Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli maktab ta’tili davomiyligini ikki haftagacha uzaytirdi. Bolalar bog‘chalari esa «odatdagi jadval bo‘yicha» ishlashda davom etadi.
Endilikda haydovchining yonida sug‘urta polisi bo‘lmagani sababli uning avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilmaydi. Bu prezident imzolagan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarda ko‘zda tutilgan.
Samara va Rostov viloyatlaridagi chodirlar lagerlarida yashagan barcha O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deya xabar berdi TIV. Vazirlik vatanga mashinalarda qaytish uchun yo‘lovchi to‘playotgan xususiy tashuvchilarga ishonmaslikka chaqirdi.
Prezident byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilishga qaratilgan qonunni imzoladi. Ushbu qonun bilan hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlarini bekor qilindi.
Dunyo bo‘ylab COVID-19 kasalligidan vafot etgan bemorlarning soni 1 mln dan oshdi. Mamlakatlar orasida eng ko‘p qurbon AQSH (205 ming kishi), Braziliya (142 ming) va Hindistonga (96 ming) to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston hukumati Xitoyning ikkita kompaniyasi bilan koronavirusga qarshi vaksinalar sinovining so‘nggi bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha bitimlar imzoladi. Kelgusida dori vositasini ishlab chiqarish va uni qo‘shni davlatlarga eksport qilish rejalashtirilmoqda. Rossiya kompaniyalariga ham vaksinani birgalikdan sinovdan o‘tkazish taklif qilindi.
28 sentyabr kuni O‘zbekistonda 477 kishining koronavirusga chalingani tasdig‘ini topdi va jami holatlar soni 55878 taga yetdi. 2 kishi infeksiya asoratlaridan vafot etdi.
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida VOLVO yuk mashinasi yo‘l chetidagi uyga borib urildi va uy atrofida o‘ynab yurgan ikki bolani bosib ketdi. Haydovchi va bolalar shifoxonada vafot etdi.
90 ga yaqin mamlakat jurnalistlari AQSH moliyaviy jinoyatchilik tarmog‘ining (FinCEN) maxfiy hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lishdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujjatlarda Alisher Usmonovning kompaniyasi va O‘zbekiston milliy banki (NBU) tilga olingan.
Xalq ta’limi vazirligi bolasini masofaviy ta’lim shaklida o‘qitayotgan oilalarda farzandining onlayn o‘qishi uchun sharoit yaratib bermagan ota-onalarga nisbatan chora ko‘rilishi haqidagi savolga javob berdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Tojikistonga tashrif buyuradi.
O‘zbekistonning birinchi va oxirgi davlat kotibi, sobiq bosh vazir Rahim Rajabov vafot etdi.
O‘zbekistonda COVID-19 ning keng tarqalishini oldini olish uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan 2 mln yevrodan ortiq mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘lar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan ishlamaydigan, boshqa sohadagi tibbiyot xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashga sarflanadi.
Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yana kuchaymoqda. Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashishi oqibatida bir kun ichida ushbu hududda o‘nlab tinch aholi vakillari, shuningdek, har ikkala tomondan ham ko‘plab harbiylar halok bo‘lgan. BMT, Yevropa Ittifoqi va bir qator mamlakatlarning ikkala tomonni harakatlarni to‘xtatib, muzokaralar yo‘liga o‘tishga chorlashiga qaramasdan, vaziyat haligacha keskinligicha qolmoqda.
O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga borayotgan fuqarolardan koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi soxta ma’lumotnomalar aniqlanmoqda. Bundan tashqari, ularning ayrimlarida COVID-19 qayd etilmoqda. Shu sababli Janubiy Koreya elchixonasi test natijalari ustidan konsullik nazorati tizimini joriy etdi.
Haftaning birinchi qismida O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. 29−30 sentyabr kunlari havo harorati 15−20 darajagacha pasayadi. Haftaning ikkinchi yarmidan boshlab ob-havo yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda.
Kiyevda bo‘lib o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina tayanib sakrashda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 5 so‘mga qimmatlab, jami 10 321 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pastladi.
O‘zbekistonda rasman qayd etilgan koronavirus holatlari soni 55593 taga yetdi. Yakshanba kuni 448 kishining infeksiyaga chalingani tasdiqlandi.
O‘zgarayotgan aksiz solig‘i stavkalari, tadbirkorlar uchun yangi imtiyoz, kuchga kirayotgan yangi tartiblar: 1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting