AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 7 so‘mga qimmatlab, jami 10 270 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari arzonlashdi.
Toshkent, Samarqand va Qarshida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, parlament va hukumat vakillari poytaxtdagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Respublika OTMlarining magistratura bosqichiga kirish imtihonlari 8−20 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Imtihonlar test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinadi.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Xodjayev 44 yoshida koronavirusdan vafot etdi.
O‘zbekistonda 134 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda COVID-19 dan tuzalganlar ulushi 93 foizni va davolanayotganlar soni 2380 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda kun davomida 343 ta koronavirus holati aniqlandi.
O‘zbekistonlik harbiylar Xalqaro armiya o‘yinlarining ikki yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Rossiya ikkinchi, Belarus harbiylari esa uchinchi o‘rinni egalladi.
5 sentyabrdan boshlab umumiy ovqatlanish obyektlari, teatr va kinoteatrlar, parklar, istirohat bog‘lari hamda yo‘nalishli taksilar faoliyatiga ruxsat beriladi.
Xorijiy malakatlar bilan muzokaralar o‘tkazilgan holda barcha turdagi xalqaro qatnovlar bosqichma-bosqich tiklanadi. Shuningdek, qo‘shni davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan va respublikaga vaqtinchalik olib kirilgan avtotransport vositalarini respublika hududidan olib chiqishga ruxsat berildi.
1 sentyabrdan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlari ochiladi. Oxirgi 14 kun Qirg‘izistonda bo‘lib turgan yoki so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirus testi (PZR) manfiy chiqqanlar karantinga olinmaydi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, 5 sentyabrdan boshlab diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bunda ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lish va boshqa sanitariya qoidalariga rioya etish talab etiladi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni kun davomida 365 taga ko‘payib, 41893 taga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan o‘lim holatlari soni esa 320 (+5) nafarga yetdi.
31 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbari mamlakat mustaqilligining 29 yillik bayrami munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Qashqadaryo viloyatida «Avtomobilsiz 1 kun» loyihasi doirasida viloyat sektor rahbarlari, tuman va shahar hokimlari velopoyga uyushtirishdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va Kitob tumani hokimi Alisher Zokirovlar g‘olib bo‘lishdi.
Shavkat Mirziyoyev «Shahidlar xotirasi» xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini yodga oldi. Prezident koronavirus sababli o‘z yaqinlaridan ayrilganlarga ham o‘z hamdardligini bildirdi.
Farg‘ona viloyati prokuraturasi vakili bloger Haydarjon Boboxaydarovning boshiga qop kiydirib, So‘xdan Farg‘onaga olib kelinganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Advokat uni hibsda gumon qilinuvchi sifatida ushlab turish uchun faktlar yetarli emasligini aytdi.
O‘zbekistonda 123 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda COVID-19 dan tuzalganlar ulushi 93 foizni va davolanayotganlar soni 2515 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Taniqli teatr va kino aktyori, O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori Fatxulla Ma’sudov 57 yoshida vafot etdi. U koronavirusga chalingan edi.
Ilon Mask Neuralink neyrointerfeysining Link simsiz chipini taqdim etdi. Tanga shaklidagi miya faoliyatini o‘qiy oladigan uskuna hayvonlarda sinab ko‘rilmoqda.
Bosh prokuratura Xaydarjon Boboxaydarov (bloger Dadaxon Haydarov) So‘x tumanida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar holati yuzasida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganini ma’lum qildi. Uning oilasi 22 avgustdan buyon uning qayerdaligini bilmasligini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting