Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2160 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 830 kishi davolanmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir va 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda. Laboratoriyalarda 325 mingta test sinovlari o‘tkazildi.
Toshkent IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tumanlardagi bo‘limlari 4 maydan fuqarolarni qabul qilishni boshlaydi.
Nikita Makarenko suv toshqinidan aziyat chekkan sirdaryoliklar va ofat hududida faoliyat olib borayotgan turli idoralar xodimlari bilan suhbatlashdi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2149 taga yetdi. Kun davomida 31 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi.
1 may kuni to‘g‘on o‘pirilishi ro‘y bergan Sardoba suv ombori yaqinidagi hududdan “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Namanganda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 10 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2136 taga yetdi.
2 aprel kuni O‘zbekistonda jami 27 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi. 59 kishi sog‘ayib, tuzalganlar soni 1271 nafarga yetdi.
Sirdaryo viloyatida bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onini tiklash jarayonini ko‘zdan kechirib, dambani mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Sardoba suv ombori yaqinlarida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Daraxt, tom va balandliklarga chiqib olgan 20 dan ortiq kishi qutqarildi. Jabrlanganlar uchun chodirli lager qurilmoqda.
2010-yilda Islom Karimov farmoni bilan taqiqlangan xususiy notariuslar yana ish boshladi. Birinchi bo‘lib Qo‘qonda xususiy notarius tomonidan pensiya olish uchun ishonchnoma rasmiylashtirildi.
Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev mamlakat senati spikeri Darig‘a Nazarboyevaning vakolatlarini tugatdi. U ushbu lavozimda 2019 yil mart oyidan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida aholi punktlarida suv toshdi, ularning aholisi evakuatsiya qilindi.
Sardoba suv ombori hududi atrofida istiqomat qiluvchi 70 ming aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Suv toshqinlaridan 56 kishi jarohatlangan. Suv ombori devorining qo‘porilgan joyida ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Taksilarga hozircha yo‘lovchi tashishga ruxsat berilgani yo‘q, deya xabar bermoqda IIV YHXBB. Ular hozircha faqat yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanishlari mumkin xolos.
Bir kunda O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 47 taga ko‘payib, 2086 taga yetdi.
Zominda oziq-ovqat do‘koniga chiqqan opa-ukani sel oqizib ketdi. Har ikkisi ham hayotdan ko‘z yumdi.
Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari qoidabuzarliklar bo‘yicha bayonnomalarni elektron tarzda rasmiylashtirishi tartibi joriy etiladi. Buning uchun ular planshetlar bilan ta’minlanadi.
10 aprel kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan homilador ayol 1 may kuni poytaxtdagi 3-son tug‘ruq kompleksida farzandini dunyoga keltirdi.
Aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari, shu jumladan bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi. Shaharlarda 2 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun dastlabki badalning 10 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting