Kaspiy dengizi hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalarining bir qator kirib kelishi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni belgilaydi. Payshanba va juma kunlari quruq va nisbatan iliq ob-havo boshlanadi, ammo kunduzi harorat +19 darajadan, kechasi esa +8 dan oshmaydi.
Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan G‘afur G‘ulom bog‘i “Dream Park” nomi bilan qayta ochildi. Bog‘ test rejimida faoliyat olib bormoqda. Hozirda o‘rnatilgan uskunalar aholi xavfsizligi uchun qayta-qayta sinovlardan o‘tkazilmoqda.
ITIM tahlillariga ko‘ra, sentabr oyida ijaraga beriladigan uy-joyga bo‘lgan talab keskin oshdi. Poytaxtda o‘rtacha ijara narxi yil boshidan buyon 22,4 foizga qimmatlashdi. Eng yuqori qiymat (1 kv.metr maydon uchun) Shayxontohur ($12,5), Mirobod ($10,8) va Yakkasaroy ($10,8) tumanlarida qayd etildi.
Jahon banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Andijon hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish 2026-yilgacha bitkaziladi.
Yandex vakillari O‘zbekistonda yuqori sinf o‘quvchilari uchun Dasturlash maktablari ochish rejalashtirilayotganini ma’lum qilishdi. Shuningdek, «Yandeks Zapravki» yoqilg‘i uchun to‘lov xizmatini ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda, taksi xizmati esa yana uchta shaharda ishga tushiriladi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Sirdaryoda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan izoh berar ekan, holat davlat rahbarining nazoratida ekanligini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasi keng jamoatchilikka e’lon qilinadi, dedi u.
Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi ish rejasi haqida ma’lumot berdi. Bu hafta prezident «Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo» sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘iston poytaxtiga boradi. Bundan tashqari, Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishelni qabul qiladi.
Hukumat qarori bilan NTT sifatida davlat mulki obyektlarini ijaraga olish muddati 10 yilgacha uzaytirildi. Shuningdek, tashkilotning bankdagi hisobvarag‘iga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori 25 ming AQSh dollarigacha qisqartirildi.
Yaponiya Toshkent, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘istondagi uchta tibbiyot muassasasini jihozlash uchun 270 ming dollardan ortiq mablag‘ ajratdi.
Markaziy bank dollar kursini 11 125,00 so‘m etib belgilagandan so‘ng, tijorat banklari ham mijozlarga dollarni yangi qiymatda taklif qildi.
1 oktabr holatiga ko‘ra, mavjud banklarning aksariyatida depozit va kreditlar sonining o‘sishi kuzatildi. O‘tgan oy davomida “Milliy bank"da 5,3 trln so‘m depozitlar qisqargan. Muammoli kreditlar soni bo‘yicha esa “Xalq banki” (3 355) yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Biznes-park Trilliant 300 dan ortiq ofis maydonlari, besh yulduzli InterContinental Hotels mehmonxona, kongress markazi va ochiq savdo pavilonlarini taqdim etadi.
O‘zbekistonning My Freighter aviakompaniyasida Jumbo Jet, shuningdek, «Osmon malikasi» deb nomlanuvchi birinchi Boeing-747 samolyoti paydo bo‘ldi. Bu aviakompaniyaning birinchi xususiy yuk samolyoti hisoblanadi.
Prezidentning o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. 1 yanvardan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda «Ishga marhamat» monomarkazlarida o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Shahrixon tumanida Spark bilan to‘qnashib, ag‘darilgan Cobalt yonib ketdi. Hodisa sabab ikki kishi jarohatlangan, halok bo‘lganlar haqida esa ma’lumot kelib tushmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Dehli shahrida tutqunlikda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik ayollarning vatanga qaytishni so‘rab yo‘llagan videomurojaati tarqaldi. Holatga O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi rasmiy munosabat bildirdi.
Sirdaryo viloyati hokimligi harbiy ombordagi portlashdan so‘ng o‘tgan bir sutka davomida zararlangan binolarning yarmidan ortig‘i to‘liq ta’mirlanganini ma’lum qildi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva transport, ovqatlanish shoxobchalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar muassasalarda nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratilmaganini tan oldi. «Aslida nogironlar uchun sharoitlar yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpinni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga uchinchi muddatga qayta saylangani bilan tabrikladi. «Siz, aziz birodarim bilan bundan keyin ham do‘stona va ochiq muloqotlarni davom ettirishga tayyorligimni bildiraman», — deyiladi tabrikda.
O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov UFC 280 musobaqasida braziliyalik Kayo Borralodan mag‘lubiyatga uchradi. Bu uning UFC`dagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting