O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Fuqarolar 2019−2021 yillarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
Namanganda mashinasidan gashish topilgan erkak 9050 dollar pora berishga urindi.
Fuqarolarning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va saylovchilarning elektron ro‘yxatini shakllantirish uchun 1 aprelgacha uyma-uy yurib ma’lumotlar to‘planadi.
Samarqand shahridagi Bo‘stonsaroy ko‘chasidagi bir qator uylar ko‘chani kengaytirish maqsadida buzilmoqda.
232 751 so‘m ortiqcha to‘lovi bor fuqaroga Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limi xodimlari elektr energiyasidan 7 397 564 qarzdorlik yozgani aniqlandi.
Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Abdulla Avloniy mahallasida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida odam savdosi bilan shug‘ullangan 21 yoshli qizga jazo tayinlandi.
Tashqi savdo vazirligida Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy qilindi.
«Yoshlar sport haftaligi» Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlarida tashkil etildi.
Qarshilik Xolida Sayfullayeva ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Toshkentda vaqtinchalik propiskani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bir ish kunida olish mumkin.
Vazirlar Mahkamasi mahalla qo‘mitasidan beriladigan ma’lumotnomalar turlarini tubdan qisqartirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Endilikda energetika audit o‘tkazib, uning yakuni bo‘yicha chora ko‘rmayotgan korxonalarni gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish yoki jarima solish bo‘yicha taklif berildi.
Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Chelak transport kasb-hunar kolleji o‘quvchisi B.E. Boltajarboshi qishlog‘ida janjal sababli tanishi A.S.ning qorin va ko‘krak qismlariga urib-tepib jarohat yetkazishi sababli jabrlanuvchi kasalxonada vafot etdi.
O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasiga Ahmadjon Rahimov rais etib tayinlandi.
Abdurahmon Qayumov Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktorligiga tayinlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui vaoziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi biznesni 30 kungacha tekshirish huquqiga egabo‘ldi.
Onlayn o‘yinlar va totalizatorga mukkasidan ketgan erkak bosqinchilik qilib, ayol kishining qotiliga aylandi. Sud uni 18 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting