Dekabrda harorat kechasi -5 dan 0 darajagacha, kunduzi 0 … + 5 darajadan + 10 … + 15 darajagacha o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Uzauto Motors Credit Suisse AG kompaniyasi bilan 150 mln yevrolik xalqaro sindikatlangan kredit to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Ushbu mablag‘lar General Motors yangi modellarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilishi aytilmoqda.
Haydovchilik guvohnomalarini olish imtihonlari xususiy kompaniyalar tomonidan boshqariladi. Ichki ishlar vazirligi butun jarayonni nazorat qilish huquqini saqlab qoladi. Yangi tizimning 2021 yil davomida joriy etilishi kutilmoqda.
Energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekiston 30 yil davomida Markaziy Osiyo energiya taqsimlash tizimidan chiqishga harakat qilib, ko‘p narsani yo‘qotgani, jumladan, bu holat yirik stansiyalarning muddatidan avval eskirishiga sabab bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston 2020 yilda qancha elektr eksport va import qilgani aytildi.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi uylarning birida gaz portlari oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Uyning bir qismiga zarar yetdi, ikki kishi vafot etdi, yana ikki kishi jarohatlandi.
«Men Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining mustaqil ommaviy axborot vositalariga bosim o‘tkazishi bilan bog‘liq harakatlaridan ko‘nglim qoldi», — dedi AQSHning O‘zbekistondagi elchisi. Buyuk Britaniya va Germaniya elchilari hamda BMTning mamlakatdagi doimiy koordinatori ham shunga o‘xshash munosabat bildirishgan.
«Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjat bilan pedagog xodimlar besh yil oldin imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin etib belgilanmoqda. Bundan tashqari, ularga 15 foizdan 40 foizgacha ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar to‘lash ko‘zda tutilgan. Qolaversa, o‘qituvchilarni yuqumli kasalliklarga qarshi bepul emlash belgilanishi mumkin.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi paxta chigitini boshqa viloyatga olib chiqishni taqiqlash bo‘yicha og‘zaki topshiriq bergan Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyat hokimliklari hamda ushbu viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalariga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.
Markaziy bank qarori bilan tijorat banklariga mijozlar shaxsini tasdiqlashda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalaridan foydalanishga ruxsat berildi.
O‘zbekiston hukumati Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududida qiyin vaziyatda qolgan ayollar va bolalarni vatanga qaytarish bo‘yicha navbatdagi gumanitar aksiyani o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, AOKAning sobiq rahbari Komil Allamjonov agentlik va OAV o‘rtasidagi bahs bo‘yicha fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, matbuot gapini ayta oladigan, unga nisbatan ogohlantirishlarga e’tiroz bildiradigan va ochiq bahslashadigan davrga yetib keldi.
Bosh prokuratura hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda. Qonun qabul qilinsa, bunday qilmishni sodir etganlar va jarayonni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlar 1 yilgacha muddatga qamalishi mumkin.
Pitssa ixlosmandlari uchun Zira.uz har kimning ham ta’biga mos keladigan eng mazali va to‘yimli pitssalar retseptlarini taqdim etadi.
Qor ko‘chkisi xavfi bo‘lgani uchun «Qamchiq» dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.
AOKA Kun.uz ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilarining turli sharhlari, haqoratli fikrlari va chaqiriqlari jamoatchilik fikri sifatida taqdim etilgani, «Gazeta.uz», Daryo.uz va boshqalar esa koronavirus bemorlari statistikasi shubha ostiga olingani va rasmiy izohlar taqdim etilmagani uchun ogohlantirilganini ma’lum qildi.
1 dekabrdan boshlab kompyuter o‘yinlari markazlarining ishlashiga ruxsat berildi. Ushbu qaror Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilindi.
Belarus prezidenti qachon lavozimini tark etishini ma’lum qilgani, KXDRning Janubiy Koreya farmatsevtika kompaniyalariga xakerlik hujumi, Facebook Libra kriptovalyutasini ishga tushirishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yaponiyalik mutaxassislar yangi iPhone 12 tannarxini 373 dollarga baholashdi. Smartfonning eng qimmat qismi OLED matritsasi bo‘lib chiqdi. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, smartfon reklama, izlanishlar va logistika xarajatlari tufayli yuqori narxga ega bo‘ladi.
Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva va yana to‘rt nafar shaxsga oid jinoyat ishini sud boshlandi. Yo‘ldoshevaning advokati ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘rab, himoyasi ostidagi shaxs ayblov hulosasi bilan tanish emasligini ma’lum qildi. Qolaversa, sud vaqtida uning hanuzgacha viloyat bosh infeksionisti ekani ta’kidlandi.
BMT ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi va uning qurbonlariga ko‘maklashuvchi ayollar tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 25 million dollar ajratadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting