Ilon Maskning Texasda yangi shahar yaratishga qaror qilgani, Norvegiyada vaksinatsiyadan keyin o‘lim holatlarining o‘rganib chiqilishi, Avstraliyada noma’lum yo‘nalishdagi parvozlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident boshchiligida o‘tayotgan videoselektorda muhtoj oilalar uy olish uchun dastlabki badalning faqat 5 foizini to‘lashi aytildi. Bundan tashqari, kredit olgan aholi uchun foiz to‘lovlarining Toshkent shahrida 12 foizi, boshqa hududlarda 10 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi.
2021 yil 1 martdan NNTni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 1 oydan 15 kungacha qisqartirildi. Endi nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji bekor qilindi.
Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektorda muhim masalalardan biri — uy-joylarning narxini adolatli shakllantirishga e’tibor qaratildi. «Hokimlar bir kvadrat metr uy narxini 4 mln so‘mdan oshirmaslik choralarini ko‘rishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev.
Turkiya poytaxtida algebra fanining asoschisi Muhammad al-Xorazmiy yodgorligi o‘rnatildi. Haykalning o‘rnatilishi «Xiva — turkiy dunyoning madaniyat poytaxti» xalqaro dasturi doirasida amalga oshirildi.
Samarqand va Saratov shaharlari hukumatlari birodarlashgan aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida kelishuv imzolashdi. Kelishuv shaharlar o‘rtasida investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Qimmatbaho — Equinox, Malibu va Tahoe — avtomobillaridan tushgan daromad arzon — Spark va Nexia modellaridan tushgan zararni qoplaydi, deya ma’lum qildi «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari. Uning aytishicha, o‘tgan yili kompaniya arzon mashinalardan 550 mlrd so‘m yo‘qotgan.
Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga arzonladi va jami 10 487 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.
Mart oyida Rossiya va MDH mamlakatlari bo‘ylab 12 ta o‘zbek tilidagi telekanallar translyatsiyalari yo‘lga qo‘yiladi.
Futbol va xokkey uchrashuvlarini sharhlab, sport ixlosmandlari e’tiborini kozongan sport sharhlovchisi Yuriy Rozanov 59 yoshida olamdan o‘tdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 622 kishini tashkil qilayotganligini ma’lum qildi. Bu O‘zbekistonda 10 fevraldan buyon koronavirusdan o‘lim holatlari qayd etilmaganligini anglatadi. SSV 2020 yilda xorijda vafot etgan 1629 nafar o‘zbekistonlik ham yil bo‘yicha o‘lim statistikasiga kiritilishi, lekin COVID-19 statistikasida qayd etilmasligini aytdi.
Afg‘oniston hududidadan 24 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, Termiz tumanidagi “Davolash va sog‘lomlashtirish markazi binosiga joylashtirildi.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov xizmat uyida svet o‘chganini ma’lum qildi. U hokimiyat farmoyishi bilan qarzdorlikni tugatishdan bosh tortganini aytdi. «Nega amaldor ishlatgan elektr byudjetdan, xalq pulidan qoplanishi kerak?», — dedi u.
Oliy sud og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilgan 16 nafar ayolning aybini tan olganligini va pushaymonligini inobatga olgan holda, ularning jazosini yengillashtirdi. Shulardan 14 nafari ozod qilindi va oilalariga qaytarildi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Abdimuxtor Ergashev boshqa ishga o‘tganligi munosabati lavozimidan ozod etildi. Hozircha uning qaysi lavozimga o‘tgani aniq emas.
70 foiz respondentlar 2020 yilda o‘z daromadlarining keskin kamayganini ta’kidlagan bo‘lsa, faqatgina 15 foizi daromadlarining oshganligini ma’lum qilgan. 37,4 foiz respondentlar jamg‘armasi yo‘qligini, shuningdek, 23,6 foiz respondentlar jamg‘armalari o‘rtacha 1 oygacha yetishini aytishgan.
«Uzbekistan Airways» Navro‘z bayrami nishonlanish munosabati bilan 20−22 mart kunlari O‘zbekiston fuqarolari uchun respublikaning barcha ichki qatnovlariga chegirmalarni joriy qildi.
Tanzila Narbayeva Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan davra suhbatida ayollarni ijtimoiy himoya qilish, qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish masalalariga to‘xtaldi. «Biz oliy ta’lim oluvchilar orasida qizlarni 50 foizga yetkazishga harakat qilishimiz kerak», — deya ta’kidladi Senat raisi.
Qurbon Tursunov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi. Bundan avval, u «Buxoro viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi» boshlig‘i bo‘lgan.
Navoiy viloyati va Andijon viloyati IIBga yangi boshliqlar tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting