Qamchiqdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
26 avgust 2020, 12:15

Qamchiqdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, temir to‘siq bilan to‘qnashuv sodir etdi. Kelib chiqqan yong‘inda ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Ilk bor o‘zbekistonlik tadbirkor Forbes Tech kengashiga a’zo bo‘ldi
26 avgust 2020, 11:31

Ilk bor o‘zbekistonlik tadbirkor Forbes Tech kengashiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekistonlik tadbirkor Bobir Akilxanov Forbes jurnalining texnologiya bo‘yicha kengashi (FTC) tarkibiga kirdi. Tadbirkor ushbu kengashga a’zo bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘lib, bu unga taniqli jurnalda texnologiya bo‘yicha maqolalar joylashtirish imkoniyatini beradi.

«Maktablarda qat’iy forma talab qilinmaydi» — Sherzod Shermatov
26 avgust 2020, 10:35 1

«Maktablarda qat’iy forma talab qilinmaydi» — Sherzod Shermatov

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktablarda qat’iy forma talab qilinmasligini, lekin ma’lum tartiblarga rioya qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Koronavirus holatlari 39,8 mingga yaqinlashdi
26 avgust 2020, 10:08

Koronavirus holatlari 39,8 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 126 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3518 kishini tashkil etib, ularning 294 nafari og‘ir ahvolda, 110 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

MGIMO rektori «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
26 avgust 2020, 09:41

MGIMO rektori «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) rektori Anatoliy Torkunovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.

Baxtiyor Rahmonqulov Yashnobod tumani hokimi etib tayinlandi
25 avgust 2020, 23:54

Baxtiyor Rahmonqulov Yashnobod tumani hokimi etib tayinlandi

Toshkent hokimi o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Baxtiyor Rahmonqulov Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Kun davomida 316 ta koronavirus holati aniqlandi
25 avgust 2020, 23:44

Kun davomida 316 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida so‘nggi vaqtlardagi eng kam — 316 ta koronavirus holati aniqlandi (umumiy — 39 664 ta).

Toshkentning Bektemir tumaniga hokim tayinlandi
25 avgust 2020, 23:28

Toshkentning Bektemir tumaniga hokim tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Jahongir Ibrohimov Toshkentning Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi.

Maktablarda qanday sanitariya qoidalarini joriy etish taklif qinmoqda?
25 avgust 2020, 20:59

Maktablarda qanday sanitariya qoidalarini joriy etish taklif qinmoqda?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari pandemiya munosabati bilan maktablarda o‘quv jarayoni qanday tashkil etilishi mumkinligini so‘zlab berdi. Dars davomiyligini qisqartirish, ta’limni 2−3 smenali tashkil etish, qo‘llarni yuvish uchun sharoitlar yaratish va uch nafardan ortiq o‘quvchida koronavirus aniqlangan sinflarni onlaynga o‘tkazish taklif qilinmoqda.

Elbek Shukurov poytaxtning Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi
25 avgust 2020, 20:55

Elbek Shukurov poytaxtning Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi

Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Elbek Shukurov Toshkentning Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi.

Zominda bemorning qarindoshlari tez yordam feldsherini kaltakladi
25 avgust 2020, 18:41

Zominda bemorning qarindoshlari tez yordam feldsherini kaltakladi

Jizzax viloyatida vafot etgan bemorning qarindoshlari chaqiriq bo‘yicha yetib kelgan tez yordam feldsherini kaltaklab, unga tan jarohati yetkazdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashuvida ikki kishi vafot etdi
25 avgust 2020, 18:09

Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashuvida ikki kishi vafot etdi

Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashuvi yuz berdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi.

O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova hayotdan ko‘z yumdi
25 avgust 2020, 17:03

O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova hayotdan ko‘z yumdi

«Kelinlar qo‘zg‘aloni», «Chimildiq» va ko‘plab kino hamda teatr rollari bilan mashhur bo‘lgan O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Ma’lum qilinishicha, aktrisa COVID-19 infeksiyasidan davolanayotgan bo‘lgan.

Nukusda Damas poyezd vagoni bilan to‘qnashdi
25 avgust 2020, 15:20

Nukusda Damas poyezd vagoni bilan to‘qnashdi

Nukusda 6 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Damas temir yo‘l kesishmasida teplovoz tortib kelayotgan poyezd vagoni bilan to‘qnashdi. Haydovchi va 3 yo‘lovchi jarohatlandi, qurbonlar yo‘q.

Toshkentda 8 yoshli qiz elektr toki urishidan vafot etdi
25 avgust 2020, 15:00

Toshkentda 8 yoshli qiz elektr toki urishidan vafot etdi

Toshkentning Shayxontohur tumanida elektr kabeli ilingan issiq suv quvurini ushlagan 8 yoshli qiz tok urishidan vafot etdi. Prokuratura tuman elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Yunusobodda mast haydovchi urib yuborgan bola shifoxonada olamdan o‘tdi
25 avgust 2020, 14:15

Yunusobodda mast haydovchi urib yuborgan bola shifoxonada olamdan o‘tdi

Toshkentning Yunusobod tumanida mashina urib yuborgan ikki yoshli bola shifoxonada olamdan o‘tdi. Ayblanuvchi — mashinani mast holda boshqargan haydovchi — hodisa kuni qo‘lga olingan. Unga nisbatan ehtiyot chorasini sud belgilaydi.

Gonkongda koronavirus bilan qaytadan kasallanish holati aniqlandi
25 avgust 2020, 13:42

Gonkongda koronavirus bilan qaytadan kasallanish holati aniqlandi

Gonkong universiteti olimlari koronavirus bilan qayta kasallanish holatini tasdiqlashdi. Koronavirusdan davolanib chiqqan yigitga bir necha oydan keyin yana COVID-19 tashxisi qo‘yilgan.

FVV aholini sel kelishi xavfidan ogohlantirdi
25 avgust 2020, 13:29

FVV aholini sel kelishi xavfidan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 26−27- avgust kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirdi.

Surxondaryoda propan gaz ballonlari ortilgan «Jiguli» portlab ketdi
25 avgust 2020, 13:09

Surxondaryoda propan gaz ballonlari ortilgan «Jiguli» portlab ketdi

Surxondaryoda 6 dona propan gaz balloni ortilgan «Vaz-2107» haydovchisi mashina salonida sigaret chekish uchun olov yoqishi bilan chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga keldi. 9 yoshli bola kuyish jarohatlari sababli olamdan o‘tdi.

TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
25 avgust 2020, 13:05

TikTok AQSH hukumatini sudga berdi

TikTok ijtimoy tarmog‘iga egalik qiluvchi Xitoy ByteDance kompaniyasi AQSH hukumati ustidan sudga shikoyat qildi. Kompaniya AQSHdagi foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumoti va xavfsizligini ta’minlash uchun choralar ko‘rganini, lekin hukumat bu ishlarni e’tiborsiz qoldirayotganini aytmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting