O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan holatlar soni 2298 taga yetdi. Kun davomida 65 ta yangi holat qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Rossiya, Turkiya, BAA va boshqa davlatlarda qiyin vaziyatda qolib ketgan 11 ming fuqaroni qaytarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Prezident Surxondaryoda 55 mingta, Andijonda 41 mingta, Navoiy viloyatida 14 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish lozimligini ta’kidladi. Buning uchun qo‘shimcha turtki berilishi kerak bo‘lgan uchta yo‘nalish ko‘rsatib o‘tildi.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali suhbatda yaqinlashib kelayotgan bayram — fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan bir-birlarini tabriklab, ikki mamlakat faxriylari va xalqlariga sog‘lik-omonlik tiladilar.
Germaniya may oyining ikkinchi yarmidan futbol bo‘yicha chempionatni qayta tiklaydi. Angliya va italyan jamoalari ham o‘z turnirlarini yakunlab olishni xohlashmoqda, biroq hukumatlar qarorlarini kutishga majbur. Fransuz chempionati aprel oyida “Pari Sen-Jermen"ning muddatidan oldingi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bugun 79 nafar koronavirus bemori tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 1656 nafarga yetdi.
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda respublika komissiyasiga hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash bo‘yicha topshiriq berildi. “Ertaga „yashil“ viloyatdagi biror bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirish shart emas”, — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.
May oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari kechikdi. Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki bunga elektron axborot tizimida yuqori darajada yuklama paydo bo‘lganligi, hamda may oyining dastlabki kunlari dam olish kunlariga to‘g‘ri kelganligini sabab qilib ko‘rsatishgan.
Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori tayinlandi. Mazkur agentlik “Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Donald Tramp uning Eronga qarshi harbiy vakolatlarini cheklaydigan AQSH Kongressi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi. Mazkur rezolyutsiya “qonunlarni noto‘g‘ri talqin qilishga asoslangan, haqoratli va AQSH o‘zining ittifoqchilari va sheriklarini himoya qilish vakolatlariga katta zarar yetkazgan bo‘lar edi”, dedi Oq uy rahbari.
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida Matiz yo‘ldan chiqib ketib, kanalga quladi. Haydovchi va ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi.
Toshkent shahrida 32 nafar va Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus bemorlari tuzaldi. Jami mamlakat bo‘ylab virusdan sog‘ayganlar soni 1624 nafarga yetdi.
Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozning to‘qimachilik sanoatiga salbiy ta’sirini yumshatish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralar, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari belgilandi.
O‘zbekistondagi suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida boshpanasidan mahrum bo‘lgan qozog‘istonliklarga 1000 dan ziyodroq uy qurib beriladi. Jabrlanganlarga moddiy tovon ham to‘lanadi.
Koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga respublika bo‘yicha 16 mingga yaqin tibbiyot xodimi jalb qilinib, ularga qariyb 55 mlrd so‘m miqdorida maxsus rag‘batlantirish va qo‘shimcha kunlik to‘lovlar to‘lab berildi.
Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi, tumanlar hamda hududlar kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladi, kartoshkachilik sohasiga oid bir qator yangiliklar va imtiyozlar joriy etiladi. 2023 yil 1 iyulgacha chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.
Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi delegatsiya favqulodda vaziyat yuzasidan O‘zbekiston bilan umumiy harakatlar algoritmini ishlab chiqish maqsadida Sirdaryoga tashrif buyurdi. Ularni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari S.Umurzoqov va viloyat xokimi G‘.Mirzayevlar kutib olishdi. Delegatsiya vertolyot aviatsiyasi yordamida Sirdaryo suv ombori atrofi hududlarini ko‘zdan kechirgan.
Koronavirus bemorlari soni 33 nafarga ortib, jami 2266 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 679 kishi davolanmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir va 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 2233 taga yetdi. Yangi holatlar, sog‘ayganlar va davolanishdagi bemorlar statistikasi — hududlar kesimida.
Respublika maxsus komissiyasi taksi, sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari faoliyatiga qaysi hududlarda ruxsat berilganligi va ularga talablarni e’lon qildi. Yashil hududlarda avtotransportning stikersiz harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting