30 martdan boshlab Buxoro neftni qayta ishlash zavodida O‘zbekistonda ilk bora «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
3 apreldan boshlab, «O‘zbekneftgaz» yoqilg‘i quyish shoxobchalarida dizel yonilg‘isi narxi 300 so‘mga arzonlashadi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodida «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqariladi.
Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram-kanalida o‘tkazgan reklama aksiyasidan tushgan 30 mln so‘mni «Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasiga o‘tkazib berdi.
O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari uchun yakuniy imtihonlar va bakalavriatga kirish sinovlari birlashtirilishi mumkin. Yagona test sinovlarida qoniqarli natija ko‘rsatgan bitiruvchilar qo‘shimcha test sinovlarisiz OTMlarga kirish tanlovida qatnashadi.
O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 19 843 ta holat aniqlandi.
Gruzin-turk chegarasida ushlanib qolgan o‘zbek fura haydovchilariga O‘zbekistondan chiqqan kunlaridan boshlab 14 kun o‘tganidan keyin Turkiyaga kirishga ruxsat berildi.
Hindistonning Cadila Pharmaceuticals kompaniyasi «Andijon-farm» EIZ hududida farmatsevtika korxonasi tashkil etishga 50 mln dollar sarmoya kiritadi.
Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz»da ish boshlagan xayriya tadbirlarini muvofiqlashtirish markazi 2 aprel kuni poytaxtdagi 350 ta xonadonga 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatadi. Ularni yetkazish uchun har bir tumanga 2 tadan — jami 22 ta «Damas» avtomashinasi ajratilgan.
O‘zbekistonda yana 3 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi va bemorlar soni jami 190 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 6 taga oshib, 187 nafarni tashkil etmoqda. Virusologiya institutida davolanayotgan 90 nafar bemorning 23 tasida pnevmoniya alomatlari bor. 5 nafar bemorning ahvoli og‘ir, ulardan 2 nafarining ahvoli esa barqaror og‘ir deya baholanmoqda.
O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashishda yordamlashish uchun insonparvarlik yordami yubordi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar soni 8 nafarga oshib, jami 181 kishiga yetdi.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga un, oziq-ovqat mahsulotlari va infeksiyadan himoya vositalaridan iborat insonparvarlik yordami jo‘natdi.
Tibbiyot xodimlari «Chotqol» sanatoriyasida karantindan chiqarilgan 212 fuqaroni raqs tushgan holda kuzatib qo‘yishdi. Video.
1 apreldan yakka tartibda xayriya tadbirlarini o‘tkazish vaqtincha taqiqlandi. Ehtiyojmand oilalarga xayriya yordamlari markazlashtirilgan holda yetkaziladi. Ushbu ishga NNT va ko‘ngillilar (volontyor) qo‘shilishga chaqirildi.
O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab «o‘zini yakkalash» (samoizolyatsiya) hayot tarzi joriy etiladi. Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi. 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi.
Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar qoniqarsiz tashkillashtirilganligi uchun bosh vazirning o‘rinbosari Oltinoy Omurbekova va Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev o‘z lavozimlaridan ozod etildi.
Virusologiya institutida davolanayotgan 4 nafar koronavirus bemori butunlay sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 12 kishiga yetdi.
Samarqand viloyati Payariq tuman hokimi D. Musinov koronavirus infeksiyasi qayd etilgan paytda Turkiyada xizmat safarida bo‘lgani uchun karantinga olingan. Uning sog‘lig‘ida hech qanday salbiy o‘zgarishlar yo‘q va karantin davri tugagandan so‘ng ish faoliyatini davom ettiradi.
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tufayli byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 mlrd dollargacha miqdorda mablag‘ ajratishni so‘radi. OTB prezidenti O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqovga videokonferensiya orqali ushbu jarayonni tezlashtirishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting