Tug‘ilganidan buyon davolanayotgan 7 oylik qizcha Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelindi
5 sentabr 2024, 14:45

Tug‘ilganidan buyon davolanayotgan 7 oylik qizcha Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelindi

Tug‘ilganidan beri davolanayotgan 7 oylik qiz O‘zbekiston bolalar ombudsmani ko‘magida Sankt-Peterburgdan shifokor hamrohligida olib kelindi. Uning ota-onasi aprel oyida yashash muddati tugagani sababli uyga qaytishgan. Xarajatlarni qoplashga o‘zbek diasporasi va tadbirkorlardan biri yordam berdi.

“Maishiy texnika ishlab chiqarish asosan ichki bozorda sotish hisobiga rivojlanmoqda” — prezident
5 sentabr 2024, 14:28

“Maishiy texnika ishlab chiqarish asosan ichki bozorda sotish hisobiga rivojlanmoqda” — prezident

2023-yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnikalarning 70 foizi ichki bozorda sotildi. Prezident qo‘shni bozorlarda butlovchi qismlarni ortiqcha to‘lovsiz yetkazib berish uchun yirik uzelli yig‘uv korxonasini yo‘lga qo‘yish, elektrotexnika mahsulotlarining qo‘shilgan qiymatini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Andijonda Damas mashinasida 32 nafar bog‘cha bolasi tashildi (video)
5 sentabr 2024, 13:56

Andijonda Damas mashinasida 32 nafar bog‘cha bolasi tashildi (video)

O‘nlab bolalarni bir mashinaga o‘tqazib harakatlanish bo‘yicha navbatdagi holat Andijon tumanida qayd etildi: Damas haydovchisi 32 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotganda to‘xtatildi. Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 187,5 ming so‘m jarima qo‘llandi.

Qashqadaryoda paxta to‘qimachilik klasterlari 3 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi
5 sentabr 2024, 11:15

Qashqadaryoda paxta to‘qimachilik klasterlari 3 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi

Qashqadaryodagi 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri 3 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi. Xususan, ular mahsulotni birjaga chiqarmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgan. Raqobat qo‘mitasi holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atib, mablag‘larni ixtiyoriy ravishda qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Paralimpiya o‘yinlari: 8-kunda O‘zbekistondan 9 nafar sportchi qatnashadi
5 sentabr 2024, 10:47

Paralimpiya o‘yinlari: 8-kunda O‘zbekistondan 9 nafar sportchi qatnashadi

Paralimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 9 nafar a’zosi sportning 4 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi qachondan joriy etilishi ma’lum qilindi
5 sentabr 2024, 10:09

O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi qachondan joriy etilishi ma’lum qilindi

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini 2024-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda. Boshqa hududlarda esa 2026-yil yakuniga qadar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Farg‘onada UzAuto Motors avtotreyleri YTHga uchradi (video)
5 sentabr 2024, 08:58

Farg‘onada UzAuto Motors avtotreyleri YTHga uchradi (video)

Farg‘ona viloyatida UzAuto Motors avtotreyleri haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketdi. Kompaniya 8 ta Cobalt zarar ko‘rgani, jarohatlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.

Toshkent metrosida poyezddagi nosozlik tufayli qatnov grafigi buzildi
5 sentabr 2024, 01:45

Toshkent metrosida poyezddagi nosozlik tufayli qatnov grafigi buzildi

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘lidagi “Xalqlar do‘stligi” bekatida poyezdda nosozlik yuzaga kelgani sababli har ikki yo‘nalishda yarim soatga yaqin harakat to‘xtab qoldi.

Braziliya sudi X’ni bloklashni buyurdi, Starlink ijtimoiy tarmoqqa kirishni cheklashga rozi bo‘ldi
5 sentabr 2024, 01:24

Braziliya sudi X’ni bloklashni buyurdi, Starlink ijtimoiy tarmoqqa kirishni cheklashga rozi bo‘ldi

Braziliya Oliy sudi X’ga (Twitter) kirishni cheklashga qaror qildi va blokni chetlab o‘tganlik uchun jarimalar joriy qildi. Bunga ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask mamlakatda qonuniy vakil tayinlashdan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Milliarderga tegishli Starlink tortishuvlardan so‘ng tarmoqni bloklashga rozi bo‘ldi.

Toshkent viloyatida Jetour suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi
4 sentabr 2024, 23:35

Toshkent viloyatida Jetour suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Jetour avtomobili ko‘prikdan o‘tayotib G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnika yordamida avtomobilni suvdan olib chiqdi. Haydovchi jarohatlanmadi.

Bog‘chalar, maktablar, shifoxonalar, aeroportlar. 2024−2030-yillar uchun DXSH loyihalari ro‘yxati
4 sentabr 2024, 22:53

Bog‘chalar, maktablar, shifoxonalar, aeroportlar. 2024−2030-yillar uchun DXSH loyihalari ro‘yxati

Prezident 2024−2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Loyihalar orasida maktablar, shifoxonalar qurish, aeroportlarni modernizatsiya qilish va ularni boshqaruvga o‘tkazish, ichimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya tizimini yaxshilash va boshqalar bor.

Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSH asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda
4 sentabr 2024, 21:54

Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSH asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Prezidentga olib kirilgan taqdimotga ko‘ra, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish uchun maktablarning bo‘sh yerlarida DXSH asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish, “Bolaning rivojlanish xaritasi"ni yuritish, shuningdek, olimpiada g‘oliblari mukofotlarini daromad solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda.

Samarqandda bir tup terak kesgan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
4 sentabr 2024, 21:33

Samarqandda bir tup terak kesgan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi

Samarqandning Paxtachi tumanida mahallasidagi bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan fuqaro 8,5 mln so‘m jarima va 680 ming zararni to‘laydigan bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini yana borib ko‘rdi. U kelasi yil ochilishi mumkin
4 sentabr 2024, 21:06

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini yana borib ko‘rdi. U kelasi yil ochilishi mumkin

Prezident qariyb 7 yildan beri qayta qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishi bilan tanishdi. U terminallarning tashqi ko‘rinishi va intereri, infratuzilmasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Manbalarga ko‘ra, aeroport kelgusi yilda ochilishi mumkin. Foto.

Rossiyada markaziy osiyolik migrantlarga fuqarolik berishga vaqtinchalik moratoriy joriy etish taklif qilinmoqda
4 sentabr 2024, 20:37

Rossiyada markaziy osiyolik migrantlarga fuqarolik berishga vaqtinchalik moratoriy joriy etish taklif qilinmoqda

RF davlat dumasining “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov “Markaziy Osiyo davlatlari” aholisiga RF fuqaroligini berishga 2026-yilgacha moratoriy joriy etishni taklif qildi. Uning fikricha, “gasterbayterlarni ommaviy pasportlashtirish korrupsionerlar mafiyasi uchungina foydali”.

Toshkentda musiqa festivali o‘tkazilishi sabab bir qator ko‘chalar mashinalar uchun yopiladi
4 sentabr 2024, 20:07

Toshkentda musiqa festivali o‘tkazilishi sabab bir qator ko‘chalar mashinalar uchun yopiladi

Toshkent shahrida 6−8-sentabr kunlari yirik musiqa festivali bo‘lib o‘tadi, shu sababli Milliy kutubxona va Hyatt mehmonxonasi atrofidagi 3 ta ko‘chaning ayrim qismlari mashinalar harakati uchun yopiladi.

“Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi lozim” — Alisher Qodirov
4 sentabr 2024, 19:50

“Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi lozim” — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov SSSRni tiklashni targ‘ib qilgan samarqandlik pensionerni jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi sud qarorini qo‘llab-quvvatladi. Deputatning fikricha, O‘zbekiston qonunchiligida sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi kerak.

O‘rinbosarlarini haqoratlagan Qo‘shrabot hokimiga hayfsan berildi
4 sentabr 2024, 19:16

O‘rinbosarlarini haqoratlagan Qo‘shrabot hokimiga hayfsan berildi

Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev qurilish va kambag‘allik bo‘yicha o‘rinbosarlarini turli haqoratli so‘zlar bilan so‘kdi. Samarqand viloyati hokimi farmoyishi bilan unga hayfsan jazosi berildi. Bu — uning ikkinchi hayfsani.

AQSh HAMAS yetakchilariga 7-oktabr kuni Isroilga uyushtirilgan hujum bo‘yicha ayblov qo‘ydi
4 sentabr 2024, 18:25

AQSh HAMAS yetakchilariga 7-oktabr kuni Isroilga uyushtirilgan hujum bo‘yicha ayblov qo‘ydi

AQSh hukumati HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar va guruhning qator rahbarlariga 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujum munosabati bilan rasman jinoiy ayblovlarni e’lon qildi.

Toshkentning qator hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi — ro‘yxat
4 sentabr 2024, 18:02

Toshkentning qator hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi — ro‘yxat

Toshkentning qator hududlarida sentabr-oktabr oylarida vaqtincha issiq suv bo‘lmaydi. Veolia Energy Tashkent`ning bildirishicha, bu paytda eskirgan kommunikatsiyalar almashtiriladi va issiqlik ta’minoti ishonchliligini oshiradigan boshqa ishlar bajariladi. Ro‘yxat.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting