O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 241 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 227 taga yetdi.
Toshkentda foydalanilgan niqob, qo‘lqop va boshqa koronavirusdan himoya vositalarini tashlash uchun maxsus konteynerlarni o‘rnatish boshlandi. Zararlanish xavfi bo‘lgani uchun tibbiy chiqindilarni maishiy chiqindilar bilan aralashtirmaslik kerak.
Ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish va korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlar, bolalar va majburiy mehnatga barham berilishi, sud tizimidagi islohotlar — BMT Inson huquqlari qo‘mitasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ushbu islohotlarga ijobiy baho berib, o‘z tavsiyalarini taqdim etdi.
O‘zbekistonda yana 120 mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlanadi. Shuningdek, karantin davrida uy sharoitida rivojlantirish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yanada qo‘llab-quvvatlanadi.
Turizm sohasidagi tadbirkorlar yer-mulk soliqlaridan ozod etiladi, YATTlarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatiladi, 2 trillion so‘mlik kredit majburiyati muddati uzaytiriladi — koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha prezident farmoni.
Prezidentning yangi farmoniga binoan, bolali oilalarga to‘lash muddati tugayotgan nafaqalar ariza va boshqa hujjatlar talab qilinmagan holda 6 oyga uzaytirildi. Shuningdek, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartiblari soddalashtiriladi.
31 dekabrga qadar O‘zbekistonga qator tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘ining nol stavkalari belgilandi. Unga ko‘ra, baliq, un, shakar, paxta va kungaboqar yog‘i, ba’zi sabzavotlar, ayrim gigena vositalari va tibbiyot jihozlari uchun ushbu turdagi to‘lovlar vaqtincha bekor qilinadi.
Karantin sababli O‘zbekistondagi bir qator tijorat banklari o‘z mijozlari uchun kredit to‘lov ta’tillari va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim qila boshladi. Hozirda bunday banklar soni 15 taga yetdi.
Kurerlik bilan shug‘ullanuvchi bir qancha kompaniya va umumiy ovqatlanish korxonalari avtomobillar uchun stiker ololmayotganidan shikoyat qildi. Davlat xizmatlari agentligi esa hujjat topshiruvchilarning xatolari, ijtimoiy tarmoqlardagi bosimlar haqida ma’lum qildi.
Grammatika qoidalariga rioya qilib gapirishning afzalliklari va «Bardosh ber» nomli qo‘shiqning jonli ijrosi — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishlari.
OTB prognoziga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi oqibatida hamda tabiiy gaz va misga bo‘lgan narxlarning pasayishi tufayli 2020 yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi sekinlashadi. YAIM o‘sishi 4,7 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Yaponiyadagi vatandoshlar O‘zbekistonga gumanitar yordam sifatida 13 ta ko‘p funksiyali maxsus tibbiyot karavotlarini jo‘natdi.
O‘zbekiston va AQSH «Jekson-Venik» tuzatishini bekor qilish masalalarini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, JSTga a’zo bo‘lishda rivojlanayotgan iqtisodiyot maqomini olish ham rejalashtirilmoqda.
NATOga a’zo davlatlar Shimoliy Makedoniyani harbiy ittifoqning o‘ttizinchi a’zosi sifatida qutlab olishdi. Mamlakat o‘z nomini o‘zgartirgandan keyin bu imkoniyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 22286 ta holat aniqlandi. Bir kun davomida eng ko‘p qoidabuzarlik Qashqadaryo viloyati (+390), Toshkent shahri (+344) va Farg‘ona viloyatida (+250) qayd etildi.
Jahon banki Afg‘onistonga COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 100,4 million dollarlik grantni ma’qulladi. Bundan tashqari, Tojikiston va Qirg‘izistonga mos ravishda 11,3 va 12,15 million dollar ajratiladi.
Aprel oyida ob-havoning beqaror bo‘lishi kutilmoqda: quruq va iliq davr yomg‘irli kunlar bilan o‘rin almashadi. Kunduzgi harorat 25−30 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 16 kishi oshib, 221 nafarni tashkil etmoqda. 17 nafar bemorda pnevmoniya belgilari kuzatilgan, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafari nisbatan og‘ir.
O‘zbekistonda elektr energiyasining narxi oshirilishi yaqin orada kutilmayapti. Energetika vazirligi davlat-xususiy sherikligi bo‘yicha loyihalarning elektr energiya qiymatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting