Uyida gaz va svet yo‘q 10 dan ortiq xotin-qizlar Qo‘qon shahar hokimiyati oldidagi yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, mutasaddilar ularning so‘zlarini eshitmayapti. Yo‘lni bo‘shatishni so‘ragan haydovchilarga qarata ayollar, — “urib ketishingiz mumkin, baribir uy sovuq”, — deya javob qaytarishgan.
Deputatlar ko‘rib chiqqan prezident xavfsizlik xizmatiga oid qonun loyihasi MDH hamkorlik kelishuvi asosida ishlab chiqilgan hamda AQSh, Rossiya va Koreya tajribasi o‘rganilgan. Hozirga qadar xizmat bir qancha qonunosti hujjatlar asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Qonun esa xizmat faoliyatida huquqiy asosni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Dollarning rasmiy kursi 3 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 476 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
COVID-19'ning yangi shtammi Janubiy Koreya va Kanadada ham aniqlanda va Buyuk Britaniya bilane aviaqatnovlarni to‘xtatib qo‘yishdi. Yaponiya esa yangi shtamm aniqlanganligi sabab yanvar oxirigacha mamlakat chegaralarini yopib qo‘ydi. Shuningdek, yangi shtamm Singapur, Germaniya, Fransiya, Irlandiya, Shveysariya, Livan, Shvetsiya va Ispaniya ham aniqlandi.
Transformatorning buzilishi natijasida elektr energiyasidan uzilib qolgan muzrabotliklar norozilik sifatida ko‘chada balon yoqishdi. Xozirda muammo bartaraf etilgan.
Andijon viloyati prokuraturasi viloyat hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» davlat xaridlarini o‘rganmoqda. Uning rahbari 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini yutib olgan qurilish kompaniyasining ta’sischisi hisoblanadi. Boshqa ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida ham xabar qilindi.
Navoiy markazida yangi yil archasi yonib ketdi. Hodisaga yog‘ingarchilik sababli nam tekkan elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lishi mumkin.
Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 mln dan oshdi. COVID-19 dan tuzalganlar soni 45,1 mln dan oshgan bo‘lib, vafot etganlar soni esa 1,75 mln dan ko‘proqni tashqil qilmoqda. Eng ko‘p zararlanganlar AQSH, Hindiston va Braziliya mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi. Qonun bilan 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida qurilgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi. Ushbu ko‘prikning uzunligi 772 metr bo‘lib, u Toshkentdagi ikkita yirik ko‘cha — Yangi Sergeli aylanma yo‘li bilan Xalqa yo‘lini bog‘laydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini borib ko‘rdi. Ushbu metro yo‘nalishining uzunligi 7 kilometrni tashkil qilib, beshta bekatdan iborat. Ushbu yo‘nalishda kuniga 35 mingtagacha odam qatnashi mumkin. Ushbu yo‘nalish 26 dekabr soat 16:00 dan boshlab xizmat ko‘rsata boshladi.
Toshkent vaqti bilan 15:28 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila O‘zbekistonning bir qator shaharlarida ham sezildi.
Prezident tomonidan imzolangan ayrim kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunga ko‘ra, agar tarqatilgan yolg‘on axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (22 mln 300 ming so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.
Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi kelgusi yilning 1 martiga qadar mamlakatga kirishda yangi qoidalar joriy etdi. Xorijdan kirib kelayotgan fuqarolar uch kun ichida olingan salbiy PZR-test ma’lumotnomasiga ega bo‘lishi kerak. Ma’lumotnomasi bo‘lmaganlar bir haftalik karantinga olinadi.
Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi avtobus va Niva rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, avtobus ag‘darildi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchisi esa shifoxonaga yotqizilgan.
Zira.uz yangi yil dasturxoni uchun siz bilgan va bilmagan salat retseptlari hamda noodatiy bezash usullarini taqdim etadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jizzax viloyatida ta’sischilari orasida viloyat hokimining qizi ham bo‘lgan kompaniya ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ikkita tanlovda g‘olib chiqqani bilan bog‘liq holatni o‘rganishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga Rossiyada ishlash uchun ruxsat (patent) olishni soddalashtirishga erishildi. Unga ko‘ra, Toshkentda migrantlarga ruxsatnoma berish xizmatini ko‘rsatuvchi Rossiyaning tegishli tashkilotlari filiallari ochiladigan bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta o‘tkazilayotgan O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida Uchinchi Renessans, yosh volontyorlar faoliyati, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent tajribasi, «Yoshlar: 1+1» dasturi, Yoshlar kichik sanoat zonalari, «Yoshlar murojaati» elektron platformasi, tadbirkorlikka o‘qigan yoshlarga 4 foizlik kreditlar, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash va boshqa mavzularga to‘xtaldi.
Ichki pasport o‘rnini egallashi kutilayotgan shaxsni identifikatsiyalovchi ID-kartalar 4 yanvardan berila boshlanadi. Uni olish uchun hech qanday maxsus hujjatlar talab etilmaydi, faqat pasport, ariza va davlat boji to‘lovi talab etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting