Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Saidjamol Sultonov Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini birlamchi bosqichda sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish ma’qulladi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 65 yoshdan oshgan qariyalar, surunkali kasalliklari bor shaxslar, maktab o‘quvchilari, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish organi xodimlari birinchi navbatda emlanishi ma’lum qilindi.
Maxsus komissiya tomonidan O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi aviaqatnovlarga joriy etilgan cheklovlar bekor qilindi.
«USM Telecom» va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan Digital Holding korxonasiga stansiyalarni qurish uchun doimiy foydalanishga mo‘ljallangan yer uchastkalarini auksionlarsiz olish imkoniyati, va shuningdek, turli imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, prezident qarori bilan korxonaga bir qator vazifalar qo‘yildi.
Samarqandning asosiy sayyohlik hududlarida 2022 yilda SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 300 mingga yaqin manzarali daraxt va butalarni ekish rejalashtirilmoqda.
Hukumat qarori bilan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tiladi. Rasmiy veb-saytlar, mahalliy OAV, internet saytlari, rasmiy hujjatlar va ish qog‘ozlari ham to‘liq lotin yozuviga o‘tkaziladi. Normativ-huquqiy hujjatlar muhokama uchun ham lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida e’lon qilinishi kerak bo‘ladi.
Abdujabbor Egamberdiyev Andijon tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Tayinlovdan avval u viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati «Yermulkkadastr» Bag‘dod tuman filiali sobiq mutaxassisi o‘zini haliyam kadastrda ishlashini aytib, fuqaroga 8 gektar yer olib berishni va’da qiladi. Buning evaziga esa 8 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga tushadi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan tayyorlangan O‘zbekistondagi yirik banklarning faollik indeksida «Kapitalbank», Hamkorbank va «Aloqabank» eng yuqori o‘rinlarni egalladi.
AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, mahkam jipslangan niqob yoki ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi.
Davlat bojxona qo‘mitasi hamda DXX hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlarda 6 kgdan ko‘proq giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhlar qo‘lga tushdi. Og‘ular xorij davlatidan sotish maqsadida keltirilgani aniqlandi.
Namangan shahrida 20 yoshli yigit boshqaruvidagi Lacetti katta tezlikda reklama ustuniga borib urildi. Buning oqibatida, haydovchi va mashina ichidagi ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi.
Bosh prokuratura bayonotiga ko‘ra, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning ishi bo‘yicha qonun buzilishi holatlari aniqlanmadi. Bundan tashqari, bloger ustidan 7 ta holat bo‘yicha murojaatlar kelib tushgani aytilmoqda.
Elyorbek Nabijonov Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Tayinlovdan avval u Qo‘rg‘ontepa tumani «Khantex Group» MCHJ kuzatuv Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shavkat Mirziyoyev vazirlar ish kunlarini Toshkentda emas, viloyatlarda o‘tkazishi kerakligini ta’kidladi. Ular Toshkentda faqat shanba va yakshanba kunlari bo‘lishi mumkin. Prezident «vazir respublikaga xizmat qilishini, Toshkentni qorovullab o‘tirmasligini» aytdi.
Maxamadjon Nishonov Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bundan avval, u viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim muassasalari isloh qilinishi, buning uchun esa uch oy vaqt kerakligini ma’lum qildi. «Umuman oliy ta’lim muassasasida nima yoqmagan bo‘lsa hammasi isloh bo‘ladi», — dedi vazir.
BBC Muholifatchi Aleksey Navalnыy surishturividagi «Putin saroyi» qurilishida ishtirok etgan ishchilar bilan suhbat qildi. Saroyning qurilishi shoshilinch bo‘lganligi va unda harbiylar, o‘zbeklar, ruslar qatnashgani aytilmoqda.
Otabek Tursunov Andijon viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting