Tanzila Narbayeva Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan davra suhbatida ayollarni ijtimoiy himoya qilish, qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish masalalariga to‘xtaldi. «Biz oliy ta’lim oluvchilar orasida qizlarni 50 foizga yetkazishga harakat qilishimiz kerak», — deya ta’kidladi Senat raisi.
Qurbon Tursunov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi. Bundan avval, u «Buxoro viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi» boshlig‘i bo‘lgan.
Navoiy viloyati va Andijon viloyati IIBga yangi boshliqlar tayinlandi.
DTM, Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilig davlat inspeksiyasi vakillari milliy test tizimini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib berishdi. Test sertifikati egalari davlat OTMlariga o‘qishga kirish testlarida tegishli fandan imtihon topshirmasliklari mumkin bo‘ladi.
UzAuto Motors ishlab chiqarilgan transport vositalarini yetkazib berishni keyinga qoldirishni rejalashtirmoqda. Buning sababi yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi, yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli dunyodagi bir qancha zavodlarning yopilishi deyilmoqda.
Kogon shahar hokimi etib Hayot Davlatov tayinlandi. Bundan tashqari, shahar prokurori, IIB va DSI rahbarlari ham tasdiqlandi.
2020 yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistondan 4000ga yaqin fuqaro ishlash uchun xorijga jo‘nab ketdi. Fuqarolar hozirda belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli ob’ektlarda ish boshlaydi.
O‘zbekistonda fevral oyining oxirida sovuq ob-havo tufayli hosil yo‘qotilishini baholash ishlari olib borilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatning shimoliy hududlarida sovuq paytida «o‘simliklarning aksariyat qismida kurtaklar hali paydo bo‘lmaganligini» ta’kidladi. «Umid qilamizki, janubiy viloyatlar ham katta yo‘qotishlarning oldini olishga muvaffaq bo‘lishdi», — deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Qirg‘izboyev.
Lukashenkoning Belarus va Rossiyaning birlashishini ma’qullamagani, yil oxirigacha COVID ustidan g‘alaba qozonish bo‘yicha prognozlar haqiqatga mos kelmasligi, Volvo’ning 2030 yilga kelib faqat elektromobil ishlab chiqarishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Oldimizda tashvish bor — 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari. Agar ungacha tashkillashtirishga ulgurmasak, unda prezident saylovlaridan keyin darhol birinchi tashrifni Rossiya Federatsiyasiga uyushtirish taklifi bor», — dedi TIV rahbari Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston prezidentining Moskvaga tayyorlanayotgan tashrifi haqida.
O‘zbekiston Rossiya bilan muntazam parvozlarni tiklash uchun Rossiya Federatsiyasining maxsus komissiyasiga murojaat xati yubordi. Parvozlar aprel-may oylarida tiklanishi kutilmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlardagi muammolarni o‘rganish va mahallalarda «talababay» yurish boshlanganini ma’lum qildi. Ijarada turuvchi talabalar yashil, sariq va qizil ranglarga ajratilishi qayd etildi.
«Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, vaksina O‘zbekistonda tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Lekin vaksina O‘zbekistonda faqat sertifikatsiyalangan.
O‘zbekistonda 3 martdan boshlab Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini xarid qilish uchun shartnoma berish jarayoni qayta tiklanadi.
Abdiraxman Saparov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi tayinlandi.
«Chevrolet Onix» mashinasining O‘zbekistondagi narxi 9−12 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda. Ushbu model 2022 yilning 4 chorak yakunida lokalizatsiya qilinadi.
O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlarning eng kam ulgurji va chakana narxlarini oshirish taklif etilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 17 so‘mga arzonladi va jami 10 500 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Toshkent davlat yuridik universitetining 3-bosqich talabasi Bahodir Bozorov ham ishlab, ham yashayotgan qurilish ob’ekti hududida baxtsiz hodisa tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 2021 yilgi futbol uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanish ruxsat berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting