Tezyurar va yotoqli poyezdlarning biletlari narxi ko‘tariladi, Toshkent viloyatida issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari narxi oshadi, avtoturargohlarning kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlanishi shart bo‘ladi — 2025-yil 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?
Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad al-Sharaa (al-Jo‘loniy) mamlakat prezidenti deb e’lon qilindi. Xavfsizlik xizmati va armiya tarqatib yuborildi. Sharaa milliy konferensiya, inklyuziv hukumat va yakuniy saylovlarni o‘z ichiga olgan siyosiy o‘tishni boshlashga va’da berdi.
Islom sivilizatsiyasi markazi “tarix, bugun va kelajakni bog‘laydigan, taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi bo‘lishi zarur”, dedi prezident.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ikki million davlat xizmatchisiga sakkiz oylik maoshi evaziga ishdan bo‘shashni taklif qildi. Shu tariqa Oq uy hukumat xodimlari sonini qisqartirishga va Tramp siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydiganlarni quvib chiqarishga harakat qilmoqda.
Xorijiy internet kompaniyalari, jumladan, Meta, Google, Apple va Netflix 2024-yilda O‘zbekistonda daromadlarini 1,5 barobar — salkam 1 trln so‘mgacha oshirdi. Shuningdek, 115,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi. QQSning katta qismi Meta’ga to‘g‘ri keldi, mamlakatda bloklangan TikTok 900 mln so‘mdan ortiq to‘ladi.
Parijda o‘zbekistonlik rassom Maksim Vardanyanning “A Personal Story” (“Shaxsiy hikoya”) ko‘rgazmasi Galerie de Buci’ning 35 yilligini nishonladi. Tadbir 1989-yildagi vernisajni takrorlashi bilan ramziy ma’noga ega, o‘shanda Fransiya poytaxtida ham san’at galereyasi, ham muallifning o‘zi debyut qilgandi.
AQShda turli sabablar bilan Trampning g‘azabini qo‘zg‘atgan rasmiylar va’da qilingan qasosdan qo‘rqmoqda. Ular jinoiy ta’qibga tayyorgarlik ko‘rib, chemodanlarini yig‘yapti, qurol sotib olyapti. Tramp natijalari o‘g‘irlangan deb hisoblaydigan 2020-yilgi saylov tashkilotchilari eng ko‘p xavotirda, deb yozdi WP.
1-iyundan boshlab O‘zbekistonda mamlakatdan chiqib ketayotgan yuk transportlari uchun elektron navbat tizimi yo‘lga qo‘yilishi kerak. Bu chegarani kesib o‘tish vaqtini tezlashtirishi va yuk tashish hajmini oshirishi zarur.
O‘zbekistonda elektrlashtirilgan uylar uchun imtiyozli tariflarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Avvalroq u 1-yanvardan gazsiz uylar uchun elektr energiyasiga chegirma joriy etilishini aytgandi, ammo bu amalga oshmadi.
975 nafar o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya xavfi ostida. Ular ICE’ning yakuniy qarorini olgan, ammo turli sabablar bilan hali hibsga olinmagan migrantlar ro‘yxatida. Ayrim davlatlar fuqarolarini qabul qilmayotgani va huquqiy to‘siqlar tufayli jarayon nafaqat kechikishi, balki to‘la amalga oshmasligi mumkin.
AQSh sudi Donald Tramp ma’muriyatining federal grantlar va kreditlarni muzlatish haqidagi buyrug‘ini to‘xtatdi. Oq uy o‘z qarorida moliyaviy yordam dasturlarining prezident siyosatiga muvofiqligini tekshirishni talab qilgandi.
Import dori vositalariga (antibiotiklar, virusga qarshi, gormonal va boshqa preparatlar) 2 foizli boj joriy etilishi O‘zbekiston bozorini himoya qilish bilan bog‘liq, deya izoh berdi Farmatsevtika agentligi “Gazeta.uz”ga. Agentlik boshqa davlatlarda ham dorilar importiga bojlar joriy qilinganini ta’kidladi.
Kichik halqa avtomobil yo‘lidan eski ToshMI yaqinidagi Maxtumquli ko‘chasiga tushish yo‘lining rekonstruksiyasi yakunlandi. Maxtumqulidan KHAYga chiqish o‘ngga burilish orqali tashkil etildi. KHAYga chiqqanda ham o‘ngga, ham chapga burilish imkoniyati mavjud. Avvalgi Maxtumqulidan KHAYga chapga burilish endi yopiq.
O‘zbekistonning uchta hududida qo‘shni davlatlardan olib kelingan giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekistonga bir qator dori-darmonlarni olib kirish uchun 2 foiz miqdorida bojxona boji joriy etilmoqda. Ular orasida antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanish hamda virusga qarshi, gormonal va boshqa preparatlar bor.
Farg‘onaning Rishton tumanida kulolchilik tarixiga oid muzey tashkil etiladi. 1-aprelga qadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi o‘z faoliyatiga to‘liq moslashtiriladi.
O‘zbekistonda farmatsevtika sohasining biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yo‘nalishlaridagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi tashkil etiladi.
Farg‘ona politexnika instituti va TATU Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti tashkil qilinadi. Yana uchta oliygoh negizida esa Qo‘qon davlat universiteti ochiladi.
Xitoyning DeepSeek startapi OpenAI`ning ChatGPT`sidan qolishmaydigan, ammo ishlab chiqarish narxi bir necha barobar arzonroq bo‘lgan sun’iy intellekt modelini yaratish orqali jahon fond bozorlariga ta’sir ko‘rsatdi. DeepSeek haqida nimalar ma’lum va u qanday qilib muvaffaqiyatga erishdi — “Gazeta.uz” sharhida.
2024-yilda O‘zbekistonda 2023-yilga nisbatan tug‘ilish 3,7 foizga kamayib, 926,4 mingta bola tug‘ildi. Bu 2017-yildan beri tug‘ilishning birinchi marta kamayishi hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘limlar soni ketma-ket ikiinchi yil ko‘paydi, nikohlarda esa 2022-yilda boshlangan pasayish davom etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting