2023 yildagi aholini ro‘yxatga olishdan avval, 2021 yilda O‘zbekistonning bir necha hududlarida aholi sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Butun aholini ro‘yxatga olish esa 2023 yil noyabr oyida amalga oshiriladi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan barcha oliy ta’lim muassasalarida 16 noyabrdan o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda davom ettiriladi. An’anaviy ta’lim shakliga o‘tishga tayyorgarlik oktyabr oyida boshlangan edi.
Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida 56,7 ball to‘plagan abituriyentlar to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular o‘qishni tugatgandan keyin o‘z hududlarda kamida 5 yil ishlab berishlari kerak.
IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Gulnora Karimovaning COVID-19`ga chalinmaganini ma’lum qildi. Uning o‘z joniga qasd qilgani haqidagi gaplar ham asossiz ekani aytilmoqda. Shuningdek, Senat raisi Tanzila Narbayeva Gulnora Karimovaga oid gap-so‘zlar yuzasidan o‘z munosabatini bildirib, «Hozir gender tengligi haqida gapiryapmiz, ayolmi, erkakmi, jinoyat qilsa teng javob berishi kerak», — dedi.
«Ko‘p vaqt talab qiluvchi va qimmat ish bo‘lgani» sababli O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2022 yildan 2023 yilga ko‘chirildi.
Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi 20 noyabr kuni chaqiriladi. Yalpi majlisda genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish, ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritish va boshqa qonunlar ko‘rib chiqiladi.
Italiya COVID-19 bilan kasallanganlar bemorlar soni 1 milliondan oshgan o‘ninchi mamlakat bo‘ldi. Shuningdek, bu ko‘rsatkichga Meksika (986 ming) va Peru (925 ming) mamlakatlari yaqin turibdi.
«O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish kerak, deb necha yillardan beri aytsak ham, bizning gapimizga hech kim quloq solmagan. O‘sha paytlar shunaqa davr edi» — Tanzila Narbayeva Vazirlar Mahkamasida ishlagan vaqtida gender tengligi masalasiga qanday yondashuv bo‘lganini so‘zlab berdi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi raqamli situatsion markazini qurish uchun 100 mlrd so‘m sarflanadi. Loyihaning bosh pudratchisi sifatida Power Construction Planet tanlandi. Hukumat loyihani tanlovsiz amalga oshirishga ruxsat berdi.
Termiz tumanida temir yo‘l kesishmasida teplovoz va prokuratura xizmat avtomashinasi to‘qnashdi. Avtohalokat oqibatida ikki nafar prokuratura xodimi vafot etdi, viloyat prokurori o‘rinbosari jarohatlandi.
Pandemiya sababli yuzaga kelgan inqiroz ko‘proq qashshoqlar, ko‘p bolali oilalar va mehnat muhojirlarining oilalariga zarar yetkazdi. Kichik biznes sohasida esa inqiroz sayyohlik va umumiy ovqatlanish korxonalariga katta zarba berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safarini Shahrisabzdagi Oqsaroy Vortex MCHJda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdan boshladi.
Qirg‘izistonda yuzaga kelgan zilzila Farg‘ona vodiysida ham sezildi. Andijonda yer osti silkinishlari kuchi 3 ballni tashkil etdi.
Prezident qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi.
Moliya vazirligi Surxondaryo davlat soliq boshqarmasi Equinox xizmat avtomashinasini sotib olish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani haqida xabar berdi. Vazirlik Nexia-3 sotib olishga ruxsat bergan, ammo DSB Equinox avtomobilini moliya organiga rusxat so‘rab xat yozish va javob xatini olishdan avval sotib olgan.
Iyulda faoliyati to‘xtatilgan «Xorazm shakar» zavodi Braziliyadan keltirilayotgan xom-ashyodan shakar ishlab chiqarishni boshladi.
Mobil telefonga olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar endilikda videoregistratorlar bilan tenglashtiriladi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab maktab direktorlari xalq deputatlari kengashlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining rahbarlari endi hokimlarning maslahatchilari hisoblanadi.
Turizm bo‘yicha o‘tkazilgan seminarda Aziz Abduhakimov ko‘chalardagi piyoda va veloyo‘laklar qoniqarsiz ahvolda ekanini aytdi. «Yoshlarimiz, boshqa katta yoshli aholimiz ham jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullangisi keladi. Lekin joy yo‘q», — deya ta’kidladi bosh vazir o‘rinbosari.
Prezident pandemiya sharoitida Qashqadaryodagi vaziyatni o‘rganish maqsadida viloyatga jo‘nab ketdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting