Ichki ishlar vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda «Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimi a’zolari faoliyatini to‘xtatish uchun maxsus operatsiya o‘tkazilgani haqida xabar berdi.
UzAuto ichki bozorda qimmatbaho avtomobillar segmentini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya O‘zbekistonga qimmatbaho avtomobil yetkazib berishni yuzlab martaga ko‘paytirgan BMW va Toyota ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlashmoqchi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida Eron jamoasi bilan o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.
Jizzax viloyatida to‘rt kishidan iborat oila o‘z uyida uglerod oksidi bilan zaharlanish ehtimoli bilan vafot etdi. Vafot etganlarning ikki nafari — bolalar.
2020 yil 1 martdan boshlab respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi.
10−14-yanvar kunlari Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydonida Vatan himoyachilari kuni sharafiga harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkaziladi. Dasturdan konsertlar, harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi o‘rin olgan.
Adliya vazirligi qabristonlarda go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish tariflarini belgilash to‘g‘risidagi Toshkent hokimi qarori yuzasidan izoh berdi.
Toshkent IIBBda xizmat intizomi va qonun ustuvorligini buzganligi uchun 15 nafar xodim lavozimi pasaytirildi yoki ishdan bo‘shatildi, bir qator xodimlarga xayfsan berildi. Shu bilan birga, 7 nafar xodim yaxshi xizmat ko‘rsatganliklari uchun taqdirlandi.
Ukraina prezidenti Tehronda ukrain samolyotining halokati munosabati bilan mamlakatda motam e’lon qildi. Samolyot bortidagi 176 kishining barchasi vafot etgan.
Sud Andijon hokimiyati matbuot kotibi Gulshanoy Qo‘chqorovani jurnalist Xurshid Daliyevga qarshi tuhmat va haqoratda aybdor deb topdi va unga jarima jazosi tayinladi.
O‘zbekiston prezidenti Tehron yaqinida ukrain yo‘lovchi samolyoti qulashi munosabati bilan Ukraina va Eron rahbarlariga hamdardlik bildirdi.
IIVda yangi vazir o‘rinborsari, JIEBB rahbari, shuningdek, Qorovul qo‘shinlari hamda Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondonlari tayinlandi.
Toshkentda Gulnora Karimova va boshqalarga qarshi navbatdagi jinoyat ish bo‘yicha sud majlisi boshlandi.
NKMK yetti yil ichida yapon kompaniyalariga 1 milliard dollardan ziyodroq qiymatda uran yetkazib beradi.
Mehriddin Abdullayev «O‘zbekneftgaz» boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bungacha u Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
167 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Ukraina samolyoti parvozdan ko‘p o‘tmay Tehron aeroporti yaqinida halokatga uchradi. Barcha yo‘lovchilar vafot etgani aytilmoqda.
Amirsoy tog‘-chang‘i kurortida yosh chang‘ichi jonsiz holda topildi. Jasad chang‘i yo‘lidan tashqarida topilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasidagi muammo va kamchiliklarni keskin tanqid qildi. U bu sohada davlat nazoratini butunlay yangicha asosda tashkil etish va mehnat muhofazasini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi va prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tergovda qalin kiyimlarda bir yotoqda ikkitadan bo‘lib uxlayotgan bolalarning suratlari sahnalashtirilgani aniqlandi.
Chegara qo‘shinlari Qirg‘iziston bilan chegarada sodir bo‘lgan voqea yuzasidan izoh berdi: qo‘shni davlatdan kelgan cho‘ponlar O‘zbekiston hududida qoramol boqishgan, harbiylar ularni ortga qaytarib yuborgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting