IIV PPX Bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi
1 iyun 2020, 21:59

IIV PPX Bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi

IIV PPX va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga Azizxon Umarxonov boshliq etib tayinlandi. Bunga qadar u Toshkent IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Yaponiya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi choralar uchun $1,9 mln ajratmoqda
1 iyun 2020, 21:39

Yaponiya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi choralar uchun $1,9 mln ajratmoqda

Yaponiya hukumati O‘zbekistonga koronavirusga qarshi tezkor javob choralarini ko‘rishi uchun 1,9 mln dollar ajratmoqda.

Yana 9 ta charter reysi amalga oshiriladi — jadval
1 iyun 2020, 20:33

Yana 9 ta charter reysi amalga oshiriladi — jadval

O‘zbekiston hukumati Rossiya, Turkiya, BAA va Misrdagi vatandoshlarni olib kelish uchun yana to‘qqizta charter reysini tashkil etadi.

Janubiy Koreya O‘zbekistonga yana yordam jo‘natdi
1 iyun 2020, 20:14

Janubiy Koreya O‘zbekistonga yana yordam jo‘natdi

Janubiy Koreya O‘zbekistonga shpritsli nasoslar, antiseptika vositalari va tibbiyot karavotlarini yordam sifatida yubordi. 66 ming dollarga yaqin qiymatdagi yana bir yukning kelishi kutilmoqda.

Noyabr keksalar uchun turizm oyi deb e’lon qilindi
1 iyun 2020, 19:56

Noyabr keksalar uchun turizm oyi deb e’lon qilindi

Noyabr keksa yoshdagi sayohatchilar uchun turizm oyi deb e’lon qilindi. I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar yilda bir marta bepul sayohat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali so‘zlashdilar
1 iyun 2020, 19:24

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali so‘zlashdilar

O‘zbekiston va Qirzig‘iston prezidentlari telefon orqali muloqotda “Chashma” chegaraoldi hududida ro‘y bergan hodisa bilan bog‘liq masalalarni batafsil ko‘rib chiqib, bunday vaziyat boshqa takrorlanmasligi uchun mukammal choralar qabul qilish muhim ekanini ta’kidladilar.

Buxoro viloyatida YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
1 iyun 2020, 19:15

Buxoro viloyatida YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Buxoro viloyatida yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan Lacetti avtomobili MAN yuk mashinasi bilan taqnashdi. Sedan haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida halok bo‘ldi.

Yozda haroratning 40 foiz ehtimol bilan me’yoridan yuqori bo‘lishi kutilmoqda
1 iyun 2020, 19:01

Yozda haroratning 40 foiz ehtimol bilan me’yoridan yuqori bo‘lishi kutilmoqda

2020 yil yozda O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikistonda, Qozog‘istonning janubiy, g‘arbiy, sharqiy mintaqalarida ob-havoning 40 foiz ehtimol bilan me’yoridan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Yozning birinchi haftasida esa harorat ko‘tarilib, +40 darajaga yetishi, dam olish kunlarida bir oz pasayishi kutilmoqda.

IIV Koson tumanida bo‘lib o‘tgan hodisaga munosabat bildirdi
1 iyun 2020, 18:16

IIV Koson tumanida bo‘lib o‘tgan hodisaga munosabat bildirdi

Ichki ishlar vazirligi 30 may kuni Qashqadaryoda tungi reyd davomida IIB xodimining qonunda belgilangan vazifasidan chetga chiqib, fuqaroga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatgani, uning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazgani bo‘yicha munosabat bildirdi. Hozirda holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Koronavirus holatlari 11 taga ko‘paydi (jami — 3673)
1 iyun 2020, 17:16

Koronavirus holatlari 11 taga ko‘paydi (jami — 3673)

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 11 taga ko‘payib, jami 3673 taga yetdi. Yangi aniqlangan holatlar aholi orasida 5 nafar, karantin markazidagilar 4 nafar va qolgan 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchilar orasida aniqlandi. Hozirgacha kun davomida 50 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Import qilinadigan tez yordam avtomobillari bojxona bojidan ozod qilindi
1 iyun 2020, 16:55

Import qilinadigan tez yordam avtomobillari bojxona bojidan ozod qilindi

Prezident qaroriga binoan, 2022 yil 1 yanvargacha tez yordam avtomobillari import bojxona bojidan ozod qilindi. Ta’kidlanishicha, ushbu imtiyoz nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ham tegishli.

«O‘zbekneftgaz» Ai-80 markali benzindan voz kechishni rejalashtirmoqda
1 iyun 2020, 16:49

«O‘zbekneftgaz» Ai-80 markali benzindan voz kechishni rejalashtirmoqda

«O‘zbekneftgaz» Ai-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Uning o‘rniga Ai-91, Ai-93, Ai-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish va Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishga o‘tish kutilmoqda.

MTRKning sobiq raisi Qirg‘izistonga elchi etib tayinlandi
1 iyun 2020, 16:12

MTRKning sobiq raisi Qirg‘izistonga elchi etib tayinlandi

MTRKning sobiq raisi va AKT vaziri bo‘lib ishlagan Xurshid Mirzohidov mamlakatning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U Bishkek shahriga yetib bordi.

So‘xda yuz bergan to‘qnashuv muhokama qilindi
1 iyun 2020, 15:13

So‘xda yuz bergan to‘qnashuv muhokama qilindi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov ishtirokida bir kun oldin ikki davlat chegara hududidagi qishloqlar aholisi o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv muhokama qilindi. Tomonlar ushbu ko‘ngilsizlik avj olib ketmasligi uchun birgalikda tergov harakatlarini olib borishga kelishib oldi.

Ukraina prezidenti yillik daromad deklaratsiyasini taqdim etdi
1 iyun 2020, 13:31

Ukraina prezidenti yillik daromad deklaratsiyasini taqdim etdi

2019 yilda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning oilasining umumiy daromadi 1,06 mln dollarni tashkil etgani ma’lum bo‘ldi. Deklaratsiyaga ko‘ra, Zelenskiy daromadining aksariyati tadbirkorlik faoliyatidan kelgan. Xarajatlari esa — qariyb 500 ming dollar bo‘lib, asosan prezidentlik saylov kampaniyasiga sarflangan.

Armaniston bosh vazirida koronavirus aniqlandi
1 iyun 2020, 12:19

Armaniston bosh vazirida koronavirus aniqlandi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanda va uning oila a’zolarida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ta’kidlanishicha, u muzokaralar davomida xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiantdan COVID-19 bilan zararlangan. Davolanish paytida bosh vazir o‘z uyidan turib ishlashni davom ettirishini ma’lum qilgan.

Dollarning rasmiy kursi ikkinchi hafta ko‘tarilmoqda
1 iyun 2020, 11:13

Dollarning rasmiy kursi ikkinchi hafta ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga qimmatladi va 10 148 so‘m etib belgilandi. Bu dollar kursining ikkinchi hafta davomida o‘sishi.

Koronavirus bemorlari soni 3662 nafarga yetdi
1 iyun 2020, 10:14

Koronavirus bemorlari soni 3662 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 39 nafarga ortib, jami 3662 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, infeksiyaga chalinganlar Toshkent shahrida (10), Sirdaryo viloyatida (2), Toshkent viloyatida (2) va Namangan viloyatida (1) qayd etilgan.

Samarqandda stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi
1 iyun 2020, 10:00

Samarqandda stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi

1 iyundan boshlab Samarqand viloyatidagi “qizil” hududlarda, shu jumladan Samarqand shahrida ham avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishiga ruxsat berildi. Bunda, avtotransport vositalari faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan — 10:00 gacha, 17:00 dan — 20:00 gacha) harakatlanishi ko‘zda tutilgan.

1 iyundan kuchga kiradigan 10 ta o‘zgarish
31 may 2020, 18:48

1 iyundan kuchga kiradigan 10 ta o‘zgarish

Soliq to‘lashdan vaqtincha ozod qilinayotgan tadbirkorlar, soni oshirilayotgan nafaqaxo‘rlar, aeroportlar, bozorlar va tashkilotlardagi fitobarlar, aksiz solig‘i olinadigan yangi turdagi tamaki mahsulotlari va boshqalar — 1 iyundan kuchga kiradigan o‘zgarishlar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting