O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Nagoya shahriga yetib bordi. Tashrifning asosiy tadbirlari 18 dekabr kuni boshlanadi.
Olimpiya o‘yinlari chempioni Ilias Iliadis O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
«Eski ToshMI» yaqinida Movarounnahr ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga qayrilib olish joyini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Pokistonning sobiq prezidenti Pervez Musharrafga nisbatan o‘lim jazosi tayinlandi. U davlat to‘ntarishida aybdor topildi.
Osiyo taraqqiyot banki Toshkentning Sergeli tumanida maktablar qurilishiga xususiy hamkorlarni jalb qilishda XTVga maslahatchisi sifatida yordam beradi.
2020 yilda O‘zbekistonda yapon tadqiqotchisi Kyudzo Kato nomidagi yodgorlik majmuasi va muzey ochiladi. Arxeolog, antropolog, tarixchi va etnograf umrining 25 yildan ko‘prog‘ini respublikadagi merosni o‘rganishga bag‘ishladi.
Reklama agentliklari — Toshkentdagi reklama konstruksiyalari egalariga — 26 dekabrga qadar bilbordlarni tartibga keltirish va ularni tashkilot nomi va aloqa raqamlari bilan ta’minlash topshirildi.
«Toshshahartransxizmat» raisi Mohir Valiyev lavozimidan ozod qilindi. Kompaniya rahbari vazifasini bajarish poytaxt transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevga yuklatildi.
Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Gulnor Sulaymonova va Abror Jabborov doping qabul qilgani uchun sportdan chetlatildi.
Prezident imzolagan qonun bilan, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari AQSHda har yili an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan «Eng yaxshi jangchi» tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Hukumat qarori bilan umumiy maydoni 21687,5 gektar bo‘lgan Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi.
O‘zbekiston prezidenti tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan normani bekor qilish, jurnalistlarni davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Chorshanba kuni havo keskin o‘zgaradi, sinoptiklar shamol tezligi kuchayib, tuman tushishi, yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishini bashorat qilmoqda.
Andijon viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobil portladi, uning haydovchisi jarohatlandi.
Toshkentda birinchi Hilton mehmonxonasi ochildi. O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham ushbu brend ostidagi mehmonxonalar ochilishi mumkin.
Senator tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan bazadan xayriya uchun mablag‘lar ajratish imkoniyatini berishni taklif qildi. DSQ rahbari nazorat mexanizmi yo‘qligi uchun bu soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi va byudjetga tushumlar kamayishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.
Qozog‘istonning Karaganda viloyatida avtomobillar yuzma-yuz to‘qnashuvi natijasida bir o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi.
Senatorlar tomonidan ma’qullangan notariat tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun xususiy notariuslar faoliyatiga huquqiy jihatdan ijozat beradi va yangi turdagi notarial harakatlarni joriy etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting