Niderlandiyaning Tropidia Holding kompaniyasi «O‘zbekkimyomash» zavodi ustav kapitalidagi 44,71 foiz ulushini 37 mlrd so‘mga sotib olmoqda.
Prezident tashrifidan keyin Surxondaryoda boshlangan yo‘l ta’mirlash ishlari, pensionerlar uchun bepul bo‘lgan Toshkent metrosi, prezidentlik muddati 7 yilga uzaytirilishi mumkinligi, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarini qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
U-20 Osiyo kubogining yarim finalida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi uchrashuv penaltilar seriyasigacha davom etdi. Yakunda 3:1 hisob bilan O‘zbekiston futbol terma jamoasi finalga yo‘l oldi.
«Ural energetika qurilish kompaniyasi» «Elektrqishloqqurilish» kompaniyasining nazorat paketini sotib oladi. 58,41 foiz aksiyalarni xususiylashtirish bo‘yicha bitim qiymati 93,2 mlrd so‘mga baholanmoqda.
Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning O‘zbekiston bosh vaziri maslahatchisi etib tayinlangani haqidagi xabarlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya ma’lum qildi hukumat.
Tabiat resurslari vazirligi Qizilqum qo‘riqxonasida bo‘rsiq va to‘qay mushugi tushib qolgan fotoqopqon tasvirlarini namoyish etdi.
Prezident 15 mart kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turk bilan uchrashdi.
PMTI tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 41 foizi chuqur kavlama ko‘rinishidagi hojatxonalardan foydalanadi. Ekspertlar sanitariyaga zid bunday hojatxonalarni ventilyatsiya qilinadigan va plitalar bilan qoplangan holga keltirishni tavsiya etdi. Bunda tashviqot emas, moliyaviy yordam samara berishi bildirildi.
2024 yildan Toshkent shahri va viloyatlar hokimlariga kengash raisi lavozimini egallashi taqiqlanishi mumkin. Konstitutsiya loyihasida ularning deputat va senator etib saylanishi taqiqlanmagan. Anchadan beri muhokama qilinayotgan hokimlarni saylash amaliyoti esa loyihada aks etmagan.
Chinoz bekatida ijtimoiy tarmoqlar uchun video olish maqsadida poyezd vagoni ustiga chiqqan ikki bolani tok urdi. Oqibatda ulardan biri 20 foiz, ikkinchisi esa 80 foiz tana kuyishi bilan shifoxonaga yotqizildi.
1 apreldan Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Avval bu imtiyoz faqat 10:00 dan 16:00 gacha amal qilgan.
«Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti 800 nafar xotin-qiz o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Natijalar 59 foiz ayol turmushida zo‘ravonlikka duch kelmagani, 40 foizi esa kamsitishlarga uchrashini ko‘rsatdi. 7 foiz ayol uchun bu hamon odatiy hol. Vaziyat o‘tgan yil bilan solishtirganda, umuman o‘zgarmagan.
Shveysariyada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhi oltinchi yig‘ilishini o‘tkazmoqda. Unda mamlakat savdo rejimining barcha jihatlariga taalluqli 10 dan ortiq yangi hujjatlar ko‘rib chiqiladi.
Hukumat qarori bilan Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi hamda Tibbiy- ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorlari lavozimlaridan ozod etildi.
16−23 mart kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasida parlament va prezident vakolatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bosh vazir nomzodi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvdan so‘ng prezident tomonidan taklif etiladi. Palata va Senat o‘z-o‘zini tarqatib yuborish qarorini qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Rossiyalik qiziqchi Danila Poperechniyning aytishicha, uning Toshkentdagi konsertidan «dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq barcha materiallar olib tashlangan». Uning so‘zlariga ko‘ra, mikrofon «mahalliy huquq-tartibot idoralari talabiga binoan» bir necha bor o‘chirib qo‘yilgan.
Farhod Mannopov o‘limi bo‘yicha tekshiruvlar sabab Star Med Center klinikasi 11 martdan vaqtincha yopilishi aytilgandi. Biroq bundan bexabar klinika ishlashda davom etaverdi. Ogohlantirish xati olingach, muassasaning o‘zi 10 kunga vaqtincha ishini to‘xtatgani haqida SSVga xabar berdi.
Tijorat banklari 15 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 000 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 455 — 11 505 so‘m.
O‘ta yirik miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvga berilgan shaxs Latviyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Xabarlarga ko‘ra, u o‘zini AQSh elchixonasi xodimi sifatida tanishtirib, hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijga chiqishga ruxsat olishda o‘z xizmatlarini taklif qilib kelgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting