Komil Allamjonovga nisbatan suiqasdda gumonlanayotganlar soni 7 kishiga yetdi
25 noyabr 2024, 16:22

Komil Allamjonovga nisbatan suiqasdda gumonlanayotganlar soni 7 kishiga yetdi

Bosh prokuratura Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirishda gumon qilinayotganlar 7 kishiga yetganini bildirdi. Xususan, ulardan biri Javlon Yunusov Janubiy Koreyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Yana birining Qozog‘istonda yashiringan manzili aniqlandi.

Qashqadaryoda 26 yoshli erkak o‘zi, xotini va 2 oyli chaqalog‘ining joniga qasd qildi
25 noyabr 2024, 16:13

Qashqadaryoda 26 yoshli erkak o‘zi, xotini va 2 oyli chaqalog‘ining joniga qasd qildi

Yakshanba kuni Kitob tumanida 26 yoshli erkak ruhiyatidagi o‘zgarishlar oqibatida xotini va tug‘ilganiga endigina 2 oy bo‘lgan qizini pichoq bilan qasddan o‘ldirdi. U voqea ortidan o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi 1 oyga yopiladi
25 noyabr 2024, 16:01

Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi 1 oyga yopiladi

Ta’mirlash ishlari sabab Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi 25-dekabrgacha yopiladi.

Yandex Uzbekistan Toshkentda Lavka tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi
25 noyabr 2024, 15:49

Yandex Uzbekistan Toshkentda Lavka tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi

Yandex Go ilovasida Lavka tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini ishga tushdi. Buyurtmalar, jumladan, qahva, fastfud, yangi sabzavot va mevalar oshxonalari bo‘lgan uchta ombordan yetkazib beriladi. Lavka 2025-yil oxirigacha shaharda 12 tagacha shunday darkstorlar ochishni rejalashtirmoqda.

Toshkentdagi pulli “parkovka”larni tashkil etish bo‘yicha auksionda Balcomuz kompaniyasi g‘olib chiqdi
25 noyabr 2024, 15:16

Toshkentdagi pulli “parkovka”larni tashkil etish bo‘yicha auksionda Balcomuz kompaniyasi g‘olib chiqdi

Poytaxtda umumiy uzunligi 111,6 km bo‘lgan 86 ta uchastkada pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqini beruvchi kim oshdi savdosi yakunlandi. Unda boshlang‘ich bahodan 2 baravar yuqori — 120,1 mlrd so‘m taklif etgan Balcomuz kompaniyasi g‘olib deb topildi. Kompaniya haqida nimalar ma’lum?

Xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi
25 noyabr 2024, 15:16

Xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi

“Adolat” va Ekopartiya tomonidan ishlab chiqilgan madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Ushbu tashabbus prezident tomonidan ma’qullangandi.

BAAda isroillik ravvin o‘lik holda topildi. Isroil uni O‘zbekiston fuqarolari o‘ldirganini gumon qilmoqda
25 noyabr 2024, 15:05

BAAda isroillik ravvin o‘lik holda topildi. Isroil uni O‘zbekiston fuqarolari o‘ldirganini gumon qilmoqda

BAAda o‘tgan hafta bedarak yo‘qolgan ravvin Zvi Kogan o‘lik holda topildi. Isroil uni Eron bilan aloqador O‘zbekiston fuqarolari o‘ldirgan deb gumon qilmoqda. BAA Ichki ishlar vazirligi gumonlanuvchilar hibsga olingani haqida xabar berdi, ammo ular haqidagi tafsilotlarni oshkor qilmadi.

O‘zbekistonda 10 oy ichida 15,8 ming shaxs oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortildi — Oliy sud
25 noyabr 2024, 14:22

O‘zbekistonda 10 oy ichida 15,8 ming shaxs oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortildi — Oliy sud

O‘zbekistonda 10 oy ichida oiladagi zo‘ravonlik uchun 15 mingdan ortiq odam ma’muriy javobgarlikka, 399 kishi esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qonunchilik palatasi qo‘mitalari budjet loyihasini konseptual jihatdan ma’qulladi
25 noyabr 2024, 14:08

Qonunchilik palatasi qo‘mitalari budjet loyihasini konseptual jihatdan ma’qulladi

Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan qo‘mitalar yig‘ilishlarida 2025-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qo‘mitalar faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqib muhokama qilindi va konseptual jihatdan ma’qullandi.

Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi
25 noyabr 2024, 12:39

Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi

Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.

O‘zbekiston bosh vaziri yordamchisi almashdi
25 noyabr 2024, 12:32

O‘zbekiston bosh vaziri yordamchisi almashdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning yordamchisi va qabulxonasi mudiri Sarvar Ashurov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Shuhrat Ibragimov egalladi.

Surxondaryoda tanishini urib o‘ldirgach, uni yerga ko‘mib qo‘ygan shaxs 19,5 yilga qamaldi
25 noyabr 2024, 12:03

Surxondaryoda tanishini urib o‘ldirgach, uni yerga ko‘mib qo‘ygan shaxs 19,5 yilga qamaldi

Sho‘rchi tumanida 40 yoshli erkak pul ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi tanishining pullarini o‘zlashtirish maqsadida uni urib, o‘ldirib qo‘ydi. Fuqaro jabrlanuvchining murdasini hovlisidagi chuqurga ko‘mib qo‘ygan. Sud ayblanuvchini 19 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi.

Ruminiyadagi prezident saylovining birinchi turida mustaqil nomzod yetakchilik qilmoqda
25 noyabr 2024, 11:49

Ruminiyadagi prezident saylovining birinchi turida mustaqil nomzod yetakchilik qilmoqda

Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi turida o‘ta o‘ng, YeI va NATOni tanqid qilgan mustaqil nomzod Kelin Jeorjesku kutilmaganda yetakchiga aylandi. Keyingi o‘rinni amaldagi bosh vazir Marchel Cholaku egalladi. Ikkinchi tur 8-dekabrga belgilangan.

Haftaning birinchi yarmi iliq, qolgani sovuq bo‘ladi
25 noyabr 2024, 11:40

Haftaning birinchi yarmi iliq, qolgani sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonning katta qismida haftaning birinchi yarmi iliq o‘tadi, harorat kunduzi +15…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Payshanba kunidan esa nam havo kirib kelishi boshlanadi va juma kuni +10 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ish mumkin.

“Barcha ijro organini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz” — prezident
25 noyabr 2024, 11:13

“Barcha ijro organini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz” — prezident

Shavkat Mirziyoyev barcha davlat ijro hokimiyati organlarini (vazirlik va idoralar) Yangi Toshkentga ko‘chirish rejalarini ma’lum qildi. “Tasavvur qiling, katta mashinalar kelmaydi, tirbandlik bo‘lmaydi, odamlar esa bundan faqat foyda ko‘radi”, — dedi u.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda biznes ombudsman xabardor etiladi
25 noyabr 2024, 10:06

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda biznes ombudsman xabardor etiladi

Prezident farmoni bilan qonunchilikka tadbirkorlar faoliyatini tekshirish jarayonida biznes ombudsmanni xabardor qilish talabi kiritilmoqda. Xavf darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

Toshkentda Epica va Spark to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi
25 noyabr 2024, 09:56

Toshkentda Epica va Spark to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Epica va Spark avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. YHXB xabariga ko‘ra, Spark haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

O‘zbekistonda 25−30-noyabr va 1-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
25 noyabr 2024, 06:59

O‘zbekistonda 25−30-noyabr va 1-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekiston hafta boshida Turkmaniston issig‘i va Qozog‘iston sovug‘i orasida qolib ketadi. Janubda harorat +24 gacha ko‘tariladi, vodiy esa tumanlar hisobiga kunduzi ham sovuq bo‘ladi. Hafta oxiri Kaspiydan yog‘ingarchilik kelib, butun mamlakatda harorat pasayadi. Shu hafta ko‘p joylarga ilk qor tushishi mumkin.

IIV Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i va Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi
24 noyabr 2024, 18:14

IIV Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i va Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i Axrorjon Atxamov, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Tashxodjayev va IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Timur Sobirov lavozimidan ozod etildi.

COP29: iqlim o‘zgarishidan aziyat chekayotgan davlatlar uchun yiliga kamida 300 mlrd dollar ajratiladi
24 noyabr 2024, 16:45

COP29: iqlim o‘zgarishidan aziyat chekayotgan davlatlar uchun yiliga kamida 300 mlrd dollar ajratiladi

Bokuda o‘tgan COP29 iqlim sammitida rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashda yordam sifatida yiliga 300 mlrd dollar ajratishga kelishildi. Ammo qatnashchilarning ayrimlari tashabbusni tanqid qilib, bu miqdor muammo ko‘lami uchun yetarli emas, demoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting