IIV aholi punktlarida avtomobillar audiotizimlaridan ovozni baland qilib foydalanishni taqiqlash hamda avtomobillarga ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatganlik uchun jarima miqdorini oshirishni taklif qilmoqda.
Kelgusi kunlarda Volga mintaqasidagi sovuq havoning Markaziy Osiyo tomon yo‘nalishi sabab havoning biroz sovishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Jahon bankining 2020 yil uchun e’lon qilingan inson kapitali indeksida ilk bor O‘zbekiston ham qatnashib, 62 foizlik natija bilan MDH davlatlari orasida Belarus (70 foiz), Rossiya (68 foiz) va Qozog‘istondan (63 foiz) keyingi o‘rinni egalladi.
Dunyo mamlakatlari bo‘ylab koronavirus infeksiyasi ro‘yxatga olingan bemorlar soni 30 million kishidan oshdi. Eng ko‘p bemorlar AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.
Komiljon Karimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga, Baxrom Mirkasimov esa Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga rektor etib tayinlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 17 sentyabr kuni O‘zbekistonda 599 ta yangi koronavirus holati qayd etilgani, vafot etgan 6 kishidan birining yosh bola ekanini ma’lum qildi.
Bahodir Turobov Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari, bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Saidlaziz Saidkarimov esa rais o‘rinbosari etib tayinlandi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan PZR test tekshiruvi natijasi manfiy bo‘lgan turistlar 14 kunlik karantinga olinmaydigan bo‘ldi.
1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda havo, temir yo‘l va avtomobil transporti orqali mamlakatga kirish va chiqishda cheklovlarni bekor qilmoqda.
Urganchda xalqaro Binary (Malayziya) universiteti filiali tashkil etildi. Filialda tadbirkorlik va boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi.
Turkmanistonda ishlab chiqarilgan ECO-93 import benzini ilk bor O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi savdolariga qo‘yila boshlandi. Boshlang‘ich narxi 100 kg uchun 600 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Jahon iqtisodiyotining tiklanish muddatlari, Bill Geytsning koronavirusga qarshi vaksina haqidagi izohi, «Yandeks.Dengi»dan rebrending va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Pandemiya davrida «qizil», «sariq» hudud mamlakatlaridan kirib kelgan yo‘lovchilar COVID-19 aniqlanmagani haqidagi test natijasini ko‘rsatishi va 14 kunlik majburiy uy karantiniga joylashishi shart qilib qo‘yildi. «Yashil» hudud mamlakatlaridan kelgan yo‘lovchilarga nisbatan karantin tartiblari qo‘llanilmaydi (kasallik alomatlari kuzatilgan yo‘lovchilar bundan mustasno).
Jizzax viloyatida 9-sinf o‘quvchisining dars vaqtida to‘satdan vafot etgani bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, qizning o‘limiga o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.
Senator Baxtiyor Sayfullayev to‘y o‘tkazishda karantin qoidalarini buzgan artistlar faqatgina jarima bilan qutulib ketmasliklari kerak, deb hisoblaydi. Madaniyat vazirligiga senator so‘rovi yuborildi.
O‘zbekistonda avgust oyida 7301 dona, yil davomida esa 52202 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 144,9 foizlik o‘sish qayd etildi.
Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksiga fuqaroning o‘z tasviriga bo‘lgan huquqini himoya qilishga qaratilgan alohida modda kiritilishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, har qanday fuqaroning foto yoki video tasviridan foydalanish uchun uning roziligi kerak bo‘ladi. Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A’zam Madaminov fuqaro tasviridan foydalanishga rozilik olish talab etilmaydigan istisno holatlar bo‘yicha izoh berdi.
Tashkent City`da to‘y qilgan estrada xonandasi Voxidjon Isoqov MJTKning 54-moddasiga binoan BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Ushbu miqdor moddaning 1-qismi bo‘yicha, ya’ni jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgani uchun tayinlanadi. Pandemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzgani uchun 619 mingdan ortiq fuqaro javobgarlikka tortildi.
«Kelgusida Afg‘oniston tomonidan O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarga xavf, tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — deya ma’lum qildi «Tolibon» harakatining Doxadagi siyosiy idorasi rahbari Mulla Abdul G‘ani Baradar. Afg‘onlararo muzokaralarning navbatdagi raundlaridan birini Samarqandda o‘tkazish taklif qilindi.
17 sentyabr kuni ertalab Toshkentning Mirobod va Chilonzor tumanlaridagi ikkita kafeda deyarli bir vaqtda yong‘in chiqdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting