Qarshining qozonxonalaridan birida gaz portladi. Portlash oqibatida qozonxonaning yengil konstruksiya usulida qoplangan tom qismi qulab tushdi.
Sud tez yordam haydovchisini yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda aybdor deb topdi, biroq u javobgarlikka tortilmadi va ogohlantirish berildi. Avvalroq haydovchilar ularga kelgan jarimalar oyliklaridan ushlab qolinayotganini aytib, videomurojaat yo‘llagandi. IIV esa jarimalar bekor qilinishini bildirgan.
Sergeli tumanidan o‘tgan «Qipchoq» kanaliga Cobalt tushib ketdi. Mashina FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tomonidan Rossiya-Ukraina mojarosining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri o‘rganildi.
Energetika vazirligi anomal sovuq davom etayotgani sababli ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytirilib, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Yozyovon tumanida 10 nafar bolaga hujrada noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs aniqlandi. 8 dona diniy mazmundagi adabiyotlar tekshirib ko‘rish uchun hujjatlashtirib olindi.
Aktobe viloyatida noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo‘lda qolib ketgan avtobuslardan 69 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingandi. Transport vazirligi hozirda barcha yo‘lovchilar sog‘-salomat holda yo‘nalishda o‘z safarini davom ettirayotganini ma’lum qildi.
Kasbi tumanida “Indorama agro” xorijiy kompaniyasi 560 tup har xil turdagi va diametrdagi daraxtni qo‘porib tashlagani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 2,8 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Chiroqchi tumanida maktab direktoridan tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga 400 dollar talab qilgan soxta prokuratura xodimi ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida u aslida hech qayerda ishlamaydigan va sudlangan shaxs ekani ma’lum bo‘ldi.
Tijorat banklari 12 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 260 — 11 330 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 360 so‘m.
Buxoro viloyati hokimligi ota-onalar murojaatiga ko‘ra maktab, oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ochilishini 16-yanvarga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Avvalroq darslar 11-yanvardan boshlab yuborilgandi.
Davlat ayblovchisi Nukus voqealari bo‘yicha asosiy ayblanuvchilar bo‘lgan Dauletmurat Tajimuratovga 18 yil, Lolagul Kallixanovaga esa 11 yil qamoq jazosini berishni so‘radi. Ish bo‘yicha boshqa sudlanuvchilarga kamroq muddat, faqat ikki gumondorga — uy qamog‘i jazosi so‘raldi.
AQShda uchuvchilarga ma’lumot tarqatuvchi NOTAM tizimidagi nosozlik tufayli barcha ichki reyslarga taqiq joriy etildi. 6000 dan ortiq reyslar kechiktirildi, 1000 ga yaqin reyslar bekor qilindi. Hozirda taqiq olib tashlangan.
Qayerda qachon o‘qish boshlanishi ro‘yxati, maktablar ochilishiga munosabatlar va bo‘sh sinfxonalar, ko‘chalarda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan FVV, bekor qilingan aviareyslar, noqonuniy faoliyat yuritayotgan 2 ta «zapravka», Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
2022 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 5,7 foizni tashkil etdi. JBning 2023 yil uchun mamlakat prognozi o‘zgarishsiz qoldi — 4,9 foiz. Markaziy Osiyo uchun savdo yo‘llarining o‘zgarishi Ukrainadagi urushning salbiy oqibatlarini qisman yumshatishi mumkin, deb hisoblaydi bank.
Anomal sovuq tufayli zavod va boshqarmalarning siquv kompressor stansiyalaridagi gaz haydash agregatlarida avariyali holatda to‘xtashlar kuzatildi, deya xabar qildi «O‘zbekneftgaz». Mutaxassislar gaz qazib olishning qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rmoqda.
Prezident O‘zbekistonda jami 6 mlrd dollarlik mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Biroq uning bajarilish muddati belgilanmagan. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev so‘nggi yillarda o‘zini oqlamagan mahalliylashtirish siyosatini tanqib qilib, uni saratonga o‘xshatdi.
Aktobe viloyatida noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo‘lda qolib ketgan ikkita yo‘lovchi avtobusidan 69 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi. Ular umumta’lim maktabi va masjidga vaqtincha joylashtirildi.
Rasmiylar aholiga muzlar erib tushishi va daraxt shoxlarining qulashidan ehtiyot bo‘lishni, hushyorlik uchun ko‘chada quloqchin taqib yurmaslikni, aholi turar joylariga kirishda transport vositalarining tezligini kamaytirishni tavsiya qildi.
O‘zbekistonda xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalar huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmaganlarning nomusiga tegish, zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni qondirish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Xususan, ularga nisbatan amnistiya qo‘llanmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting