Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga arzonladi va jami 10 517 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz pasaydi, rubl esa biroz ko‘tarildi.
«Yevrotsement» Rossiya xoldingi «Oxangaronsement»ni sotishni rejalashtirgan. Kelishuvning umumiy miqdori 429 mlrd so‘mni tashkil etishi mumkin.
Xalq ta’limi vaziri deputat Rasul Kusherbayevning o‘quvchisi OTMga kirolmagan maktab direktorlarini ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi fikrlarini populizm deb ta’riflagan edi. Deputat bunga javob berib, u faqat qonun ustuvorligi tarafdori ekanligini aytdi. «Agar demokratik davlatlar qatori qonun ustuvorligini ta’minlash va muammoni sud orqali hal qilish populizm bo‘lsa unda men emas, avvalo qonunlar va Mehnat kodeksi bosh populist bo‘lib qolmaydimi?», — dedi Kusherbayev.
Hafta davomida iliq ob-havo kuzatiladi va hafta yarmidan boshlab yog‘ingarchiliklar bo‘lish ehtimoli mavjud. Respublikaning shimoliy hududlarida qor yog‘ishi mumkin.
Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi bloger Otabek Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini yakunladi. Blogerga avvalgi ayblovga tovlamachilik, tuhmat va haqorat qilish bo‘yicha moddalar bilan ham
Surxondaryolik fuqaro opasi bilan kelishgan holda sobiq xotini va uning onasini o‘ldirish maqsadida qotil yolladi. Ular buning evaziga yaqinda qamoqdan chiqqan fuqaro D.ga 3 mln so‘m taklif qilgan. Natijada, ular viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olindi.
Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTHda futzal bo‘yicha OKMK jamoasining 26 yoshli o‘yinchisi Timur Berdiyev vafot etdi.
AQSHda bo‘lib o‘tgan «Oltin globus» mukofotini topshirish marosimida drama janridagi eng yaxshi film sovrinini «Nomadland» («Ko‘chmanchilar o‘lkasi»), drama janridagi eng yaxshi serial mukofotini esa «The Crown» («Toj») qo‘lga kiritdi.
1-martdan boshlab “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan kumushni birja orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etiladi.
Sardoba suv ombori xavfsiz eksplutatsiya qilinishi maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazildi. Xarajatlar to‘liq respublika byudjetidan qoplanishi ma’lum qilindi. Rekonstruksiya ishlariga tajribaga ega xorijiy va mahalliy ekspertlar, loyihachilar jalb qilinmoqda.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston fuqarolaridan undiriladigan turistik yig‘im miqdori tasdiqlandi. U BHMning 0,4 foizi yoki kuniga 980 so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, mahalliy sayyohlar uchun yangi joriy qilingan aviaqatnovlar hamda temiryo‘l chiptalariga chegirmalar qo‘llaniladi.
Deputat Rasul Kusherbayev bitiruvchilari OTMga kira olmagan maktab direktorlarining ishdan olinishini «demagogiya va boshqaruvga noqobil odamlarni qo‘yadigan talabi» deya tariflagan edi. Xalq ta’limi vaziri «oxirgi 2 yilda faqat OTMga kirganlar bo‘yicha ob’ektiv ma’lumot bo‘lgani» sababli bunday yo‘l tutilganini ta’kidladi. Sherzod Shermatov masalani tushuntirish uchun deputat bilan bog‘lana olmaganini ma’lum qildi. «Qadriyatlarimiz va tanlovimiz ikki xil ekan», — dedi u.
Noma’lum moddadan zaharlanish oqibatida Toshkent shahrida TATUning 3 nafar talabasi hamda 2 nafar Singapur instituti va Inxa universiteti talabalari vafot etdi.
Toshkentda joylashgan «Shovotlandiya» kafesida chiqqan yong‘in «mazkur kafeda ishlagan va yashagan besh nafar insonning hayotiga zomin bo‘lgan». IIV yong‘inni samarqandlik shaxs qasddan uyushtirgani va qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi. 2021−2025 yillarda O‘zbekistonda 31 ta sudning yangi binosi qurilsa, mavjud 107 tasi rekonstruksiya qilinadi. Loyihalarning dastlabki qiymati — qariyb 644 mlrd etib belgilangan.
Germaniya Orolbo‘yi hududini ekologik hamda iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga 8 mln yevro ajratadi. Buni o‘zida aks ettirgan bitim O‘zbekiston va Germaniya tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra, 4 yilga mo‘ljallangan loyiha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston 2020-yilda olma importini 8,5 baravar — 8876 tonnagacha oshirdi. Eng ko‘p yetkazib berish Qirg‘iziston, Xitoy va Eron davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Eksport esa 61,8 foiz — 49,9 mingdan 19 minggacha kamaydi. Ekcportning pasayishi, asosan, Qozog‘istonga bog‘liq.
Senat navbatdagi yalpi majlisda Konstitutsiyaviy sud, davlat xaridlari, ekologik audit, dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish yuzasidan Hukumatga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari muhokama qilinadi.
27-fevral kuni erta tongda Toshkent shahridagi “Shovotlandiya” kafesida yong‘in chiqdi. Uning oqibatida jabrlanganlar bor. Voqea joyiga Toshkent shahar FVB, IIBB rahbariyati, prokuratura mas’ullari yetib borgan. Dastlabki tergovoldi surishtiruvi olib borilmoqda.
AQSh Qrimning Rossiyaga qo‘shilib olinganini hech qachon tan olmaydi, deya ta’kidladi Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting