Afg‘onistondan O‘zbekistonga o‘tgan yili olib o‘tilgan harbiy aviatexnika kelajagiga doir muzokaralar hamon davom etmoqda. Bu haqda AQShning Toshkentdagi yangi elchisi Jonatan Xenik ma’lum qildi. «Bu borada qaror qabul qilinganicha yo‘q», — dedi u.
Prezident qarori bilan 2023 yil 1 yanvarga qadar qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi. «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.
Senator Mahmud Parpiyevga ko‘ra, Davlat dasturining energetika sohasida raqobat muhitini rivojlantirishga doir bandi bajarilmagan, bu esa O‘zbekistondagi gaz va elektr ta’minoti bilan bog‘liq ahvolga ta’sir qilmoqda. Energetika vazirligi muammoni hal etish uchun qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahar Bektemir tuman sudida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini $35 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi. Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi bolasini 15 yillik tanishiga bermoqchi bo‘lgan. U Jinoyat kodeksinin tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Markaziy Osiyodagi hamkorlar, xuddi Yevropa kabi, strategik avtonomlikni istaydi, Yevroittifoq ularning tarixiy yo jug‘rofiy o‘ziga xosliklardan qat’i nazar biror bir xalqaro hamkorga mute bo‘lib qolmaslik istagini hurmat qiladi, dedi YeIning oliy vakili Jozep Borrel Samarqanddagi anjumanda.
DXX fuqaroni AQShga yuborishni va’da qilib, undan 40 ming dollar talab qilgan shaxslarni gumonlanuvchi sifatida qo‘lga oldi.
Qishki ta’til munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga 22 dekabrdan 10 yanvargacha Uzbekistan Airways tomonidan chegirma taqdim etiladi. Buning uchun ulardan talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-karta so‘raladi.
Navoiy shahrida Lacetti ikki nafar piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizildi.
Shanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi, 15−20 m/s gacha shamol bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda, havo harorati kechasi +3…+8, kunduzi +10…+15 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida o‘zini-o‘zi qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydigan xonadon barpo etildi. Unga 15 kVt quvvatga teng quyosh panellari o‘rnatilgan.
Rossiyaning Ukrainaga agressiyasi Markaziy Osiyo uchun global oqibatlar keltirib chiqaradi, chunki xalqaro hamkorlik izdan chiqadi. Yevropa diplomatiyasining rahbari Jozep Borrelning fikricha, hamkorlikning mustahkamlanishigina urush sabab yuzaga kelgan inqiroz oqibatlarini yengib o‘tishga yordam beradi.
Prezident farmoni bilan 2023 yil 1 iyulgacha baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalar (limondan tashqari), margarin va boshqa import tovarlari bojxona bojidan ozod qilinishi belgilandi.
Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lida Volvo yuk avtomobilida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida jarohat olgan fuqarolar yo‘q.
O‘zLiDep partiyasi davlat bayrog‘idan foydalanishga qo‘yiladigan talablarni soddalashtirishni taklif qilmoqda. Undan, xususan, fuqarolarning uyda va ish joyida erkin foydalanishiga ruxsat berilishi mumkin.
Hokim ota Sulaymon Boqirg‘oniy ziyoratgohi hududida XII-XIV asrlarga tegishli madaniy meros obyekti aniqlandi. U Xorazmshohlar va Oltin O‘rda davriga xosligi, ya’ni Sulaymon Boqirg‘oniy yashagan davr va undan keyingi davrlarga to‘g‘ri kelishi taxmin qilinmoqda.
Meksikada taekvondo bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqada o‘zbekistonlik Svetlana Osipova jahon chempioni bo‘ldi. Final bellashuvida u isroillik sportchini mag‘lubiyatga uchratdi.
Samarqandda fransuz haykaltaroshi, YUNESKOning Madaniy diplomatiya bo‘yicha maxsus elchisi Hedva Sirning «Tinchlik daraxti» monumenti ochildi. Marosimda uning o‘zi ham ishtirok etdi. Xuddi shunday yodgorlik yana 20 ga yaqin mamlakatda o‘rnatilgan.
Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 11 208,18 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21−22 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi. Tashrif dasturida Parijda oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, ushbu mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Toshkent hayvonot bog‘ida ko‘p yillardan beri ilk bor panteralar — to‘rt yoshli Bagira va Tayfun paydo bo‘ldi. Hozirda ular uchun maxsus ekspozitsion volerlar loyihalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting