Poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uyni Moddiy madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritish reja qilinmoqda. Bu haqda Madaniy meros agentligi ijtimoiy tarmoqlarda uning buzilish ehtimoli haqidagi tarqalgan xabarlarga javoban ma’lum qildi.
IIV O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 800 mingdan ortiq shaxs ro‘yxati shakllantirilganini ma’lum qildi. Vazirlik vakili fuqarolar nima maqsadda bunday ro‘yxatga kiritilganiga izoh berib, ularga faqat yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.
MyTaxi xizmati 10 yillik muvaffaqiyatli faoliyatini nishonlab, qulay va xavfsiz sayohatlarni taqdim etadi va yubiley sharafiga foydalanuvchilarga promokod sovg‘a qiladi.
Fevral 6−7 kun davom etadigan quruq ob-havo bilan boshlanadi. Harorat kechalari 0…-5 daraja, kunduz kunlari +3…+15 daraja atrofida bo‘ladi. So‘ngra oy oxirigacha kechasi −13…+7, kunduzi 0…+15 gradusgacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.
Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali berish tartibi belgilandi. Nizomga ko‘ra, ular dorixona mudiri, farmatsevt yoki uning assistenti tomonidan shifokorning maxsus pushti retsepti asosida beriladi. Shifokor faqat 1 nomdagi giyohvandlik vositasini yetti kunlik ehtiyojdan oshmagan holda yozishi kerak.
Tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi. Qonun bilan tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish hamda uni ko‘rib chiqish asoslari belgilandi.
Buxoro viloyatining Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Cobalt haydovchisi to‘satdan harakatlanib, ulardan birini urib ketdi. Voqea yuzasidan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston aholisi endi my.gov.uz portalida Uzum Bank ilovasi orqali va Uzum Nasiya`dan bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali davlat xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar va shahar jamoatchiligi ham qatnashdi. Foto.
O‘zbekistondagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida Service point — avtomobillarga yoqilg‘i quyish hamda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, do‘konlar, texnik servis punktlari, sanitariya-gigiena shoxobchalari tashkil etiladi.
Piskent tumanidagi 7-sonli davlat bog‘chasida kobra ilonlari bilan tomosha ko‘rsatildi. Sud tomosha uyushtirgan ikki shaxsga jarima jazosi qo‘lladi. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari o‘rinbosari ularning dasturi bilan to‘liq tanishib chiqmagani uchun ishdan olindi.
O‘zbekistonda Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasida malakali kadrlar va professional haydovchilar tayyorlovchi mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etiladi. O‘quv jarayonlari Yevropa ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejaga muvofiq olib boriladi.
American Airlines`ning Bombardier CRJ700 samolyoti 60 nafar yo‘lovchi bilan halokatga uchradi. U Vashingtonning Reygan nomidagi milliy aeroporti yaqinida AQSh armiyasi vertolyoti bilan to‘qnashib, Potomak daryosiga qulab tushdi.
Raqobat qo‘mitasi Payme`ni onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega ega operator sifatida e’tirof etdi. Bunga kompaniya tomonidan taqdim etilgan xabarnoma asos qilib olingan.
Tezyurar va yotoqli poyezdlarning biletlari narxi ko‘tariladi, Toshkent viloyatida issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari narxi oshadi, avtoturargohlarning kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlanishi shart bo‘ladi — 2025-yil 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?
Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad al-Sharaa (al-Jo‘loniy) mamlakat prezidenti deb e’lon qilindi. Xavfsizlik xizmati va armiya tarqatib yuborildi. Sharaa milliy konferensiya, inklyuziv hukumat va yakuniy saylovlarni o‘z ichiga olgan siyosiy o‘tishni boshlashga va’da berdi.
Islom sivilizatsiyasi markazi “tarix, bugun va kelajakni bog‘laydigan, taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi bo‘lishi zarur”, dedi prezident.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ikki million davlat xizmatchisiga sakkiz oylik maoshi evaziga ishdan bo‘shashni taklif qildi. Shu tariqa Oq uy hukumat xodimlari sonini qisqartirishga va Tramp siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydiganlarni quvib chiqarishga harakat qilmoqda.
Xorijiy internet kompaniyalari, jumladan, Meta, Google, Apple va Netflix 2024-yilda O‘zbekistonda daromadlarini 1,5 barobar — salkam 1 trln so‘mgacha oshirdi. Shuningdek, 115,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi. QQSning katta qismi Meta’ga to‘g‘ri keldi, mamlakatda bloklangan TikTok 900 mln so‘mdan ortiq to‘ladi.
Parijda o‘zbekistonlik rassom Maksim Vardanyanning “A Personal Story” (“Shaxsiy hikoya”) ko‘rgazmasi Galerie de Buci’ning 35 yilligini nishonladi. Tadbir 1989-yildagi vernisajni takrorlashi bilan ramziy ma’noga ega, o‘shanda Fransiya poytaxtida ham san’at galereyasi, ham muallifning o‘zi debyut qilgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting