Chegarada yaralangan Afg‘oniston fuqarolarining ahvoli yaxshi deb baholanmoqda
24 avgust 2022, 17:08

Chegarada yaralangan Afg‘oniston fuqarolarining ahvoli yaxshi deb baholanmoqda

«Gazeta.uz» muxbiri Amudaryo o‘rtasidagi Payg‘ambar orolida sodir bo‘lgan voqeada yaralangan 6 nafar afg‘onistonlik davolanayotgan Termiz shahridagi shoshilinch tibbiy yordam markazining filialiga bordi. Jabrlanuvchilardan biri oyog‘idan yaralangani, qolganlari esa yengil tan jarohatlari olgani ma’lum bo‘ldi.

Saidlaziz Saidkarimov prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i bo‘ldi
24 avgust 2022, 17:00

Saidlaziz Saidkarimov prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i bo‘ldi

Hisob palatasi raisining sobiq o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi o‘tish balini to‘play olmadi
24 avgust 2022, 16:36

Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi o‘tish balini to‘play olmadi

2022 yilda 1 mln 74 mingga yaqin abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ularning 550 ming nafari (51,2%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmagan. Eng yomon ko‘rsatkich Toshkent viloyatida (55,9%) qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy hayoti bo‘yicha elektron muzey yaratish taklifini berdi
24 avgust 2022, 16:17

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy hayoti bo‘yicha elektron muzey yaratish taklifini berdi

Prezident Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etishni taklif qildi. «Madina shahrida bo‘lganimizda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyini ko‘rdik. Bu yerda ham shunga o‘xshash muzey tashkil etsak, yaxshi bo‘lar edi», — dedi u.

Toshkentda yangi qurilgan uylardan 118 dona o‘t o‘chirish moslamasi o‘g‘rilab ketildi
24 avgust 2022, 14:28

Toshkentda yangi qurilgan uylardan 118 dona o‘t o‘chirish moslamasi o‘g‘rilab ketildi

Toshkentda fuqaro yangi qurilgan uylardan 118 dona o‘t o‘chirish moslamasini o‘g‘rilab ketganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqandlik havaskor ixtirochilar tomonidan elektromobil yaratildi
24 avgust 2022, 13:01

Samarqandlik havaskor ixtirochilar tomonidan elektromobil yaratildi

Samarqanddagi KOICA markazining o‘quvchilari tomonidan yaratilgan elektromobil sinovdan o‘tkazilmoqda. Hozirda ulovni to‘liq quvvatlash uchun 6−7 soat talab etiladi. Kelgusida unga o‘zini o‘zi quvvatlovchi quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

«Noxolis tanqidlarga uchrayapmiz». Jahongir Ortiqxo‘jayev — qilinayotgan ishlar jamoatchilikka to‘liq yetkazib berilmayotgani haqida
24 avgust 2022, 12:07

«Noxolis tanqidlarga uchrayapmiz». Jahongir Ortiqxo‘jayev — qilinayotgan ishlar jamoatchilikka to‘liq yetkazib berilmayotgani haqida

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev qilayotgan xayrli ishlarini jamoatchilikka o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib bera olmayotgani uchun turli e’tiroz va ba’zan noxolis tanqidlarga uchrayotganini aytdi. Aholi xabardorligini oshirish uchun Jamoatchilik kengashi qayta tuzildi, unga jurnalist va blogerlar taklif etildi.

O‘zbekistonlik para-taekvondochilar Osiyo chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
24 avgust 2022, 11:58

O‘zbekistonlik para-taekvondochilar Osiyo chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Vetnamning Xoshimin shahrida o‘tkazilgan para-taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, jamoaviy hisobda Erondan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.

Namanganda $2 mlndan ortiq valyutani noqonuniy tarzda xorijga olib chiqishga urinishdi
24 avgust 2022, 11:19

Namanganda $2 mlndan ortiq valyutani noqonuniy tarzda xorijga olib chiqishga urinishdi

DXX tomonidan Namanganda 2 mln dollardan ortiq valyutaning Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi. Gumonlanuvchi ikki shaxsga tegishli avtoulovdan 1,8 mln dollar, ularga valyuta yetkazib beruvchi shaxs avtomobilidan esa 167 ming dollar topilgani aytilmoqda.

Qashqadaryodagi «Kunjutlitepa» arxeologiya yodgorligi to‘liq buzib tashlangani aniqlandi
24 avgust 2022, 10:36

Qashqadaryodagi «Kunjutlitepa» arxeologiya yodgorligi to‘liq buzib tashlangani aniqlandi

Qashqadaryoda fuqaro XVIII asrga taalluqli «Kunjutlitepa» arxeologiya yodgorligini to‘liq buzib tashlab, undan chiqqan tuproqni sotib yuborgani aniqlandi. Buning oqibatida madaniy merosga 47,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor hibsga olindi.

Mol-mulkka taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi
24 avgust 2022, 09:59

Mol-mulkka taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi

Hukumat qarori bilan boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini yuritish joriy etiladi. Tizim davlat tilida yuritiladi, unga ma’lumotlarni kiritish tegishli vazirlik va idoralarning elektron axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi.

UzAuto Motors Angrenda to‘planib qolgan Spark`lar bo‘yicha munosabat bildirdi
24 avgust 2022, 09:41

UzAuto Motors Angrenda to‘planib qolgan Spark`lar bo‘yicha munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahrida yuzlab Spark`lar yig‘ilib turgani aks etgan suratlar tarqaldi. Bu bo‘yicha UzAuto Motors munosabat bildirib, suratdagi avtomobillar «mijozlarga yetkazib berish uchun Angren shahriga yetkazilganini» ma’lum qildi.

Toshkentdagi avtobuslar bayram kunlarida qisqartirilgan jadval asosida ishlaydi
24 avgust 2022, 08:00

Toshkentdagi avtobuslar bayram kunlarida qisqartirilgan jadval asosida ishlaydi

1, 2 va 4 sentabr kunlari Toshkentda avtobuslar yakshanbalik, 3 sentabr kuni esa shanbalik jadval asosida harakatlanadi.

Pokiston o‘zbekistonlik haydovchilar uchun maxsus vizalar joriy etishni rejalashtirmoqda
23 avgust 2022, 20:20

Pokiston o‘zbekistonlik haydovchilar uchun maxsus vizalar joriy etishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Pokiston va Afg‘oniston o‘zaro asosda joriy etayotgan yuk mashinalari haydovchilari uchun maxsus vizalar dasturiga qo‘shilishi mumkin. U bilan yuk tashuvchilar 6 oy davomida chegaralarni bemalol kesib o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

21-sonli mehribonlik uyi binosi va hududi XTV balansida qoladi — Milliy gvardiya
23 avgust 2022, 19:20

21-sonli mehribonlik uyi binosi va hududi XTV balansida qoladi — Milliy gvardiya

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar yopilgan 21-mehribonlik uyi hududi savdo obyektlari qurilishi uchun berilishidan xavotir bildirishdi. Milliy gvardiya mehribonlik uyi XTV balansida qolishi, uning o‘rnida yangi bolalar muassasasi paydo bo‘lishi va maqomi vazirlik tomonidan belgilanishiga ishontirdi.

O‘zbekiston TIV chegarada afg‘onistonliklar bilan bo‘lgan hodisada ikki tomondan ham qoidabuzarliklar bo‘lganini tan oldi
23 avgust 2022, 18:57

O‘zbekiston TIV chegarada afg‘onistonliklar bilan bo‘lgan hodisada ikki tomondan ham qoidabuzarliklar bo‘lganini tan oldi

O‘zbekiston TIV Surxondaryo viloyatidagi Payg‘ambar orolida Afg‘oniston fuqarolari bilan sodir bo‘lgan hodisada har ikki tomondan ham qoidabuzarliklar sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, hodisada ikki kishi halok bo‘lgani, olti kishi jarohatlangani aytildi.

Prezident Xalqaro sayyohlik markazi ochilishida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi
23 avgust 2022, 18:42

Prezident Xalqaro sayyohlik markazi ochilishida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi

Samarqandda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti uchun qurilgan «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro sayyohlik markazi ochilmoqda. Prezident tantanali marosimda ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.

Qarovsiz daraxtlarni parvarishlash uchta daftardagi fuqarolarga haq evaziga yuklatiladi
23 avgust 2022, 17:07

Qarovsiz daraxtlarni parvarishlash uchta daftardagi fuqarolarga haq evaziga yuklatiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, aholi yashash joylaridagi qarovsiz daraxtlarni parvarishlashga temir, ayollar va yoshlar daftarlariga kiritilgan ishsiz fuqarolar haq evaziga jalb qilinadi. Qolaversa, 100 yoshdan oshgan daraxtlar tabiat yodgorligi sifatida himoyaga olinadi va atrofi 1,2 metrlik panjara bilan o‘rab qo‘yiladi.

HSL dunyoning istalgan nuqtasiga yuk tashish xizmatlarini taklif etadi
23 avgust 2022, 17:00

HSL dunyoning istalgan nuqtasiga yuk tashish xizmatlarini taklif etadi

HSL kompaniyasi O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasida avtomobil, temir yo‘l va havo transportida yuk tashishni amalga oshiradi.

Surxondaryoda 22 sotix yerni $17,6 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
23 avgust 2022, 16:41

Surxondaryoda 22 sotix yerni $17,6 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryoning Sariosiyo tumanida fuqaro fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonidan 22 sotix qismini 17,6 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting