Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq rahbarlari qator jinoyatlarda aybdor deb topilib, uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.
Inflyatsiyani pasaytirish uchun kursni o‘zgartirmasdan ushlab turish kelajakda bugungidan-da og‘irroq oqibatlarga olib kelishi mumkin — Markaziy bank raisi so‘m almashuv kursi pasayganiga izoh berdi.
Toshkentda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam va gaz tizimi shoshilinch tezkor xizmatlari bo‘yicha yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati (112) tashkil etiladi.
Moskvadan Dushanbega O‘zbekiston orqali qaytayotgan tojikistonliklar Buxoro viloyatida YTHga uchradi. To‘qqiz kishi jarohatlandi.
Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov so‘m kursining keskin tebranishiga barham berish choralari to‘g‘risida ma’lum qildi.
Novosibirskdagi avariyada yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi.
O‘zbekistonda denominatsiya o‘tkazish uchun hech qanday ehtiyoj yo‘q, deya ma’lum qildi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. MB ushbu jarayonni o‘tkazishni rejalashtirayotgani yo‘q.
Tijorat banklari 20 avgustdan boshlab milliy valyutaga xorijiy valyutani sota boshladi. So‘mning AQSH dollariga nisbatan ayirboshlash kursi 9384 so‘m ni tashkil etdi.
Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tegishli hujjatlarsiz dori-darmon vositalarini olib ketayotgan yuk mashinasi to‘xtatildi.
«Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident qarori qabul qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Mo‘ynoq tumani markazida 18×36 o‘lchamdagi zamonaviy sport zali hamda 25×11 o‘lchamdagi suzish havzasi foydalanishga topshirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi farmatsevtika faoliyatini litsenziyalovchi organ bo‘lishi belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yangi OTM — Qo‘qon universiteti tashkil etildi.
Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlariga qo‘shimcha ravishda alohida qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi.
O‘zbekiston umumta’lim maktablarida yangi 2019−2020 o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi.
AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni shaffoflik uchun minimal talablarni bajarmayotgan davlatlar ro‘yxatiga kiritib, vazirlik va davlat kompaniyalari xarajatlari hamda qarzlarini shaffoflashtirishni tavsiya qildi.
Yangibozor tumanida IIB xodimlari tomonidan jinoyatda gumonlanayotgan fuqaroning kaltaklanishi va zo‘rlash bilan qo‘rqitilgani haqidagi xabar yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga qarshi yana bir jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. U fuqarolar va turli kompaniya egalarini zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, ularning mulkini o‘ziga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan.
O‘zbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Hujjatda «bojxona boji», «bojxona deklaratsiyasi» va «tarif bilan tartibga solish choralari» kabi tushunchalarni qo‘llash taklif qilinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting