Andijondagi xonadonlardan birida «Texnopark» kompaniyasining aqlli gaz hisoblagichi portladi. «Hududgazta’minot» portlashga hisoblagich ichida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston aniqlangan koronavirus holatlari soni 54 mingtaga yaqinlashgan bo‘lsa, kasallikdan sog‘ayganlar soni 50,4 mingdan oshdi.
Prezident o‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash tizimi joriy etiladi. Adliya vazirligida Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi tashkil etildi.
Prezident tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan imtiyozlarni tabaqalashtirish kerakligini ta’kidladi. Yig‘ilishda o‘rta biznes toifasiga kirishi mumkin bo‘lgan korxonani aniqlab, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan maqsadli mablag‘lar ajratish, mahsulotini sertifikatlash, ilm va innovatsiya xarajatlarini qisman qoplab berish kabi choralar orqali ularga ko‘maklashish muhimligi aytildi.
Rossiya ommaviy axborot vositalari Kamensk-Shaxtinskdagi migrantlar uchun mo‘ljallangan chodirli lagerda 33 yoshli o‘zbekistonlikning vafot etgani haqida ma’lum qildi. Unga bir tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Tashqi ishlar vazirligi o‘limni tasdiqladi, ammo fuqaroning lagerda yashaganini rad etdi.
«Qoniqarsiz» hamda «o‘rta» deb baholangan tuman va shaharlarda inqirozga qarshi boshqaruv tizimi joriy etiladi. Bunda ularga rahbarlik qilish istagini bildirgan har qanday talabgor hududni rivojlantirish dasturini mahalliy kengashlarda himoya qilishi mumkin. Xalq vakillarini ishontira olgan salohiyatli kishilar butun jamoasi bilan tumanga rahbar etib tayinlanadi. «Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz», — deya ta’kidladi prezident.
Yana bir arab davlatining Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashi, koronavirusning odam miyasiga salbiy ta’siri, Donald Trampning hokimiyatni topshirish to‘g‘risidagi fikri va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Slovakiya, Litva va Germaniya Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasini tan olmasliklarini e’lon qilgan birinchi Yevropa davlatlari bo‘ldi. Inauguratsiya yakunlangach, Minskda va bir qator shaharlarda darhol norozilik namoyishlari boshlandi.
Pandemiya sababli horijliklar va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun mamlakatda qolish muddati 15 dekabrgacha uzaytirildi. O‘zbekiston elchixonasi RFda noqonuniy yashab kelayotgan fuqarolarni mamlakatda bo‘lib turishlarini qonuniylashtirishga va ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishga chaqirdi.
Deputat Doniyor G‘aniyev Ichki ishlar vazirligi epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari buzilgan taqdirda avtomobillarni vaqtincha ushlab turishga ruxsat berish taklifi ilgari surilgan qonun loyihasini taqdim etganini ma’lum qildi. Parlament a’zosi IIV bu orqali karantin paytida avtomobillarni jarima maydonchalariga joylashtirish noqonuniy ekanligini tan olganini taxmin qildi. YHXBB ma’lumotlariga ko‘ra, karantin qoidalari buzilgani uchun eng kamida 155,8 mingta avtomobil jarima maydonchalariga joylashtirilgan.
Prezident «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunga imzo chekdi. Mazkur qonun bilan 1997 yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida"gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.
Qozog‘istonning to‘rtta hududida parranda grippi tarqalayotgani rasman tasdiqlandi. Infeksiya umumiy suv havzalari orqali tarqalgan bo‘lib, fabrikalarda va shaxsiy tomorqalarda hammasi bo‘lib 54 ming parranda nobud bo‘lgan.
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini pulli ro‘yxatga olishdan, hisob-kitoblarga ko‘ra, 135,5 mlrd so‘m to‘plandi. Jami bo‘lib 47 milliondan ziyod kod ro‘yxatga olingan. AKT vazirligi mobil qurilmalarning rasmiy importi hajmi bir necha barobarga o‘sganini ma’lum qildi.
Qashqadaryo viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Azizov 45 yoshida koronavirusdan vafot etdi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 2,5 mlndan ortiq avtotransport vositalari mavjud, shulardan 93% yengil avtomobillar. Eng ko‘p avtotransport vositalari Toshkent shahriga, eng kami esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Toshkent metrosining 17 ta bekatida bittadan chiqish vestibyullari «ishlab chiqarish ehtiyojlari sababli» vaqtincha yopiladi. Bu qancha vaqtgacha davom etishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha xalqaro protokolga qo‘shildi. Mamlakatda ushbu jazoni qo‘llash 2003 yildan beri to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi kun davomida 590 ta yangi koronavirus holati qayd etilganini ma’lum qildi. Umumiy ko‘rsatkich 53,4 mingdan oshdi.
Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to‘planib qolgan fuqarolarni vatanga olib kelish maqsadida maxsus avtobus qatnovi tashkil etildi. 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Samara viloyatiga yo‘lga chiqdi.
ITSV huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi to‘qimachilik sanoati texnologik uskunalari va butlovchi qismlari, shuningdek, yuk avtomobillari, quyultirilgan sut va boshqalar uchun bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish masalasini muhokama qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting