Noqonuniy yo‘l bilan olib o‘tilayotgan 2 milliard 647 million so‘mlik tovar to‘xtatib qo‘yildi.
O‘zbekiston Freedom House jahon erkinlik reytingida 100 baldan 9 ball oldi.
BAAlik investorlar Mo‘ynoqda o‘yin zonasini tashkil etishni taklif qildi. Bosh prokuratura kazino tashkil etish imkoniyatlari o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
BMTning Taraqqiyot Dasturi hamda Adliya vazirligining hamkorlikdagi loyihasi asosida MIBga 1000 dona zamonaviy kompyuter va boshqa dasturiy vositalar taqdim etildi.
Rio-2016 olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi.
Muqaddam bedarak yo‘qolganlardan 1 nafari topilib, ilgari sodir qilgan jinoyati uchun sud va tergovdan qochib yurgan 16 nafar shaxs ushlangan.
«Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qator litsey va kollejlar Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash tarafdori, dedi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev.
Samarqand viloyatida umumiy qiymati 18,7 trilion so‘m bo‘lgan 968 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.
Xorazmdagi 3 ta paxta tozalash korxonalarida urug‘lik chigitlarining butunlay yaroqsiz bo‘lib qolgani yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Rossiyaning «Keyteningburg» kompaniyasi Toshkentdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida ovqatlanishni tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Yujno-Saxalinsk shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan «Osiyo bolalari» I qishki o‘yinlarida qatnashadi.
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash razryadlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Markaziy bank avtokredit ajratuvchi banklar soni qisqartirilganini ularning ustav kapitaliga qo‘shimcha talablar joriy etilgani bilan izohladi. Sabab — avtokreditlash riskining yuqoriligi.
Toshkentda taksi haydovchisi avtomobil oynasidan axlat tashlagani uchun jarimaga tortildi.
Magnitogorskda portlagan uy vayronalari ostidan sakkiz kishini qutqargan o‘zbekistonlik medal bilan taqdirlandi.
Toshkentda Visa va Mastercard kartalarini qabul qiluvchi 1000 dan ortiq bankomat va 100 mingdan ziyod to‘lov terminallari o‘rnatiladi. Aloqasiz to‘lovni joriy etish bo‘yicha ishlar boshlandi.
Yakkabog‘ tumanida yashovchi I.U. uyi oldida o‘zaro janjal sabab mast holda bo‘lgan hamqishlog‘i L.J.ga pichoq bilan jarohat yetkazishi natijasida jabrlanuvchi vafot etdi.
BAAda taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan «Fujairah Open» xalqaro turnirida o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta bronza, 5 ta kumush va 10 ta oltin medalb sohibiga aylandi.
Chaqiruv punktlarida issiqlik haroratini ta’minlashda qiyinchilik va sarf-harajatlarning ortib borayotgani sabab harbiy xizmatga chaqiruv vaqti o‘zgaradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting