Bojxona qo‘mitasi huzurida «Bojxona-servis» davlat muassasasi tashkil etildi. Tuzilma deklaratsiya xizmatlarini ko‘rsatadi, shuningdek, bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan tovarlarni sotish bilan ham shug‘ullanadi.
O‘zbekiston tumanidagi yashirin sexda qalbaki yog‘ mahsulotlarini qadoqlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelganlar aniqlandi. U yerdan 1,8 tonna iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.
«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov energetikada monopoliya tugamasa, aholini gaz va elektr bilan ta’minlashda sifat o‘zgarmasligini aytdi. «Muammo — boshqaruv va ta’minot tizimining eskirganida» — dedi u. Avvalroq vazir o‘rinbosari uzilishlar sababini yoqilg‘i yetishmasligi bilan izohlagandi.
O‘tgan 9 oy davomida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi qariyb 190 trln so‘mni tashkil etdi. Investitsion faollik Sirdaryo (127,6%), Samarqand (122,5%) va Qoraqalpog‘istonda (118,9%) qayd etilgan bo‘lsa, Buxoro (98,5%), Qashqadaryo (96%) va Toshkent shahrida (97,6%) nisbatan pasayish kuzatildi.
O‘zi va sheriklarining jami 24 mln so‘m miqdoridagi mablag‘larini «moliyaviy jihod» sifatida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali Suriyadagi jangarilarga yuborgan shaxs javobgarlikka tortildi.
Salkam ikki yil Qarshi tumaniga rahbarlik qilgan Maqsuda Mustafoyeva maktabda ish boshladi. Sobiq hokim 16 noyabr kuni Qarshidagi 11-maktabga direktor etib tayinlangan. U hokimligida bir necha mojaroli ishlar ishtirokchisi sifatida ommaga tanilgandi.
12 noyabr kuni Rishton tumanida otasining ahvoli yomonlashgani sabab tez yordamga murojaat qilgan shaxslar bemor shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgani uchun tibbiyot xodimini katlaklagani aytilmoqda. Tuman IIB holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 11 170,65 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni Chimyonda qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi. Ehtiyot choralarini ko‘rish bilan birga «Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.
Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisi 18 noyabr kuni chaqiriladi. Unda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy bitimni ratifikatsiya qilish hamda mahkumlar huquqlari borasidagi qator qonunlar ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, davlat budjeti ijrosi yuzasidan hukumat hisoboti eshitiladi.
16 noyabr kunidan boshlab poytaxtdagi ko‘chalarni yoritish tarmoqlari «vaqtincha elektr energiyasi iste’molini cheklash rejimi»ga o‘tkaziladi.
Prezident O‘zbekistonda kibersport turlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, infratuzilmani rivojlantirish, sportchi va murabbiylarni tayyorlash, turnirlar o‘tkazish, shuningdek, kibersport haqida jamoatchilikda ijobiy fikrni shakllantirish rejalashtirilgan.
Air Arabia kelgusi yilda Abu-Dabi tayanch aeroportidagi loukosterlar sonini 2 baravarga ko‘paytirmoqchi. Shunga muvofiq, kompaniya Samarqand yoki Buxoro shaharlariga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yishi mumkin. Kelgusida esa Abu-Dabi — Toshkent o‘rtasidagi qatnovlar sonini haftasiga 7 martagacha oshirish kutilmoqda.
«Lukoyl» va Saneg bilan tuzilgan shartnoma shartlari gaz tanqisligiga sababchi emas, dedi energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev. U O‘zbekiston gaz va elektr energiyasi eksportini deyarli butunlay to‘xtatgani, yaqin kunlarda uzilishlar bilan bog‘liq muammolar 80 foizga hal bo‘lishini ta’kidladi.
Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi yakunlari bo‘yicha YUNESKOning Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Uning asosiy tamoyillari o‘quv dasturlari sifatini oshirish, inklyuziv ta’lim va favqulodda vaziyatlarda ta’lim olish huquqini kafolatlash kabilardan iborat.
Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi buyrug‘i bilan Gaipov Sunnatilla «Urganch» xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bunga qadar u Amritsarda aviatashuvchi vakil va Dehlida vakil yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.
Toshkent shahar hokimi poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Anvar Umarovga boshqarma «balansida bo‘lgan texniklardan samarali foydalanmagani va ishda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari» uchun hayfsan berdi.
13 noyabr kuni Xorazmda ijarada turgan ikki yigit, oradan ikki kun o‘tib Jizzaxda qariya ayol va uning ikki nabirasi is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining 1-yalpi majlisida qonun ustuvorligi, bank-moliya, xususiylashtirish, tabiiy resurslardan foydalanish, raqamlashtirish va yashil iqtisodiyot sohalariga chel ellik sarmoyadorlar va tadbirkorlarni hamkorlik qilishga chaqirdi.
Yanvar-oktabr oylarida Toshkent viloyatida jami 310 kg giyohvand moddalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Shundan 70,1 kgmi o‘tgan oyda musodara qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting