Zira.uz dan oldindan tayyorlab, muzlatib qo‘ysa bo‘ladigan yeguliklar jamlanmasi.
AQSH Oziq-ovqat va dori-darmon ma’muriyati koronavirusga qarshi Pfizer-BionTech vaksinasini favqulodda qo‘llashga ruxsat berdi. Yil yakuniga qadar 20 million aholi emlanishi kutilmoqda. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va qariyalar uylarida yashovchilar va ishlovchilar emlanadi.
Ozarbayjonda harbiy holatning bekor qilinishi, AQSH siyosiy boshpana berish qoidalarini keskin kuchaytirishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorning Yoshlar ittifoqi uchun Jizzaxda 14 mlrd so‘mdan ko‘proqqa bino qurgani va shu pulning 9 mlrd so‘mini olmagani haqidagi xabarlar tarqaldi. U shuningdek, 15 dekabr kuni ittifoq markaziy kengashi binosi oldida ochlik e’lon qilishini aytdi. Yoshlar ittifoqi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirib, qarzdorlik 5,6 mlrd so‘m ekanini qayd etdi.
16 yoshga to‘lgan fuqarolarga ID-karta berish ularni soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritish hamda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Navoiy viloyatida ov mavsumida mumkin bo‘lgan kvotadan tashqari 13 ming boshdan ortiq yovvoyi hayvonlar noqonuniy ovlanishiga imkoniyat yaratilgani aniqlandi. O‘tgan yili 1 707 holatda noqonuniy ov amalga oshirilib, vaqtida choralar ko‘rilmaganligi ham ma’lum bo‘ldi.
Yil boshidan beri is gazidan zaxarlanib 61 nafar fuqaro, gaz chaqnashi oqibatida esa 19 nafar fuqaro vafot etganligi qayd etildi.
Dam olish kunlari yuqori siklonli bulutli massiv asta-sekin O‘zbekistonning qolgan hududlariga siljiydi. Shu kunlarda havo harorati deyarli o‘zgarmaydi, kechalari 2−7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0−5 darada iliq atrofida, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha bo‘ladi.
O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni — 22,1 milliondan oshdi. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni — 19 millionni tashkil etmoqda. Mamlakat bo‘yicha aholi punktlarining mobil aloqa bilan qamrab olinishi darajasi 97 foizni, mobil internet qamrovi esa 87 foizni tashkil etdi. Dekabr oyi boshida maktablarning 70% va sog‘liqni saqlash muassasalarining 78% internetga ulangan.
Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston davlat tashqi qarzi 2,8 mlrd dollarga yoki yil boshiga nisbatan 18 foizga oshib, 1 oktyabr holatiga 18,5 mlrd dollarga yoki YAIMga nisbatan 32,8 foizga yetgan. Davlat ichki qarzi esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 23,6 trln so‘mni (2,3 mlrd dollar) yoki YAIMga nisbatan 4 foizni tashkil etdi.
2021 yil 1 apreldan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyatlar tomonidan sudlanganlik, manzil-ma’lumot axboroti, fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy borligi yoki yo‘qligi, soliq qarzi bor yoki yo‘qligi, nikoh yoki ajrashganlik va boshqa faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni so‘rashni bekor qilish taklif qilinmoqda.
Surxondaryo viloyatidagi «Kampirtepa» qal’asi devori qulaganidan so‘ng, akademik E.V.Rtveladze bunday buzilishlar o‘tgan yili ham bo‘lganligi va bu ataylab qilinganligini ta’kidladi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura tekshiruv o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.
Xiva shahrida joylashgan Tosh hovli saroyining devori «Surgut neft stroy» pudratchi xususiy korxonasi tomonidan buzilganligi aniqlandi. Ushbu loyiha Ilmiy-ekspert kengashiga kiritilmaganligi va saroyda loyihasiz ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilganligi ma’lum bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Lacetti va Toyota Land Cruiser rusumli bir nechta avtomobillar guruh bo‘lib harakatlanib borayotgani tasvirlangan video yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlariga ko‘ra, ushbu holat 2019 yilning noyabr oyida sodir bo‘lgani aniqlandi.
Andijon shahridagi xalq ta’limi bo‘limida 33,8 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirilishganligi ma’lum bo‘ldi. Xodimlar tomonidan pullar bankdan ortiqcha olinib, markazlashgan buxgalteriya kassasiga kirim qilinmasdan o‘zlashtirib yuborilganligi aniqlandi.
Samarqand viloyatida ikki yilda 26 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Ushbu qilmishlar uchun 246 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan hamda 2 249 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilganligi ma’lum bo‘ldi.
Fransiyaning Rungis Semmaris kompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga mahsulotlarning ulgurji savdosi bo‘yicha O‘zbekistonda sakkizta yirik agrologik markazlar tarmog‘ini yaratish va boshqarishni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. Ular mamlakatning yirik shaharlari atrofida quriladi. Markazlar orasida eng ixchamining maydoni 10 gektarni tashkil qiladi.
Nikohdan o‘tish, xorijga chiqish pasportini olish, transport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish va boshqalarda «propiska qaramligi»ni bekor qilish taklif etilmoqda.
Time jurnali AQSHning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden va bo‘lajak vitse-prezident Kamala Xarrisni yil odami deb e’lon qildi.
Deputat Rasul Kusherbayev «snos"larga qarshi moratoriy e’lon qilish taklifi bilan chiqdi. Uning aytishicha, asossiz va ruhsatsiz «snos"larga yo‘l qo‘yish bu zulm bilan barobardir.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting