Koronavirus bemorlari soni 76 nafarga ortib, jami 8298 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 23 nafari Toshkent viloyatida va 9 nafari Toshkent shahrida aniqlandi. Shundan 8 nafari aholi orasida qayd etildi.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni kun davomida 274 taga oshdi va jami 8222 taga yetdi. Toshkent shahri, Buxoro va Jizzax viloyatlarida 30 ta holatda infeksiya aholi orasida qayd etildi.
Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan 72 yoshli bemor vafot etdi. Bu kun davomidagi ikkinchi o‘lim holati bo‘lib, jami olamdan o‘tganlar 24 nafarga yetdi.
Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihasiga 1 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Xususan, poytaxtda 656 km piyodalar va velosiped yo‘llarini qurish, Ishbilarmonlik markazlari va biznes-inkubatorlari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun alohida organ tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisob beradi.
Seshanba kuni tog‘ va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Hafta o‘rtasida ko‘tarilgan harorat dam olish kunlariga borib bir oz pastlaydi.
Buxorolik koronavirus infeksiyasiga chalingan 58 yoshli ayol o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda ushbu infeksiya asoratlaridan vafot etganlar soni 23 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda yana 168 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 8199 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining 151 tasi karantin markazida qayd etildi. Jizzax viloyatida ham COVID-19 holatlari soni oshdi.
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va gumanitar hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni berildi.
Toshkent shahri bo‘yicha 333 ta “yashil”, 87 ta “sariq” va 99 ta “qizil” mahalla, mavze va daha hududlari bo‘ylab karantin va profilaktik tadbirlar belgilangan.
Dunyodagi bir qator yirik kompaniyalar Facebook ijtimoiy tarmog‘iga qarshi uyushtirgan boykotdan so‘ng kompaniya aksiyalari 8,3 foizga tushib ketdi. Mark Sukerberg esa 7,2 mlrd dollar yo‘qotdi.
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida Matiz va VAZ-2101 rusumli avtomobillar to‘qnashishi oqibatida ikki kishi, shu qatorida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Buxoro viloyatda aholi orasida koronavirus infeksiyasi ko‘payib borayotgani sababli Buxoroda 1 iyuldan noma’lum muddatga qadar jamoat transportlari soni va harakatlanish vaqti vaqtincha cheklanadi hamda buyum bozorlari faoliyati to‘xtatiladi.
Markaziy bank 2020 yilning birinchi yarim yilligida «Agrobank» va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilish holatlarini aniqladi. Shu sababli ushbu banklarga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Endilikda xorij fuqarolari Rossiyada patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishga ariza berishda COVID-19 uchun tekshiruvdan o‘tishlari shart qilib qo‘yildi.
Dollarning rasmiy kursi deyarli 1 so‘mga qimmatlab, jami 10 173 so‘m etib belgilandi.
Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent «sariq» hududda qoldi.
Koronavirus bemorlari soni 83 nafarga ortib, jami 8031 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 47 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent shahrida va 4 nafari Jizzax viloyatida aniqlandi. Shundan 18 nafari aholi orasida qayd etildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ohangaronda ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi do‘konda kelib chiqqan yong‘in bartaraf etilganini ma’lum qildi. Kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.
Toshkentda koronavirusga chalingan shifokor miokard infarktidan vafot etdi. U Yuqorichirchiq karantin markazida faoliyat ko‘rsatayotgan edi. Bu mamlakatda COVID-19 ga chalingan tibbiyot xodimlari orasidagi birinchi o‘lim holatidir.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting