2021-yilgi davlat dasturida 31 ta yangi maktab qurish hamda 320 ta maktabni ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Andijon, Nurafshon, Guliston, Navoiy va Termiz shaharlarida Prezident maktablari qurilishi rejalashtirilgan.
Bojxona xodimiga 4 mlrd so‘mlik tovarlarni noqonuniy olib kirish uchun 9400 AQSH dollari miqdorida pora berishga uringan shaxs fosh etildi. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda har yili 1800ga yaqin ayollar bachadon bo‘yni saratoniga chalinadi. Ularning 42 foizdan ortig‘i vafot etadi. O‘limlarning aksariyati tashxisni kech qo‘yish natijasida ro‘y beradi. Bachadon bo‘yni saratonini 99 foiz holatlarja odam papilloma virusi keltirib chiqaradi.
Navoiy viloyatida niqohsiz dunyoga kelgan 3 oylik bolasini 25 ming AQSH dollariga sotgan ayol ushlandi. Bolani sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro chaqaloq uchun shu narxga baholangan ikki xonali uy olib berishni taklif qilgan.
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya 2020 yilda davlat byudjetiga eng ko‘p tushum keltirgan 10 ta yirik soliq to‘lovchilarni e’lon qildi. Umumiy soliqlarning 63,3%ni to‘lagan yirik kompaniyalar ichida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» eng ko‘p soliq to‘lagan.
1 martdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari ham turistik yig‘im to‘lashni boshlaydi. Hozirda uni faqat xorijiy fuqarolar to‘laydi.
Mo‘ynoqda alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy ob’ektlar va majmualarni, hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish maqsadida «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi.
2021-yilgi davlat dasturida O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasi tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Bu borada prezidentning tegishli qarori loyihasi 1-sentabrga qadar ishlab chiqiladi.
Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Oldinroq, Farg‘onaga ham reys ochilgan edi. Qolaversa, endi Termiz-Qarshi-Xiva, Xiva-Urganch-Nukus va Termiz-Qarshi-Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovi ham amalga oshiriladi.
Navro‘z, Mustaqillik kuni, Yangi yil, Ramazon hayiti va Qurbon hayiti diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun etib belgilanadi.
Martdan boshlab Bahrayn Qirolligi, Qatar, Quvayt, Ummon Sultonligi va XXR, shu jumladan Xitoyning Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etiladi.
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov xorijlik mehmonlarni kutib olishga jalb qilinayotgan talaba qizlar bo‘yicha munosabat bildirdi. «Nega mening gul qizlarim, gul ko‘tarib chiqishi kerak? U yerga ham o‘zingizni farzandingizni qo‘yib ko‘ring», — dedi vazir. U shuningdek, «bu majburiy mehnatning bir ko‘rinishi» ekanini aytgan.
Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona shahar hokimi bo‘ldi. Shaharning avvalgi hokimi prezident tanqididan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi.
BAAda 2022 yilda uch jahon dinlari ibodatxonasining ochilishi, JSST COVID-19 “laboratoridan” kelib chiqishini ehtimoldan yiroq deb topgani, Bitkoin narxining 48 ming dollarga yetgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
JSST ekspertlari Uxanda qariyb bir oy faoliyat ko‘rsatib, Sars-Cov-2 virusining insonga qanday yuqqani bo‘yicha to‘rtta farazni o‘rgandi. Ularning fikricha, virusning laboratoriyada insonga yuqqan bo‘lishi ehtimoli past.
Hozirgi gaz hajmi uchta O‘zbekiston uchun yetarli, deya ma’lum qildi energetika vaziri Alisher Sultonov. U aholi energiya manbalariga oqilonalik bilan munosabatda bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 95 million aholisi bo‘lgan va ishlab chiqarish rivojlangan Turkiya ham, 35 million aholisi bo‘lgan O‘zbekiston ham yiliga 45 milliard kubometr gaz iste’mol qiladi.
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori — moliya vazirining o‘rinbosari G‘olib Xoljigitov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.
O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish uchun AQSHdan 27 nafar o‘qituvchi va olimlar tashrif buyurdi. Ular mahalliy o‘qituvchilar davrasiga qo‘shilib, sinfxonalardagi darslarda bevosita ishtirok etadi.
O‘zbek-afg‘on-pokiston muzokaralari natijasida deyarli 600 km uzunlikdagi «Mozori-Sharif — Kobul — Peshavor» temir yo‘llarini qurish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» qabul qilindi. Loyihani amalga oshirish uchun 5 yil ketishi mumkin. Bunga 4,8 mlrd dollar kredit mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Janubiy Koreya O‘zbekistondagi bolalar bog‘chalariga robototexnika va dasturlash ko‘nikmalarini o‘rgatish uchun 275 dona aqlli robot va 350 ta qo‘llanmani sovg‘a qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting