi oqibatida hech kim omon qolmadi, deb tasdiqlagan AQSh prezidenti Donald Tramp hodisani “dahshatli miqyosdagi fojia” deb atadi. Samolyot bortida 64 kishi (60 yo‘lovchi va to‘rt ekipaj a’zosi) bor edi.
Toshkent shahrida yashovchi 20 yoshli qiz uzoq vaqt davomida sobiq sherigi va uning sheriklari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan va uch marta o‘g‘irlab ketilgan. To‘rt nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, jinoyat ishi ochildi.
HAMAS Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim doirasida garovdagi uch isroillikni va besh nafar tailandlik fuqaroni ozod qildi. Bunga javoban Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishi kerak.
O‘zbekiston prezidenti AQShning Vashington shahridagi aeroportda aviahalokat yuz berishi oqibatida bir necha o‘nlab insonlar halok bo‘lgani yuzasidan Donald Trampga ta’ziya yo‘lladi.
Sharof Rashidov tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus yo‘llarni tozalovchi maxsus transport vositasi bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida uch kishiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Davlat soliq qo‘mitasi Alibaba Cloud kompaniyasi O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tganini ma’lum qildi. U O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan 65-chet el internet kompaniyasi bo‘ldi. Kompaniya Alibaba Group`ning shu’ba korxonasi bo‘lib, onlayn biznes uchun bulutli hisoblash xizmatlarini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting