Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida erkak o‘zaro janjal sabab turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirdi. Oqibatda ikki nafar voyaga yetmagan bola yetim qoldi.
Prezident qarori bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, ammo g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihaga qo‘shimcha 335 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Muborak tumanida o‘zaro to‘qnashgan Lacetti avtomashinalardan biri yonib ketdi. Hodisa oqibatida ikki nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi. YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Poytaxtning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasida Toshkent xalqaro aeroportini shahar tashqarisiga ko‘chirish nazarda tutilmagan. «ToshkentboshplanLITI» instituti ma’lumotlariga ko‘ra, buni amalga oshirishning hozircha imkoni yo‘q. obyektni ko‘chirish variantlarini keyingi avlod shaharsozlari ko‘rib chiqadi.
Qashqadaryodagi ayrim maktablarda 2023−2024 o‘quv yilidan boshlab Finlyandiya ta’lim tizimi joriy etiladi. Prezident buning uchun bir oy muddatda 48 ta maktabni tanlab olish bo‘yicha topshiriq berdi.
Toshkentda «sumkamda bomba bor» deb hazillashgan qizning 5 sutkaga qamalishi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar metroga kirishdagi tekshiruvlarning samarasiz va hatto mantiqsizligini ta’kidlamoqda.
AQSh o‘zining Xalqaro taraqqiyot agentligi orqali 226 nafar qishloq ayoliga issiqxona, sutni qayta ishlash, parrandachilik, gilamdo‘zlik, tikuvchilik, kashtachilik, qandolatchilik kabi yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun uskunalar tarqatishni boshladi.
Prezidentning 2022−2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, joriy yilda jami 5284 ta mahalla uchun 2 trln 700 mlrd so‘m ajratiladi. Yil yakuniga qadar o‘zlashtirilmagan mablag‘lar keyingi yildagi qurilish-ta'mirlash ishlari uchun yo‘naltiriladi.
Avgustda Surxondaryodagi «Hazarbog‘» kanalidan 27 yoshli shaxsning jasadi topildi. Sud-tibbiy ekspertiza uning o‘limiga burun va og‘iz bo‘shlig‘ining suv bilan berkitilishidan vujudga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganini aytdi. Bunda jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilindi.
Qonunchilik palatasi majlisida Hisob palatasi raisi o‘rinbosari O‘tkir Jumanov nobudjet jamg‘armalar faoliyati ham «topshiriq bo‘lsa, tekshirilishini» ta’kidladi. Akmal Saidov esa Hisob palatasining «qonundan tashqari hech narsaga burnini tiqishga haqqi yo‘q»ligini aytib, unga tanbeh berdi.
Shaxmat bo‘yicha «World Fischer Random Chess Championship» jahon chempionatida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov rossiyalik Yan Nepomnyashiy va amerikalik Uesli Soni mag‘lub etdi. Uning keyingi raqibi islandiyalik Steyn Gretarsson bo‘ladi.
XXI asr boshlanishi bilan O‘zbekistonda o‘rtacha yillik havo harorati 2014 yildan tashqari barcha yillarda me’yordan yuqori bo‘lib kelmoqda.
Asialuxe Travel milliy turoperatori BAAning mashhur kurortlari — Dubay va Abu-Dabida ta’til o‘tkazishning afzalliklari haqida so‘zlab berdi.
Markaziy bank 26-oktabr kungi dollarning rasmiy kursini 11 128,70 so‘m etib belgilagandan so‘ng tijorat banklari ham mijozlarga xorijiy valyutaning yangi qiymatda taklif qildi.
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasi mualliflari Mo‘ynoqdan Andijongacha, ya’ni, 1500 km uzunlikdagi «yashil belbog‘» yaratishni taklif qildi. Ularning fikricha, buni amalga oshirish mumkin. Strategiya «yashil belbog‘»ga tutash qishloqlarni rivojlantirishga yordam beradi.
IIO xodimlarini bayram bilan tabriklagan prezident, metroda sumkasida bomba borligini aytgan qiz 5 sutkaga qamalgani, 24/7 ishlashga o‘tadigan Milliy kutubxona, Kampir-obod suv omborining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqani uchun qamalgan 20 nafar faol va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan «Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, Senatga yuborildi. Mazkur qonunning qabul qilinishi davlat xizmatida tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilikning oldi olinishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Prezident videoselektor yig‘ilishida Qashqadaryo viloyatida 2023 yilda 207 mingta ish o‘rni yaratish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, sanoatda 960 ta loyihani amalga oshirib, 20 ming nafar aholini band qilish mumkinligi aytildi.
Bishkek sudi Kampir-Obod suv ombori hududining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqan 20 nafarga yaqin siyosatchi va faolni qariyb ikki oy muddatga hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qirg‘iziston Ombudsmani ommaviy hibslar yuzasidan xavotir bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevga mamlakatning milliy bayrami — Respublika kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston rahbari Qozog‘iston prezidentiga mustahkam salomatlik, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, qozoq xalqiga esa farovonlik, baxtu saodat va ravnaq tiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting